Статистика |
Hozirda saytda: 27 Mexmonlar: 27 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Iyul » 30 » SENSIZ...
|
SENSIZ...
Ko'ksim ichra boshlandi bir jang, Tuyqus qayg'u bostirib keldi. Uning tig'i rashku-xijrondan, Paykonlari sog'inchdan edi.
Yuragimni qurshovga olib, Buzib o'tdi qovurg'alarni. Oxir bo'lib xiylali g'olib Hislarimni itdek talardi...
O't qo'ydilar yurak shahriga, Vayron bo'ldi orzu uylari. Chidolmasdan yog'iy qahriga Tinib qoldi shodlik kuylari...
Chidayversang dunyo kamiga Sharob bo'lar bu qoning oxir. Men tanimni topshirib g'amga Shundoq o'lib ketmasman... Axir
Oqqan qonlar ketmas besamar, Qay kun sabr jomim to'ladi. Bir qo'zg'alon boshlasam agar, Uning nomi NAFRAT bo'ladi...
|
Категория: Sevgi dunyosi |
Просмотров: 624 |
| Рейтинг: 5.0/2 |
Всего комментариев: 3 | |
|
|
|
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|