Главная » 2014»Avgust»1 » Toshkentda yuk konteynerini olib ketayotgan mashina tunnelga tiqilib qoldi
23:11
Toshkentda yuk konteynerini olib ketayotgan mashina tunnelga tiqilib qoldi
Toshkent temir yo‘l vokzali yaqinidagi yer osti tunnelidan yuk mashinasida olib ketilayotgan konteyner o‘ta olmadi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” (“Toshkent haydovchilari”) guruhi a’zolaridan biri xabar berdi. Foto: Facebook/Voditeli Tashkenta Xabarga ilova qilingan suratlarda konteyner tunnel tepasiga tiralib, mashina yukxonasidan tushib qolganini ko‘rish mumkin. “Tunnelga tushganda uni ko‘rmay qolishingiz mumkin, chap tomondan harakatlaning”, — deya ogohlantirgan foydalanuvchi. Postga fikr bildirganlarning bir qismi haydovchini ayblagan va tunnel tepasida bu yerdan o‘ta oladigan transport vositalarining balandlik o‘lchamlari keltirilganini, o‘sha belginiga diqqat qilish kerakligini yozgan. “Yaxshiyam orqada boshqa mashina bo‘lmagan ekan, yanchilib ketar edi”, — deyiladi bir izohda. Foto: Facebook/Voditeli Tashkenta Ba’zi foydalanuvchilar esa bu yerga ustma-ust asfalt yotqizilavergani tufayli yer balandlashib qolganini, shu tufayli konteyner bu yerga sig‘maganini ta’kidlagan. Biroq ba’zilar aynan shu tunnelda bunday hodisalar avval ham sodir bo‘lganini qayd etgan. Boshqa izoh mulliflari esa konteyner ichida bo‘lgan nozik buyumlarga, tunnelning o‘ziga zarar yetgan-yetmagani bilan qiziqqan.