SHERLAR.BIZ Juma, 29.03.2024, 16:54
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Iyul » 17 » Ўзимни оилам деб, бировникиниям буздим...
10:10
Ўзимни оилам деб, бировникиниям буздим...
Бу сафарги "Якшанба-мухлис минбари" рукнимизга хат давр модаси ила вацап (Whatsapp) орқалик қўлдан-қўлга ўтиб ахийри манга етиб келди.
Воқеа шахсан мен учун жуда бахсбопдек туюлди. Бир тарафдан келинни ёнини олсам, бошқа тарафдан...
Хуллас, ўзингиз бахо беринг:
Salom mani ismimni sir tutaqolay agar ijozat bersangiz man sizga o'zimni bowimdan o'tgan bir voqeani sizga gapirib bermoqchiman buni qanchalik yoziwga majbur bolganimni o'zingiz anglaysiz keyin bir bowdan aytib otsam unda
Man 2-yil oldin ota-onalarimiz maslaxatligi bilan uyimizga kelgan sovchilardan biriga rozilik beriwdi u odamlar yaqin qarindowimizdan bolganliklari sababli unchalik sorab-suriwtirmasdan darrov rozi bolib qoyaqoliwdi, menga ham u yigit maqul kelgandek bolgandi owa xursandligimdan ozimda yoq xursand bolib osmonlarda uchib yurgandim baxtiyorligimdan sevinib ketgandim balkim wu meni baxtim deb ham oylagan ekanman va meni potaxam bolib owa yigit bilan unawtiriwdi biz orada uchrawib bir-birimiz bilan yaqindan taniwib oldik, koriniwidan xuwfel aqilli xushchaqchaq koringandi goyo, lekin bu hammasi koz boyamachilikga qili gan oddiygina kongilxuwlik ekan, balkim man adawayotgandirman yana bilmadim.

Toyimiz oktabr oyida bolib muxtawam Restaranda juda fayzli bolib otdi, hamma artistlar toyimizga ozgacha fayz qowib otiwdi xamma xursand hamma quvnoq kulib toyni otkazayotgandi lekin meni hecham chehram ochilmas oldimda otirgan turmuw ortogim menga befarqdek edi, man bunga unchalik ahamiyat bermay otirib ozimni hechnima bolmagandek tutardim. Toy ham tugadi, kelin salomdan keyingi kun mani hayotimda ayanchli kunlar bowlandi .
Kuyov hudi bowqa odamdek menga muomala qiladigan, gaplawmas, bunday holimdan xabar olib konglimni soramasdi. Men Instutda oqiman talabaman va toyim.munosabati bilan darslarim qolib ketayotgandi va uydagilarga aytdim , oqiwga boriw uchun jabob sorab Instutga oqiwga ketdim.

Kunlarning birida uyga boriw uchun qaynona-qaynotamdan ruxsat sorab uyga keldim, yotib qolib wunaqasi oqiwga ham owatdan ketdim uyga kelsam, Turmuw ortogimning qol telefoni yotoqxonada qoldirib ketgan ekanlar va men uni qolimga olib ne kozlar bilan qarasam sms kelgan bir notaniw nomerdan+******* ajablanib wu nomer kimligini biliw uchun terib kimsiz deb soradim u qiz ozini Shahzoda deb taniwtirdi Wifoxonada Xamwira bolib iwlawini aytdi, meni Turmush ortogimga nimaga sms jonatingiz desam u javobini qarang, man ular 3-yildan buyon gaplawib yuraman, biz bir-birimizni sevib yurdik , haligacha gaplawib yuramiza deb gapirdi, wunadan keyin dunyo kozimga tor korinib ketdi. Turmush ortogim kelgandan keyin sorab korsam, bolmagan gap bu ortogimni xotini atayin jonatib ROZIGRISH qildik bir-birimiz bilan oyin qildik deb suvdan quruq chiqib, wunga mani iwontiriwdi, man bu gaplarga laqqa iwonibman.
Kunlar wu tarzda davom etdi, kimga darsimni aytiwni bilmay, mum tiwlab qolaverdim, qaynonamga bu haqda ogiz ochsam oglizga sal gapirib qoying, qandaydir bolmogur iwlarga aralwib men bilan umuman iwlari bolmay qoldi desam , meni oglim unday yigitmas u halol, qoyni ogzidan chop olmagan deb u taraf boldi, man yana indamay qoldim. Men siqilib adoyi tamom boldim, hech nima yoqmay, hechkim bilan gaplawolmasdim, sirimni kimga aytiwni bilmay qoldim, ota-onamni ham bu haqda aytolmadim, ularni yuraklarini ezib siqiliwlarini hohlamadim. Men ozimni ozim ovutib, hech na bolmagandek yuraverdim.

Kunlardan bir kun men Turmuw ortogimning kiyimlarini taxlayotgan paytim, tosatdan yerga bir nima tuwib ketdi , qarasam Flewka ekan, bu narsa nima ekan deb qiziqib Kompyuterga qoyib tekwirsam , ne koz bilan qaray, Yahwi korgan sevgilisining harxil tuwgan suratlariga kozim tuwdi, va yana u bilan vidiolar jam boridi, man nima qiliwni bilmay dag-dag titrarsim tilim kalimaga kelmay qoldi, nima qiliwni bilmay qoldim, tezda Qaynotamga aytib beraymi deb oyladim, yoq wowma , ular bu gapdan habar topsalar yuraklari huruj qilib qolmasin, ozi Qandli diabet kasal deb, ularni ayabman wu meni eng katta xatoyim boldi, owa paytda dalil sifatida hammasini korsatib beriwim kerak edi.
Turmuw ortogim iwdan kelgach bu kimni rasmi dib soradim, u ikkilanmasdan bu meni sevgilim deb javob qaytardi, man owa payt tamom boldim, yiglab yibordim, dod soldim, lekin u gapidan tonmadi , hammasini korib guvoh bolgandim, owa paytda hamma rasmlarni ochirtirib yuborsam, qalbidan ham yulib tawlan deb chuchvarani hom sanaganakman, qaytanga manga nafrati kuchli bolib boraverdi.

SHu qizni nomerini topib gaplawmoqchi ham boldim, telefon qilsam, iltimos mani erimni tinch qoygin san hamyahwi joylarga kelin bolasan, mani kunim bowinga tumasin yana deb takror takror gapirdim, u esa menga; mani sani ering tinch qoysin ozi telefon qilmasin deb odagayladi, man unga bowqa gap aytolmadim. Erimning avzoyi buzuq, qors qopol bolib boraverdi, na muomala bilan gapiradi, na erkalaydi , xotin ornida kormaydiyam mani, man bu kunimdan bew battar qiynalb ketdim dardim kimga aytiwni bilmay yuraverdim.

Kunlarning birida, yana owa qizga telefon qilsam bir ayol oldi, manga wu nomerni egasi kerak desam, man nomerim dedi , man, agar yaqin insoniz bolsangiz owa qizga, manga yordam bering, mani xayotim buziladiagan, wunga manga yordam bering, mani erimni tinch qoysin deb telefoni qoyib qoydim . Ertasi kuni begona nomerdan owa qiz telefon qilib baqira ketdi, san nimalar qilib qoyding, kimga nima deding deb mani uruwa ketdi, man bor gapni aytib berdim, u esa owa nometga qilib, man bowqa nomerga tuwibman deb aytasan deb popisa qildi, man yoq deb turib oldim, bir mahal erim telefon qilib manga baqirib ketdi, nima qilib qoyding, nega unday iwlar qilding, bechora qizga tuxmat qilibsan, telefon qilib kechirim soragin dedi. man yoq, bu iwimdan hechham kechirim soramayman, mani xayotimni buzmoqchimi, manham unu xayotini buzaman dedim, u qiz yiglabsirab, endi nima qilaman, unawtiriwgandi, toyim ham boliwi kerak edi, endi nima boladi deb yiglardi erimga. man botda yana tilimni tiwlab qoldim, man nimaki qilgan bolsam oilamni saqlab qoliw uchun qildimku bularni, xayot bunchalik bewavqat bolmasa.
Erim wundan keyin narsalaringni yegiwtirgin, uydan ketiwimni xoxladi . Qaynonam esa manga, qandah qilib bir bechora qizni xorladiz, hozir yuragi muzlab otirgandir gap aozlarga deb, owa qizni yonini olib ketdi, man yana bir ozim yakka komaksiz odamdek, gap sozlarni ewitib qolaverdim, va kiyimlarimni bir sidrasini olib, uydan ketdim .
Onamga bor gapni aytib berdim oxiri , bolmadi baribir, yoriliwim kerak edi, onajonim ewitib jim bolib, mani gaplarimdan keyin qotib qoldilar, wuncha oydan beri nega bizga aytmading, wuncha darding borakan deb uriwdilar, man nega aytmaganimni tuwuntirib berdim, ozimni oilamni ozim saqlab qolmoqchidim, lekin qaytanga battar qildim dedim. Onam unday qilma, uyinga qayt, balkim kuyov oziga kelib qolar dedilar , man indamay yana uyimga qaytdim.

Darbadar kunlar yana davom, endi erim battar mani qiynar, gaplawmas, iwdan kech kelar, kela solib televizir, kompyutr oynab otirar , ora-chora telefoniga kelgan xabarlarga javob yozib otirardi, man hana batar qiynalib , adoyi tamom boldim, 8-oy shu zaylda otdi , lekin man ortiq bunday yawawni xoxlamasdim, manga mexr yetiwmayotgandi, uyda menga hamma befarq, uyda ozimni ortiqcha xis qila bowladim . Erim bilan suxbat davomida shuni bildimki, u manga ota onasini oylabanga uylangani. mani hecham xotin sifatida kormasligi, oddiygina odam sifatida xurmat qiliwini aytdi, naxotki koz ochib korgan odamim wunday deb tursa, kalovlanib dovdirab qoldim, ozimni ubu narsa qilib qoyiwgacham bordim, ammo u mani toxtatib qoldi , agar man wu etganlaridan biriga ham loyiq emasakanman deb wu yerda hammasiga nuqta qoydik

Qonunan ajrawib ketdik, chinki man u bilan bowqa yawolmasdim, oilalarimiz ortasidagi iwonch ham tugagandi , erimning xiyonati man uchun katta zarba boldi, keyin man u oilada ozimni begonadek tutardim , hudi manga hamma befarqdek shuning uchun shu qarorga keldik. wu bilan mani xayotim tugadi, etiboringiz uchun rahmat hikoyamni yozib chiqarasiz degan niyatda yozdim, xumat bilan Sirli Qiz.

Sayyod:- Уқуви ва тажрибаси йўқ одамни уришган билан бефойда, лекин бу БАЛКИ бошқа ёш оилаларга ибрат бўлар ва маслахатим фойда берар деб фикримни билдирсам:

-Аввало эрингиз хиёнат қилмаган! Майли иккиси аввал севишиб юришгандир, лекин у уйланди, у қиз хам эрга тегаётган экан, уёғи СИЗ ва у қизнинг ЭРИни қўлида эди. Бир айтгандим, ўтмишни титиш билан кетган вақт ўрнига, янги келажакни қуринглар деб. Сизга эса ўтмиши мухим бўлган. Нима керак эди уни телефонини титиб?
Хеч қайси эркакка ёқмайди бу, сизга нисбатан нафрат туғдирадиган нарса бу.
Нима керак эди флешкани титиш? Бу энди умуман ўтиб тушган холатку!
Мани телефоним ёки флешкамни титганида, хотинимни умуман ёмон кўриб қолган бўлардим, ишончим сўнарди, хурмат хам қилмасдим. Бу жуда ёмон нарса биласизми?

Хаммаси ўз ўзидан изига тушаётган пайт, сизни титар-титарлигингиз бошингизга бало бўлган!

Ўша илк телефондаги смсдан кейин хам оилани сақлаш қўлингизда бўлган, бўйнига олмапти, демак қайсидр фоизда оиласиниям ўйлаган, сиз мехрни қозонишингиз керак эди, эрингиздан мехр талаб қилгандан кўра. Кунда кунора УНГА АВВАЛО МЕХРНИ сингдириб бориш керак эди. Хар бир инсон, бегона инсон учун тақир даладек гап. Унга термулиб хосил кутганингиз билан, у чўлга аёланиб бораверади. Уни устида ишлаш керак, чопқи қилиш, сув қуйиш, ҚАРАШ керак, мехр билан парваришлаб, уруғ сепиб парваришланган ердан ВАҚТ ЎТИБ ХОСИЛЛАР ОЛИНАДИКУ!
Шошибсиз яхши қиз, шошибсиз!

Умуман хаммадан яширилганиям нотўғри, катталар билан кимбиландир бошиданоқ маслахатлашиш керак эди, шу онангизгаям айтиш керак эди. Мана , вақт ўтиб ажралган қизни бағрида олиб ўтиришдек каттароқ соғлиққа зарар бўлгандан кўра , ўша пайт сиз аяган соғлиғи озгина зарар афзалроқ эди. Онангиз доно экан, иккнчи воқеадан кейин уйга қатарилибсиз, оилани сақлаш яна қўлингиздаку, эрингиздан хатолик қилганингиз, шошганингизга узр сўраб бу хам синов деганизда тушунарди, одамку. Майли ўтмишдаги севгилиз, лекин оилам учун харакат қиларканман, мехр ва севгингизни қозонарман, оила бу муқаддас, уни хис қилдираман деб яхши гапирсангиз, эрингизни миясида шу гаплар чарх уриб тураверарди хар куни.
Уёғига бола туғилиб, ўзингизга ўзингиз аралашиб қолардинглар.

Умуман, оиладаги мухит қандай бўлиши хар икки одамга боғлиқ, лекин улардан бири бошқа хаёлда бўлса, демакки бошқаси уни тўғирлаши ва тўғри йўлдаги фикрга ундаши керак, уқтириб сингдириб бориши керак. Нафақат эру хотин қўш-хукиз дейишади балки, хар бир ўзаро муносабатда кимдир вазиятни қўлга ола билиши мухим! Иккиси қасни кутиб чапак чалмаса қаердан чапак? Бири келиб бир урса хам чапак товуши чиқади тушуняпсизми? Қарс хамиша хам икки қўлдан чиқавермайди! Бири келиб урганини ўзи кифоя!
Одамга бир икки гап хадеб сингдириб қайтарилавергач, уни онгига мухрланиб қолади. Оддий лекин керакли мухим сўзлар: оила муқаддас!

Эрни айблаш нотўғри, майли рости хам ота-онаси фикри билан хам уйланган тақдирда, уни ўтмишидан келажагингиз учун тортиб олиш қўлингизда бўлганку. Умуман ўзи ота-оналар мана шундай билоғонлигидан қанча оилалар бузилади, блин бундоқ оилавий психологларам йўқ. Сайтимда ёш оилалар учун хаётий тажрибага эга психолог сахифасачини очайми нима бало?)))
Ота она статуси худди авлиёдек қабул қилинади, вахоланки улар оддий одам, ўша гунох ва хатоси бўлган, бор ва бўлиб бораверадиган фарзандидек одам, фақат номланишлар турфа. Улар хам кимгадир фарзанд.
Мана шу ота она ва уларнинг орзуси учун фарзандлар бахтсизлиги алишилиши хақида мана бу мақоламда жуда кескин, бахсбоп лекин теран фикр билдиргандим (манба)

Хуллас, сизни тушунаман, ёшсиз, дарров хиёнатдек туюлган нарса, аслида ўтмишни секинлик билан сўниб бораётган овози бўлган, хар икки тараф энди оиласига кўникадиган пайти титар-титарингиз бузган.
Оилада кимнидир хатоси бўлса уни тўғирлаш фақат у одамни зиммасида эмас, балки уни иккинчи жуфтини хам зиммасида!
Агар қўлидан келса, имконияти бўлса, ақл ва фаросати етса бўлди, иккинчи жуфт хамма муаммоларни ўз манфаати юзасидан тузата олади.

Исталган одамда ўзингизга нисбатан мехр уйғотиш мумкин ишонаверинг, бу мени хаёт тажрибамдан менга таниш. Фақат ижобий тараф билан ёндошиш керак, салбий тарафлама эмас. Салбий тараф хамиша салбий оқибатларга келтиради. Сиз детектив бўлгансиз, униям хаётини бузаман дегансиз, натижада хаммасини дабдала қилгансиз.
Агар ўша пайт фикру хаёлингиз фақат эрингизни хар куни турли таом билан хайратлантириш, хар келганида ўзгача кўринишда бўлиш, хар куни биронта қизиқ ширин эркалаш сўзи ўйлаб топганизда, хар келиб кетаётганида ўпиб кузатиб, чиройлик гап қилсангиз, вой анави оддий дастрўмолчангизга атирингизни сепибам чўнтагига соворсангиз блииин кўпку турлари.
Майли ишда дастрўмолни кўриб кулиб юборсин лекин , хаммаси ижобийку!

Хамма шу кичик ижобий нарсалар куни келиб катта ижобий натижа келтиришини нахотки тушунмаймиз?
шошамиз..салбий хиссиётга бериламиз.
Бу эса салбий натижани келтиради.

Оилани ижобий фикрлар билан бошлаб, ижобий харакатлар билан давомлаш керак.
Шахсий фикрларим. Одамлар нима дейди?

SAYYOD ©
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 754 | | Теги: Ўзимни оилам деб, бировникиниям буздим... | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Iyul 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz