1. Siz hozir ushbu faktlarni o‘qiyapsiz; 2. Sizningcha bu axmoqona faktlar; 4. Men uchinchi faktni yozmaganimni payqamadingiz; 5. Hozir uni tekshiryapsiz; 6. Kulyapsiz; 7. Hali ham o‘qiyapsiz-u, bu faktlar axmoqona ekanligini ta’kidlayapsiz; 9. Sakkizinchi faktni yozmaganimni yana sezmadingiz; 10. Bitta xatoni qayta takrorlaganingizga tushunmayapsiz, kulyapsiz; 11. Sizga bu yoqyapti; 12. Siz yana bir narsani sezmadingiz, bu o‘n ikkinchi fakt, siz faqat o‘nta fakt o‘qiyman deb kirgan edingiz. Kuningiz omadli o‘tsin Yuqoridagi hazil sizga yoqmagan bo‘lsa, uzr so‘raymiz…