SHERLAR.BIZ Shanba, 20.04.2024, 03:43
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Iyul » 26 » So'ngi Shou-Biznes Yangiliklari
22:11
So'ngi Shou-Biznes Yangiliklari
Tez kunda Sardor Rahimxondan yangi klip "QALQAM"

Ajoyib va istedodli ijodkor Sardor Rahimxon qozoqcha "Qalqam" nomli taronasiga klip suratga olish ishlarini boshlab yubordi. Bu taronaga klipni rejissyor Rustam Murodov suratga olmoqda. Qozoqcha taronaga ishlangan klip "Bombey" taronasiga ishlanga videoklip kabi xit darajasiga ko'tarilishi kutilmoqda.Tez kunda siz ushbu taronaga ishlangan videoklipni o'zingiz ko'rib baho berish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

***

Nilufardan "Tantanam mani"

Хонанда Нилуфар ўзининг янги, шўх оҳангдаги "Тантанам мани” қўшиғига видеоклип суратга олдирди. Клипни суратга олиш ишлари 24 июль куни бўлиб ўтди. Клип учун бир ой давомида махсус декорация қурилди. Клип режиссёри Санжар Маткаримов, оператор Наримон Султонхўжаев. Клипда эртак мавзусига мурожаат қилинган бўлиб, ғоя Санжар Маткаримовга тегишли. Ғоя, "Оппоғой ва етти гном” эртагига асосланди. Аммо, клипда эртак мазмуни бутунлай ўзгариб кетди. Бу клипда гномлар эртакдаги каби меҳрибон эмаслар, улар "Нилу, шўхидан бўлсин” деб, Нилуфарни тинимсиз қўшиқ айтишга мажбур қилишади. Клипдаги асосий қаҳрамон Оппоғойни Нилуфарнинг ўзи ижро этди. У клип давомида 4 хил имиджда намоён бўлади. Либослар муаллифи Ҳилола Шер, ғояси ҳам Ҳилола Шер ва Санжар Маткаримовга тегишли ва тайёрлашга бир ой вақт кетган. Суратга олиш жараёнида Ҳилола Шер билан бирга, костюмер Екатерина Гаврилова ва гримёр Екатерина Серикова ҳам меҳнат қилишди. Нилуфарнинг макияж ва соч турмаклари эса, стилист визажист Артём Дробышга тегишли. Клипда Наримон Султонхўжаевнинг ўзи ҳам, роль ижро қилган бўлиб, уни ҳам бутунлай ўзгача қиёфада кўрасиз. "Тантанам мани” қўшиғи муаллифи эса бастакор Элдор Қаюмов, қўшиқ сўзлари, мусиқаси унга тегишли бўлиб, аранжеровка эса, Ботир Алиевники. Клипнинг айрим қисмлари яшил фонда суратга туширилди, компьютер графикасидан ҳам қисман фойдаланилади. 

***
Fm 101 O'zbegim taronasi radiosi 13-yoshda!

Bugun O'zbegim taronasi radiosi 13-yoshga to'ldi. Bugun Fm 101 radioto'lqinining jamoasiga havas qilsang arziydi. Bugun kuni bilan ularni tabriklash uchun deyarli barcha sanatkorlar, ularning do'stlari, yaqinlari radiostansiya binosiga birin ketin tashrif buyurishmoqda. Bularning barchasiga kun davomida radioni tinglab, o'zingiz guvohi bo'ldingiz deb umid qilamiz. Biz saytimiz jamoasi va bu radiostansiyaning muhlislari nomidan chin dildan tabriklaymiz. Ularga eng yaxshi tilaklarni tilab qolamiz. Kelgusidagi ishlariga ulkan zafarlar yor bo'lsin. Bayram tantanasi davom etmoqda. 

***
Diqqat Kasting!!! Yangi Film uchun qizlar va yigitlar o'rtasida kasting e'lon qilindi

O'zining aktyorlik va akrisalik mahoratiga ishongan va kinofilmlarda rol ijro etishni istagan Yosh yigit va qizlar o'rtasida yangi chehralarni kashf qilish maqsadida Rejissyor Dilshod Ahmedov tomonidan kasting e'lon qilinadi. 17 - 25 yoshgacha bo'lgan, o'zining akytorlik va aktrisalik mahoratiga ega yigit va qizlarni kastingda ishtirok etishlari va Kastingda ishtirok etishni istagan barcha ishtirokchilarni 2- avgust kuni soat 14:00 da Hamza metrosida joylashgan Exclusive filmsga tashrif buyurishlari mumkin.
Manzil : Hamza metrosi, Bunyodkor ko'chasi, 2-uy. Orientr Maxsima mebellar do'koni.
Murojaat uchun telefon: +99895 142 8138

Категория: Shou biznes olami | Просмотров: 652 | | Рейтинг: 5.0/4
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Iyul 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz