Статистика |
Hozirda saytda: 24 Mexmonlar: 24 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Iyul » 3 » Og'ir dardni engan muhabbat
05:52 Og'ir dardni engan muhabbat |
Ko’ngliga yoqadigan ko’ylak qidirib, Nafisa bir necha marta bozor aylandi. U har gal lov lov yonib, ko’zlarini qamashtirgan moviy ko’ylak yonida to’xtayverardi. Libosga mahliyo bo’lib qolgan qizni ko’rgan sotuvchi qo’yarda-qo’ymay, uni ko’ylakni kiyishga undadi. Xuddi ataylab u uchun tikilganday, libos qizning chiroyini yanada ochdi. Nafisa ko’ylakni jon deb olgisi kelar, lekin, uning bahosi maqul kelmayotgandi. Sotuvchidan narxini tushirishni iltimos qildi, ammo buning iloji bo’lmadi. Olay desa puli kamroq, ammo ko’ngliga shundan boshqasi o’tirmayapti.
- Keling yetmaganiga men qo’shib yuboraman. Qiz notanish kishinig ovozidan cho’chib, orqasiga tisarildi. Ortida bir begona yigit jilmayib turardi. Qiz xayron bo’lib u yoq-bu yog’iga qaradi. O’zidan boshqa xech kimni ko’rmagach, "Menga gapiryapsizmi?” deya yigitdan so’radi.
- Ha, sizga aytyapman. Bu ko’ylak sizga juda yarasharkan.
Yigit samimiy jilmaydi. Biroq uning bu iltifoti, Nafisaga yoqmadi. Duch kelganga gap otadigan yigitga o’xshab ko’rindi.
- Kimsiz o’zi, menga yordam berasiz? Sizni tanimayman. Ko’ylak xecham yoqqani yo’q. Uni olmoqchi emasman.
Nafisa jaxli chiqqanidan xo’mrayib, ildam yurib ketdi.
- Nimaga hafa bo’lasiz? Ko’ylak yoqqanini bilaman. Sizga xolis yordam bermoqchi edim – dedi Nafisaning izidan yugirib kelgan xaligi yigit.
- Meni duch kelganga ko’ylak oldiradigan qiz deb o’yladingizmi?
- Yo’q, unaqa o’ylamadim. Aqlli qizligingiz ko’rinib turibdi. Sizga yordam bermoqchi bo’lsam, buning nimasi yomon?
Qiz indamay shaxdam qadam qadam tashlashda davom etdi. Yigit sezdirmasdan uning orqasidan ergashib keldi. Nafisa uyiga yugurib kirib ketgachgina, yigit ortiga qaytdi.
Shu kecha Nafisaning ko’ziga uyqu ilinmadi. Xayolidan notanish yigitning kulimsiragan chexrasi ketmasdi. Garchi o’sha paytda unga xo’mrayib, qo’pol gapirgan bo’lsa-da, ammo yana ko’rgisi kelayotgandi. Endi uning bir lahza uchrashgan quvnoq nigohlari qizning oromini o’g’rlagandi.
Ertasiga Nafisaning darslari ko’payib, universitet binosidan chiqqanida qosh qorayib qolgandi. Uzun yo’lakdan erinibgina qadam tashlarkan, qarshisida tanish yigit to’xtadi. Bu kutilmaganda sodir bo’lganidan qiz shoshib qoldi, biroq gullarni ko’rib, yuziga tabassum yugurdi.
- salom, Nafisa, yaxshimisiz?.. – dedi yigit hayajonlanib.
Nafisa uni ko’rib sevinib ketti-yu, lekin buni sezdirmadi. Yana jiddiy qiyofaga kirdi:
- Sizmisiz? Meni shu yergacha izlab keldingizmi?
Yigit Nafisaning pisanda gaplariga e’tibor bermay, xazilga o’tdi:
- Izlab-izlab Makkani topishganida, sizni toppish nima bo’libdi?
Endi Nafisa o’zini bosib turolmadi. Shaqillab kulib yubordi:
- Juda g’alati ekansiz-ku, men bu gaplaringizni nima deb tushunay?
- Meni ahmoq deb o’ylayapsizmi?
Noo’rin gapirib qo’yganini bilib, Nafisaning yuzlari qizardi:
- Men unday demadim, shunchaki, institutimgacha kelganingizga…
- Yaxshiyam kelibman, bo’lmasa, qorong’ida bir o’zingiz qanday ketardingiz?..
Yigitning xazilidan ikkisi ham berilib kulishdi.
- Qo’riqchilarim ko’payaversa, har kuni kech chiqishga o’rganib qolaman.
- Unda o’qishni tashlab qo’riqchilikka ishga kirarkanman-da…
Ular xazil-xuzul bilan manzilga yetib kelishganini sezmay qolishdi.
- Kuzatib qo’yganingiz uchun sizga raxmat, - deya muloyim jilmaydi qiz.
- Akrom, otim Akrom.
- Qarang-a, shuncha gaplashibman-u, ismingizni so’ramabman.
- Hechqisi yo’q, mayli, yaxshi dam oling. Ha aytgancha, - deya darvozadan kirib ketayotgan qizni to’xtatdi Akrom. – Sizdan bir narsani so’ramoqchi edim. Ertagayam oldingizga borsam maylimi? Faqat yo’q demang…
Nafisa uyalinqirab yerga qaradi va xech narsa demay, darvozani yopdi.
Akrom uning chexrasidan rozilik alomatini anglab, quvondi. Nafisa bo’lsa, uyga kirgach: "Ishqilib roziligimmi tushungan bo’lsin-da”, deya xayolidan o’tkazdi.
Shu zaylda kunlar bir-birini quvlab o’tar, Akrom xar kuni Nafisani universitet darvozasi yonida kutib turardi. Agar yigit kechikkuday bo’lsa ham, qiz doim uchrashadigan joylaridan ketmasdi. Akrom kelganidan so’ng, soxta araz, pichinglar… Lekin ular bor yo’g’i bir necha daqiqagina davom etardi.
Bugun Nafisaning tug’ilgan kuni. Yo’lak boshida Akrom uni kutib turardi. Qizning ko’ngli o’zi ham tushunmaydigan allaqanday tuyg’ularga limmo-lim. Salomlashgach, Akrom uning qo’liga bir dasta gul va yaltiroq qog’ozga o’ralgan quticha tutqazdi.
- Tug’ilgan kuningiz bilan, Nafisa. Doim kulib yuring. Sizni yaxshi ko’raman.
Akromdan bu gaplarni eshitib, qizning yuzlari lovullab ketdi va uyalib yerga qaradi:
- Men ham…
Nafisa Akromni uyiga – kechqurungi bazmga taklif qilishga ota-onasidan istihola qildi. Shuning uchun universitetdayoq xayrlashishdi.
Uyiga keliboq, u yigitning sovg’asini ochib ko’rdi. Ne ko’z bilan ko’rsinki, qutining ichida Nafisaning xavasini keltirgan ko’ylak turardi. Qiz ich-ichidan quvonar, ammo atrofdagilarga sezdirmaslik uchun kulmasdi. Bu uning hayotidagi eng yaxshi tug’ilgan kuni edi. Ertasiga Nafisa minnatdorchilik bildirish uchun Akromni kutdi. Lekin yigitdan darak bo’lmadi. "Ishi chiqib qolgandir-da”, deb hayol qilib, uyiga qaytdi. Ammo undan keyingi kunlari ham shunday bo’ldi. Nafisa ko’zlariga yosh olib, kechgacha darvoza yonida turardi. Oradan o’n kun o’tsa hamki, Akrom kelmadi. Qiz nega birdan bunday bo’lganiga tushunmas, uni javobsiz savollar qiynardi. Yigit uni aldagani aniq. Nafisa o’zini shunga ishontirishga urinib, Akromdan nafratlanishga harakat qilardi. Biroq uning shirin gaplari qulog’idan, samimiy nigohi esa ko’z oldidan ketmasdi. Bu orada qizga sovchilar kela boshladi. Ammo, Nafisaning ko’ngli Akromdan boshqasini demasdi. Oxiri uning o’zi yigitni qidirib topishga qaror qildi. Avval u o’qiydigan universitetga bordi. U yerdan tayinli gap ololmagach, ishxonasiga bordi. Hamkasblari bir oydan buyon ishga chiqmayotgani, og’ir kasalligini aytishdi.
Akromning manzilini aniqlagach, to’g’ri unikiga ketdi. Yo’l bo’yi uning miyasida turli o’ylar g’ijg’on o’ynardi: "Akrom kasal bo’lsa, nega menga bir og’iz aytmadi?..”
Akromlarning darvozasini yoshi kattaroq ayol ochdi. Onasi bo’lsa kerak, deb o’ylab, Nafisa u bilan quyuq so’rashdi. Nega kelgani aytolmay, biroz qiynaldi. Xijolat bo’lganidan so’zlay olmayotgan qizga xaligi ayolning o’zi yordam berdi:
- Nafisa siz bo’lasizmi, qizim?
- Ha…
- O’zim o’rgilay sizdan, o’g’lim har alaxsiraganda, faqat sizning ismingizni aytadi. Uyg’onganida kim deb so’rasam, indamaydi… Ayol gapini tugatolmay, xo’ngrab yig’lab yubordi.
- Yig’lamang, Xudo shifo berib, tuzalib ketadi o’g’lingiz.
Nafisa unga tasalli bergach, Akromning xonasiga kirishdi. Katta xonada dori hidi anqir, burchakdagi karavotda esa, Akrom yotardi. Uning ko’zlari kirtayib qolgan, yonoq suyaklari esa bo’rtib chiqqandi. U Nafisani ko’rib, o’rnidan turmoqchi bo’ldi. Lekin uddalay olmadi. Qiz yugurib kelib, karavot yoniga cho’kkaladi va yig’lab yubordi.
- Nimaga indamay ketdingiz? Yo menga ishonmaysizmi? Siz uchun hech kim emasmanmi?
- Unday dema, Nafisa. Shunchaki, seni qiynagim kelmadi.
- Menga aytmasangiz, battar qiynalishimni o’ylamadingizmi?
Qiz o’kirib yig’lagisi kelar, lekin Akromning onasi yonida bo’lgani uchun bunday qilolmasdi. Ularni xoli qoldirib, Zumrad opa tashqariga chiqib ketdi.
- Sizni har kuni darvoza yonida kutardim.
- Bekor qilibsan, kutmasliging kerak edi. Chunki, endi u yerga bormayman.
Nafisa Akromning dardga tez taslim bo’layotganini ko’rib, baland ovozda gapirib yubordi:
- Bekor aytibsiz!.. Siz hali tuzalib ketasiz.
- Do’xtirlar tuzalishing qiyin, deyapti.
- Qiyin debti, lekin tuzalmaysan demabdi-ku. Faqat siz taslim bo’lmasligingiz kerak. Men o’zim yordam beraman.
Akrom mahzun gap boshladi:
- Nafisa, menga birovning rahmi kelishini istamayman. Kim ham kasal odam bilan yashashni xoxlaydi?..
- Siz tuzalasiz.
- Iltimos, gapimni bo’lma. Sen yaxshisi ket. Biror yaxshi yigitga turmushga chiqib, baxtli bo’l. Sen baxtli bo’lsang, men ham baxtliman.
- Lekin, men sizsiz baxtli bo’lolmayman. Xozir esa qo’rqoqlik qilyapsiz. Tuzalib ketishingizga o’zingiz ishonmayapsiz.
- Men tuzalaman, ammo bunga uzoq vaqt kerak. Tushun, seni ota onang uzoq kutishga rozi bo’lmaydi. Agar baxtsiz bo’lib qolsang, men chidolmayman.
- Ularga hammasini o’zim tushuntiraman. Ko’rasiz, ular tushunishadi…
Nafisa so’zida turdi. Ular muhabbatlari uchun juda qattiq kurashardi. Qiz Akromning muolajalariga doimo birga borar, yigitga har jixatdan dalda berardi. U kelgan sovchilarning hammasini qaytarib yubordi. Xatto, onasining dashnomlari ham unga ta;sir qilmadi. Shuncha urinish va Xudoga iltijolar zoye ketmadi. Sekin asta Akrom tuzala boshladi.
|
Категория: Sevgi dunyosi |
Просмотров: 611 |
| Рейтинг: 5.0/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|