SHERLAR.BIZ Payshanba, 25.04.2024, 03:18
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Iyul » 24 » "SOTKA"DA ALDANGAN SULUVLAR ( 2-qism)
02:10
"SOTKA"DA ALDANGAN SULUVLAR ( 2-qism)
Ofarin, juda xushyor qiz ekanligingizni sezgandim. Sizga tavakkal qilib, raqam terib
tushdim, desam, nima deysiz? Ayrim qizlar so‘rab-surishtirmasdan tanishib ketaveradi. Siz juda
zukko ekansiz. Sizni aldab bo‘lmaydi. Boodob oilaning aqlli qizi ekanligingiz ko‘rinib turibdi.
Uzr. Ming bor uzr. Agarmandan xafa bo‘lsangiz, keyingi qo‘ng‘irog‘imga javob bermang. Siz
bilan suhbatlashib, zerikarli hayotimga nur kirgandek bo‘ldi. Ota-onam yaqinda avariya tufayli
vafot etishdi. Bir o‘zimman, yakka-yu yagona ovunchog‘im shu telefon. Balki, undan baxtimni,
zulmat bosgan dunyomni yoritadigan mohtobimni toparman, deya orzulagan bir bechora yigitni
kechirolsangiz, keyingi safar tugmani bosing. Man sizdan olisda - poytaxtdaman. Xayr, Gulim.
Bir bor ko‘rmagan. Xushbo‘y iforlarini hidlamagan, faqat olisdan-tikanli so‘zlarini yuragimga
qadagan, qo‘ng‘iroq ovozli, bemehr Gulim, xayr.
U javob ham kutmasdan aloqani uzdi.
Toshkentdanmikan? Qatorasiga shuncha yolg‘on gapirdi. Unga ishonib bo‘ladimi?
Bechora, rostdan ota-onasidan ajralib yetim qolganmikan? Bu yomon gap-ku. Bu sovuq
gaplarni uncha-muncha odam yolg‘on aytolmaydi-ku. Negadir ko‘nglim bezovta bo‘la boshladi.
Endi qo‘ng‘irog‘ qilmasa-ya! Bunday chiroyli gaplarni qaydan toparkan? Yana "Gulim” degan
ovozini eshitarmikanman?
Notanish yigit meni unutdi shekilli, kuni bo‘yi telefon qilmadi. Har qo‘ng‘iroq kelganda,
SMS gudogi eshitilsa, yuragim hapriqib ketardi. Ammo u emas... Kayfiyatim tushib, hayotdan
ko‘nglim qolgandek bo‘shashib ketdim. Dadam kechqurun choy ichib o‘tirganimizda bolish olib
kelishni buyurdilar. Ayam dadamni yonboshlashlari uchun maxsus bolish yasaganlar. Og‘ir, ichi
to‘la uvada paxta. Uni arang ikki buklab qo‘ydim.
-Ha, ona qizim, shashting past, -deb yonboshladilar dadam va tirsaklarini bolishga suyab,
boshlarini biroz ko‘tarib davom etdilar. -Odam bolasining ko‘nglini topish qanchalar mushkul.
Ona qizimni aytgani aytgan, degani degan bo‘lsin, -deb erta-yu kech ishlasam, bisotimda bir
sen-u, bir ukang. Shukur qilib yurmaysanmi? Sotka tutibam ko‘ngling yorishmadimi?
Qovog‘ingdan qor yog‘yapti?” -dedilar sal jilmayib.
Juda uyalib ketdim. Agar begona bir yigitning qo‘ng‘iroq qilmaganidan o‘kinayotganimni
dadajonim bilsalar, qanday ahvolga tushadilar, bilmadim. Ikki yuzim lov yonib ketganini his
qildim. Go‘yoki gunoh ish qilib qo‘ygandek his qilardim o‘zimni. Dadam to‘g‘ri aytgan ekanlar.
Sotka qizlarga yaxshilik keltirmasov. Shunchalik ahmoq bo‘lamanmi? Basharasiniyam
ko‘rganim yo‘q-ku. Nega uni o‘ylayapman? Demak, men o‘zimni aql-hushli deb hisoblamasam
ham bo‘lar ekan.
Bir hafta shunday o‘tdi. Endi esimdan chiqardim, deb turganimda u yana telefon qildi:
«Gulyaxon, yana sizni bezovta qildim. Ming bor uzr. Xafa qilib qo‘ydim, deb necha kundan
beri o‘z yog‘imda qovrildim. Axiyri, kechirim so‘rashga qaror qildim. Bir-birimizni tanimasak,
ko‘rishmagan bo‘lsak, tushunmovchilik bo‘ladi-da. Shu sabab siz uchun suratimni
yuborayapman. Albatta, siz ham salomga yarasha alik olib, gul chehrangizni ko‘rishdan bebahra
qilmassiz. Salomatlikda ko‘rishaylik».
Uning gapi shunchalik tez tugadiki, go‘yo yodlab olgandek tez va tinmay gapirdi. Nafasim
og‘zimga tiqilib, bir og‘iz ham gapira olmadim. U ham javob kutmay o‘chirib qo‘ydi. Lekin
ko‘nglimdagi qora nuqtalar har tarafga tarqalib, xushnudlik boshlandi. Biroz fursat o‘tib, uning
surati yetib keldi. Xonandalardan biriga-to‘g‘rirog‘i Alisher Fayzga o‘xshab ketadigan chiroyli
yigit yarimta suratdan kulib turardi. Egnida kastum. Bo‘ynida galstuk. Demak, jiddiy bola ekan.
Kastum-shimda sipo bo‘lib yurganlar alabo‘ji kiyingan zamonaviy yigitlardan ko‘ra menga
ko‘proq yoqardi. Odatda ular ichmaydi, chekmaydi. Bachkana qiliqlar qilmaydi. Suratga tikildim,
u sal qorin qo‘yganga o‘xshaydi. Bu menga ma’qul emas. O‘g‘il bolalarning qorindor, to‘ladan
kelganlarini jinim suymaydi. Men-chi? Rasmimni yuborsam, ma’qul kelarmikan? Ammacham
har kelganda "Ha lo‘li Maryam, katta qiz bo‘lyapsanmi?” -deb qoraroq ekanligimni pisanda
qiladilar. Potti bo‘lsa, "Sen hindlarga, ayniqsa, Kajolga o‘xshaysan”, -deydi. Har qalay husnim
bilan maqtanaolmayman. Maktab davrida sinfimizdagi eng xunuk qiz men edim. Ko‘zlarim
katta-kattaligidan jahlim chiqardi. Endi qandaydir o‘zgardim. Yuzim to‘lishgani uchunmi,
ko‘zlarim meyoriga tushdi
Xolamning aytishlaricha , qizlar o‘sish yoshida sal beso‘naqay, xunukroq bo‘lib, balog‘at
yoshida gul-gul ochilib ketarkan. Mening yoshimda xunuk qizning o‘zi bo‘lmasmish. Xolam
uchun men parilarning parisi. «Xuddi ayangni» o‘zi bo‘lyapsan. Ayangni orqasidan ilashmagan
yigit yo‘q edi qishlog‘imizda, -deb erkalaydi. Ko‘zguga qarab, o‘zimdan nuqson qidirdim.
Peshonamdan yana toshma chiqibdi. Shu ugrivoylar ikki yilcha bo‘ldiki, tinchlik bermaydi.
O‘ylab-o‘ylab, axiyri Pottining rasmini yigitga jo‘natib yubordim. Ha, notanish oshiqni bopladim,
degan xayolda edim. Sotkani vebga qo‘yib, ayamga yordam bera boshladim. Dadam kadi
mantini yaxshi ko‘radilar. Hali bodringdek ko‘kish bo‘lib turgan xom qovoqni qishloqdan olib
kelibdilar. Mantilarni qasqonga terayotgan paytim telefonim gudok bera boshladi.
-Ol, anovi savilingni. G‘o‘ngillab miyani yedi, -dedilar ayam surpani yig‘ayotib.
Ichkariga kirib cho‘ntagimdan olib qarasam, o‘shandan xabar kelgan ekan.
"Qiynama meni, sevaman seni, kelmasa malol, sevaman halol”. Hali hech kim menga
she’r bag‘ishlamagandi, sevaman demagandi. Ertaga dugonalarimga ko‘rsatib maqtanaman,
deb o‘chirmay, saqlab qo‘ydim.
Bitiruv kechasi bizning uyda bo‘ladigan bo‘ldi. Fotima ikkalamiz bozor-o‘char qilish uchun
otlandik. Dadam bitta mashina chaqirib, bizni Yerqo‘rg‘on bozoriga olib borib kelishini
tayinladilar. Indamasgina haydovchi yarim kun biz bilan hamroh bo‘ldi. Yo‘lda Fotimaga yigiti
qo‘ng‘iroq qildi.
-Alishmisiz, rasmni olib nafasingiz ichingizga tushib ketdimi? O‘rtadagisi men-da. Birovi
Sitti, biri Gulya.
-Nima deyapsan? Bizani rasmimizni nega yigitingga yuborasan? -dedim jahlim chiqib.
-Voy, Gulya nima qipti, do‘sting kimligini ayt, seni kimligingni aytaman, -degan maqol bor.
Dugonalaringiz bilan tushgan rasmingizni yuboring, deb turib oldi.
Mashina o‘ydim-cho‘ydim yo‘lda bir silkindi. Haydovchi oynadan bizga qarab qo‘ydi.
-Hali pastga tushaylik, mendan ko‘rasan, -dedim. Nazarimda Fotima ikkimizga bir yigit
telefon qilayotgandek edi. Ilgari ham shunday o‘ylagandim. Uyga kirgan zahoti Fotimani
mehmonxonaga boshladim.
-Qani, o‘tir-chi, bir boshidan gapir-chi, yuborgan «sobshena»larini ko‘rsat-chi?
Go‘yo u yuragimning bir bo‘lagimni olib qo‘ygandek hayajonda edim.
-Ibi Gulya, bitta rasmingni yuborganimga shuncha bo‘layapsanmi? Kechir, bizdan o‘tibdi.
YO mendan oldin to‘yi bo‘p ketadi, deb o‘yladingmi? Ayam aytardilar. Hayotda dugonasining
yigitiga tegib olgan qizlar ko‘pmish. Ba’zilari dugonasiga kelayotgan sovchilarni qaytarib
yuborarmish. Sendan buni kutmagandim.
Buncha kuyding, hademay u Qarshiga keladi. Shunda nima qilasan? Mendan voz
kechasanmi?
Fotima arazlab chiqib ketdi. Nimadir ko‘nglimni g‘ash qilardi.
-Aya, Sittilarnikiga borib kelay... Nima ovqat qilishimizni kelishib olishimiz kerak, deya
narigi mahallaga yo‘l oldim. Sitoraning ayasi etagini lippasiga qistirib olib choyshablarni
yuvayotgan ekan. Men bilan so‘rashib, qizini chaqirdi.
-Sitti, qara mehmon keldi. Ichkariga kiraver. Ertaga bazmlaringga o‘z qo‘li bilan tort
pishirmoqchi. Kun bo‘yi oshxonadan chiqqani yo‘q.
Ularning oshxonasiga kirib bordim. Sitora tuxumlarni chaqib, ko‘pirtirayotgan ekan.
-Horma, Sitti. Biroz gurunglashamiz deb kelgandim.
Zap kelding-da. Ertaga kecha zo‘r o‘tishi kerak. Kuratorimizniyam taklif qilganmiz. Savoljavob o‘yin qilsakmikan? Masalan, raqsga tushib bering, yoki sevgi izhor qiling, echki bo‘lib
ma’rang, degandek. Qiziq o‘tadi. Bo‘lmasa, bir-birimizning betimizga qarab o‘tiraveramiz-da.
-Sitti, seniyam yigiting rasm yuborishingni so‘radimi?
-Ha, yubordim. U ham suratini yubordi. Hozir qo‘lim un yuqi. Keyin ko‘rsataman.
-U ham toshkentlikmi?
-Hm.
-Yetimmi?
-Yo‘q. Boyvachchani bolasi. Nimaydi?
-Mendan ham rasm so‘rashdi. Bari bir yigit emasmikan, o‘yin qilmayaptimi, deb o‘ylab
qoldim.
-Qo‘ysang-chi, hammayam rasmini yuboradi-da.
-Potti ikkimiz bilan tushgan suratni yigitiga yuboribdi.
-Nima bo‘pti? Men ham kollej oldida tushgan rasmni jo‘natdim. O‘ng tarafdagisi men, deb
aytdim. «Internet» tanishuvlardayam rasm yuborasan-da. Opamning dugonasi Koreyaga
turmushga chiqayapti. "Internet”dan tanishgan. Kelasi hafta to‘y. Toshkentda uchrashibdi. Ey,
qaysi asrda yashayapmiz.
-Men ham eshitganman. Bir ayol amerikalikmi, turkiyalikmi yigitga tegib ketibdi. U
borgandan keyin o‘sha eri uni katta pulga yomon erkaklarga sotib, pul ishlabdi. Kimdir yordam
berib, zo‘rg‘a ortiga qaytibdi.
-Nimaga vahima qilasan? Bizadi tanishimiz o‘z yurtimizdan-ku. Ularni nima daxli bor.
«Tem bole» biz bilan ko‘rishgani yo‘q. Telefon orqali ermakda. Sovchi kelsa, boshqaga tegib
ketaveramiz. Biz ovozini eshityapmiz, xolos.
-Shundaylikka shundaykuya, bir gazetadan o‘qigandim. Qiz unashtirilgan ekan.
«Sotka»dan bittasi tanishaylik, deb «zvonit» qipti. Har kuni gaplashaverib unga o‘rganib qolib,
unashtirilgan yigitini yoqtirmay qolibdi. To‘yni qaytarib, o‘sha noma’lum yigit bilan uchrashishga
chiqibdi. Qarasa, ellik yoshlarni qoralagan erkak ekan.
-Bu gaplarni qaydan topasan? Vahimachisan-da. Ovozidan ham sevib qolish mumkinmi?
-Agar senga u telefon qilmasa, bir marta bo‘lsayam uni o‘ylaysanmi?
-Parvoyimga kelmaydi. Menga uchtasi telefon qiladi. O‘zini ko‘rmasam, qanday qilib unga
ko‘ngil qo‘yishim mumkin. Qulog‘iga lag‘mon osib yuribman. Ikkitasi qarshilik. Ko‘p aytishadi,
uchrashaylik deb. Ammo meni qarindoshimizga uzatmoqchi. Uchrashganim bilan baribir
tegmasam. Ota-onam berishmaydi. Seniyam dadangni jo‘rasi kelin qilarmish, deb eshitdim.
Zo‘r oila, bozorda parda sotishadi. Elita parda tikadigan sexi bor. Bizzi mahallamizdan-ku.
-Bilaman, o‘g‘li yoqmaydi.
-Buncha kayfiyating yo‘q. Ishonmasang, shartta javobini ber.
-Qara, she’r yuboribdi.
-Ux-hu zo‘rku. «Sevaman halol» depti-ku. Yoki qaridir, deb qo‘rqyapsanmi?
-Bilasanmi, men Pottini rasmini jo‘natdim.
-Boplapsan, -dedi u. Shuncha gaplashsam ham o‘zimni o‘zim tushunolmay qaytdim
Afsuski, uyda ham meni ko‘nglim xufton bo‘ldi. Dadam «sotka»ni olib tekshira ketdi. Haydovchi
g‘iybatimizni qilib, «sotka»sini tekshirib turing. Bir baloga lo‘nda bulmasin deganmish. To‘g‘risi,
she’rni saqlab qo‘yganimga judayam pushaymon bo‘ldim.
-Gap shu ayasi, menga tinchlik kerak. Diplomini olgan zahoti, shu yoz uzatib yuboramiz,
deb gapni tugatdilar. Men o‘zimni oqlashgayam,qarshilik ko‘satishgayam iloj topolmadim. To‘rt
qator she’r hayot-mamotimni hal qilgandek edi.
Bitiruv kechamiz ham yaxshi o‘tdi. Hammamiz tarqadik. Dadam aytgandek, meni
do‘stining o‘g‘liga unashtirishdi. Dadamga achchiq qilib «sotka»ni ishlatmay qo‘ygandim. Puli
ham tugagandi. Unashtirilgan yigitim - Bahrom raqamimni so‘rab, o‘zi pul tashlab qo‘ydi.
Birdaniga dugonalarimdan ajralganim, u bilan gaplashmayotganim meni zerikarli dunyoga
boshlagandek bo‘ldi. Har kuni suzishga qatnay boshladim. Ikki soatcha vaqtim suzish bilan
o‘tdi. Yuragimda paydo bo‘lgan norozilik o‘tini shu bilan pasaytirib, uyga qaytardim. O‘zimdan
sakkiz yosh katta bo‘lgan Bahrom aka bilan nimani gaplashishni ham bilmasdim. Uchrashuvga
chaqirsa bormasdim.
-Qizim har zamon gaplashib turinglar. Bir oy ichida to‘ylaring bo‘ladi. Bir-birlaringni
yaxshiroq bilib olasilar.
-Yaxshiroq bilib aynib qolsam-chi? Undan ko‘ra gaplashmaganim ma’qul. Bir umr
gaplashishim ham yetadi. Qarib, erkakka o‘xshab yotibdi. Gaplashishgayam uyalaman. Tengim
bo‘lsaykan.
-Ibi yigitning qarisi bo‘ladimi? Binoyidek yigit. Qosh-ko‘zlari qop-qora, bo‘y-basti
kelishgan.
-Shunchalik ekan, o‘zingiz tegvoling.
-Qiz bo‘lmay, qizil kesak bo‘lgir. Og‘zingdan chiqqan gapingni ma’ni-matrasi yo‘q.
-Boshidan zar o‘girib ichinglar endi topgan kuyovlaringni. Menga yoqmaydi.
-Menam dadangni yoqtirib tekkanim yo‘q. Oydaygina ro‘zg‘or tebratib o‘tiribmiz. Kimdan
kam joyimiz bor.
-O‘qishga qo‘ymadinglar. Dugonalarim Toshkentga aylanishga ketyapti.
-Toshkentni ko‘rmay yuruvdingmi, qizim? Turkiyaga, Qozog‘istonga borib kelding-ku!
-Shuyam borishmi, dadamni biznesi uchun bozorini ko‘rdim, xolos.
Dugonalarimning bariboryapti. Men esa allaqachon uy qamog‘idaman. Birgina basseynga
borishimga qo‘yasilar. Qanchalik marhamatlisilar. Uy bekalari uchun berilayotgan seriallarni
ko‘rib, umrim o‘tib ketyapti. Shu uchun aytarkanlar: "Yoshligimda o‘ynamadim-kulmadim” deb.
-Kim boryapti?
-Ana, Potti bilan Sitti "Ippodrom”dan sep qilishga borishyapti.
-Unday bo‘lsa, dadangga aytaman. Sen ham kerakli narsalaringni xarid qilishga borasan.
Bahromjon bilan borsang, yanayam yaxshi. Unga kastyum-shim olib berishimiz kerak.
-Endi o‘shasiz nafas olishgayam ruxsat bermaysila shekilli.
Ichkariga kirib o‘yga botdim. Kechki ovqatga chiqmasam, dadam ham rozi bo‘ladilarov.
Suzish rosa ezib yuborgan ekanmi, dong qotib uxlab qolibman. "Ona qizim, eshikni och” degan
dadamning yo‘g‘on ovozidan uyg‘onib ketdim. Uyqusirab eshikni ochsam, dadam, ayam xavotir
bilan yuzimga tikilishdi.
-Sal qoldi eshikni buzishimga. Toshkanga borsang, o‘zim mashina qilib beraman.
Dugonalaring bilan aylanib kel. Ular shunchalik tez taslim bo‘ladi, deb o‘ylamagandim.
Juda xursand bo‘ldim. Men ikkinchi marotaba arazlash evaziga ota-onamni
bo‘ysundirgandim. Ammo dadam otdan tushsalar-da, egardan tushmay, dugonalaring bilan
birga seni Bahrom akang aylantirib keladi, deb shart qo‘ydilar. «Falonchining qizi avtobusga
osilib poytaxtga borib kelibdi», degan gapni ko‘tarolmas ekanlar. Aslini olganda, bizda
unashtirilgan qiz quda tarafning roziligi bilangina to‘ygacha ostona hatlab, ko‘chaga chiqishi
mumkin. Gap-so‘zlarning oldini olish uchun Bahrom aka bilan kelishib olgan ko‘rinadilar.
-Mayli, roziman,- dedim. Qushdek uchib narigi xonada chang bosib yotgan "sotka”mni olib
keldim. Ana, xolos. Quvvati ham tugagan-ku. Artib-surtib tokka uladim. Potti bilan bazm kuni
arazlashganimizcha gaplashmay yurgandik. Avval o‘zim gap qotib, uzr so‘radim. U ham mensiz
qiynalganligini aytdi. Birozdan so‘ng darvozamiz oldiga yetib keldi. Ha, u mendan erkinroq,
qorong‘udan qo‘rqmaydi.
-Voy, Gulya, shunday seni sog‘indimki, tong otmadi, kun botmadi men uchun.
-Yigiting haliyam qo‘ng‘iroq qilyaptimi? -dedim gap topolmay.
-Kechasi bilan "soobshena” yozib chiqamiz. Shunga rangi-ro‘yim ham bir ahvolda bo‘lib
qoldi. Kun bo‘yi uyqudan qolganim uchun munkib yuraman. O‘zing-chi,gaplashib turibsanmi?
-Ey, telefonimni hozir qo‘shdim-ku. Unashtirilgan bo‘lsam, gaplashib zaril keptimi?
-Bahrom akayam sal yoshi katta demasa, yigitmisan-yigit. Seni o‘rningda bo‘lsam,
shunday insonga tegayotganim uchun do‘ppimni osmonga otardim. Uy-joyi tayin, kasbi-kori bor,
eng muhimi, ichmaydi,chekmaydi. Dadang ham rosa puxta odam-da.
Ko‘nglim sal yorishgandek bo‘ldi. Dugonalarimning havasi kelibdi-yu, men noz qilib
o‘tiribman.
-Bilmasam, negadir yuragim bo‘m-bo‘sh. Yaqinda to‘yim bo‘ladi. Aytgancha, Toshkentga
qachon ketamiz? Mashina dadamning hisobidan. Sittigayam ayt. Tez tayyor bo‘lsin. Balki
ko‘nglimdagi g‘ashlik Toshkentda tarqar.
-Ertalab Sittinikiga boraman. Hozir kech bo‘ldi. Aytgancha, suzish bo‘yicha musobaqa
bo‘larmishmi, qatnashmaysanmi? Esimni taniganimdan beri basseynga yugurasan. Hammadan
zo‘r suzasan-ku.
-Eshitdim, trenerimiz ham xudoning bergan kuni qatnash, deb zorillaydi. Ammo dadamni
bilasan-ku. «Sog‘liging uchun sportga qo‘yganman. Musobaqalarga qatnashmaysan», deydilar.
Mendan ortda suzadigan qiz hozir chempion. Qator-qator medallari bor. Dadamning
qattiqqo‘lligi unga qo‘l keldi.
-Hm, dadang chatoq, hazillashib bo‘lmaydi. Bittagina qizsan-da. Bizaga o‘xshab, bir uyda
beshta qiz bo‘lsalaring, dadangni esiga ham kelmasding. Bo‘pti dugonajon, ertagacha.
Ikkalamizning ham dimog‘imiz chog‘ bo‘lib, uy-uyimizga tarqadik. Potti Bahrom akani
maqtagani uchunmi, biroz ko‘nglim unga nisbatan iligandek bo‘ldi.
Shanba kuni biz-uch dugona Bahrom akaning "Neksiya”si orqa o‘rindig‘ini egalladik.
Ayam yashirgan-yushirgan pullarini sumkamga soldi. "Qaylig‘ingga chiroyli kastum-shim olib
ber”, -dedilar. Yuragimiz hapriqib, yo‘lga tushdik. Faqat ortimga o‘girilsam, dadam negadir
mung‘ayib, xavotir bilan termulib, ikki kaftlarini yuziga tortdilar. Omon-eson borib kelishsin, deb
duo qilayotgandirlar. Go‘yoki, ming yilga uzoqlashayotgandek nega buncha mayus... Yuragim
uvishib ketdi. Boshqalarning dadasi ham qizlarini shunday yaxshi ko‘rarmikin?
Qarshining keng va mag‘rur ko‘chalari ortda qoldi. Havo issiq bo‘lganligi tufaylimi, Sittining
ko‘ngli aynidi. Bahrom aka mashina derazalarini ochib qo‘ydi. Oynachadan damba-dam menga
tikilar, ko‘zim ko‘ziga tushganida kulimsirardi. Unashtirilgan bo‘lsak-da, o‘rtamizda Xitoy devori
bordek edi. Bu, albatta, mening yovvoyiligimdan bo‘lsa kerak. Dugonalarim imo-ishora bilan
oldingi o‘rindiqni ko‘rsatishar, men esa derazadan tashqariga ko‘z tikardim. Bahrom akaning
sokin, mehr to‘la,kulib turgan ko‘zlari tufayli damba-dam yuragim "shig‘” etib ketgandek
allanechuk bo‘lardim. Mashinamiz "Qo‘ng‘irtog‘” postiga yetganda sekinlab, biroz o‘tib to‘xtadi.
Ne ko‘z bilan ko‘rayki, dadamning haydovchisi chopib kelyapti.
-Anovi chaqimchi shopir-ku, -dedi Potti norozi ohangda.
-Guli, Gulya, haydovchilaring bo‘ydoqmi, deb egilib unga termuldi Sitti. Jahlim chiqib,
ularga javob bermadim. Bular barisi tasodif emas, balki dadajonimning g‘amxo‘rligi ekanligini
men yaxshi anglardim.
-Ey Bahromboy, yo‘l bo‘lsin, -dedi u kabinaga boshini suqib bir-bir qararkan. Shu desang,
Toshkentga-opamnikiga ketayotgandim, to‘y maslahati bor ekan. Xudo seni yetkazdi, -deya old
o‘rindiqni egalladi. Chug‘urlab kelayotgan dugonalarim jimib qoldi. "Ozib-yozib bir bozor,
shuniyam yomg‘ir buzar”, -dedim men o‘zimni tutolmay.
-Iy, singilcha, silarmi Toshkan ketayotgan. Ibi, Bahriddin aka qanday ko‘ndi?
-Sizday chaqimchi, hushyor, aperis yordamchilari bor, dadamning nima g‘ami bor.
-Oshga pashsha tushdi, deyapsanmi, Guli.
-Shunday desayam bo‘ladi.
-Bahromjon, SHeralini qo‘y, singillar bir maza qilib eshitib ketsin.
Biz birdan norozi ohangda chug‘urladik.
-Bo‘masa, rep qo‘y yoki "Bojalar”ni
Davomi bor...

Hafiza Egamberdiyeva
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 872 | | Теги: SOTKADA ALDANGAN SULUVLAR ( 2-qism) | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Iyul 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz