SHERLAR.BIZ Dushanba, 30.12.2024, 19:26
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 286
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 11
Mexmonlar: 11
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Iyul » 4 » Yomon bo'ladi
17:40
Yomon bo'ladi
Besh yoshli Halim asosiy vaqtini yetmish yoshli enasi - Mexri xola bilan o‘tkazardi, Garchi enasi uning tarbiyasi bilan kattik, tu¬rib shug‘ullansa-da, bolakayning fakat ismigina yumshoqlikdan darak berardi xolos. Enasining yonida uning o‘gitlarini jimgina tinglashi aslo uning mo’minligidan darak bermasdi. Aksincha, bu paytda enasi aytadigan «yomon buladi» deyiliishga sabab buluvchi yumush izlardi go’yo.
- Suvga tupirma!- dedi enasi uning qiligini kurib. - Yomon bo‘la¬di,
Bolakay darrov bo’ysundi. Enasi undan mamnun bo’lib boshini silab qo‘ydi. Mexri xola bilmaydi-ki, nevarasi uning ko‘zini shamg’alat qilib, «yomon bo’lishini» kutgancha, takror-takror suvga tupirib, ariqga termuladi. Xech qanday yomon xodisa yuz bermagach, bu ishdan xafsalasi pir bo’ldi.
Halim biroz xadik, biroz qo’rquv va ko‘proq qiziqish bilan enasi taqiqlagan «yomon» bo‘luvchi ishlarni atayin kilarkan, xech kanday xodisa yuz bermayotganidan sung unga ishonmay qo‘ydi.
So’rida oyog’ini osiltirgancha non kavshayotgandi, Enasi:
- Ushoklantirmasdan yegin, toychog’im, yomon bo‘ladi, - dedi bosh silkib.
Xalim uning gapiga parvo qilmay, badtarroq uvoqlantirgancha yeya berdi. Ena¬si taxdid bilan xassasini dikonglatib kelayotganini ko‘rgach bu safar o’ziga «yomon» bo‘lishini sezib ura qochdi.
Bolakayning tafakkuri aziz ne’mat bulmish nonni uvol qilish gunox xisoblanishini ko’pda anglab yetmasdi. Uning nazarida enasi bu gal xam shunchaki gap orasida «yomon buladi»ni ishlatgandek edi. Axir u yomon bulishi¬ni kutib suvga tupirdi, Supurgini koptok kildi, mushukchani tovuqkapa ustidan yerga salto ottirdi. Bir safar qopog’on itlari Sharikni devordagi ari uyasiga yaqin bog‘ladi-da, teshikka loy chaplab qo‘ydi.
Bunning oqibatida ajoyib tomosha kurdi-yu, lekin yomon bo‘lganini idrok kila bilmadi. Bolakay bu ishlardan shunday xulosaga keldi: bolalar ko‘ngilxushlik kiladigan o‘yinlarni «yomon buladi», deb atasharkan.
Kecha tush payti terakka tirmashayotganini ko‘rgan enasi:
- Xoy, qo‘zichogim, chumchuq bolasiga tegma, yomon buladi, - dedi odatdagidek. Xalim bu safar enasining aytganini kilib uyga jimgina kirib ketdi. Bola polaponlarni olsa emas, enasining aytganini kilmasa boshida xassa o’ynagani yomon deb xisoblardi. Shuning uchun enasi kurinmay qolishi bilan terakdan ikkita polaponni olib tushdi. So’ng ularni pana joyga berkitib, uzi boqmoqchi buldi. Bugun ertalab karasa, ular o‘lib qolibdi. Xech o‘ylanmay Sharikka tortiq qildi.
- Ol, Sharik, men seni yaxshi ko’raman. Endi meniyam yaxshi ko‘rasanmi?
Polaponlarni pakkos tushirgan it, bolaga miynatdorona qarab qo‘ydi.
- Endi xadeb zanjiringni shikirlatavermay jim yot! Xalim yangi ermak topish uchun xushtak chalgancha ko‘chaga otlandi. Darvoza yonidagi stulda Rustamning enasi enasi bilan birga o‘tirishgan ekan.
- Halimjon, xushtak chalmagin, yomon buladi, - dedi Rustamning enasi. - uylaringga o’g‘ri keladi-ya! - U darxol xushtak chalishni bas kildi. Lekin, xech kim ko‘rmaydigan joy topdi-da, o‘g‘rilar «eshitguncha» rosa xushtak chaldi.
Kechki ovkatdan so‘ng xamma televizor ko‘rayotganda xam xovliga chikib, erinmay rosa xushtak chaldi. Xamma uykuga yotayotgan maxalda sekin borib, Sharikni zanjirdan xalos kildi. Shundan so‘ng enasining yonida ko‘rpaga yotarkan, uylariga keladigan o‘g‘rilarni Sha¬rik «ushlab olishini» kuta boshladi. Xadeganda o‘g‘ri¬lar kelavermagach uxlab qoldi.
Ertalab uygonganida oilasidagilarning tashvishli yuzlarini kurdi-yu, shosha-pisha:
- O‘g‘ri qochib ketdimi? -deb so‘radi dadasidan.
Uning savolidan ajablangan kattalar yelka qisib qo‘yishdi. Nonushtadan so‘ng ko‘chaga chopib chikqan Xalim o‘rtoqlaridan g‘alati gan eshitdi. Ularning iti Sharik tungi smenadan qaytib kelayottan Rustam¬ning dadasini rosa talabdi. Do‘xtirlar Sarvi xolaning paypoq to‘qiydigan ignasi bilan Qodir amakining oyogini tikib, bog‘lab qo‘yishibdi.
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 672 | | Теги: Yomon bo'ladi | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyul 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz