Men rashkimni eplay olmadim chindan, Dunyoni qizg'anib yashadim sendan. Men seni qizg'andim guldan va nurdan, Taqdir esa qizg'andi seni mendan.
*** *** ***
Bu dunyo ishlari doimo bozor, Vafodorga doim beramiz ozor, Vafosidan esa sadoqat kutib, Yo'liga ko'z tikib kutamiz zor-zor.
*** *** ***
Mensiz baxtli yasha hayotdan mamnun, Lek taqdir yo'lida to'qnash kelgan payt, Bu cho'kkan ko'ngilni ko'tarmoq uchun, Sensiz holim yomon keraksan deb ayt.
*** *** ***
Orzular yog'saydi osmondan qordek, Hovuchlab kaftimda sizga tutardim. Olisda bo'lsada ko'rsam baxtiyor, Sizni o'shal baxtga tashlab ketardim.
*** *** ***
Ko'zlar sehirlidir, nigohlar mayin, Umr o'tmoqda kun o'tgan sayin. Naqadar beshavqat hayot qonuni, Sevmoq oson ekan sevilmoq qiyin.
*** *** ***
Oshiqning sevaman deyishi shartmi, Ayrilsam o'laman deyishi dardmi, Ishqin pinhon dilda tutgan nomardmi, Yo sadoqatdan lof urgan mardmi.
|