SHERLAR.BIZ Dushanba, 30.12.2024, 19:27
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 286
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 12
Mexmonlar: 12
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Iyul » 22 » O‘zimiz uchun vaqt ajratamiz...
23:11
O‘zimiz uchun vaqt ajratamiz...
Ba’zida o‘z hayotimiz bizga tegishli bo‘lmay qolgandek tuyuladi. Oila, ish va boshqa turmush tashvishlari bilan ovora bo‘lib, hatto vaqtning qayerga "yo‘qolib” borayotganligini anglamay qolamiz. Ko‘pchilik hayot zirillab o‘tib ketayotganini sezsa-da, undan qanday foydalanib qolishni bilmaydi.


Qanday qilib vaqtni to‘g‘ri taqsimlab, o‘zimiz uchun hayotning yangi ranglarini kashf etishimiz mumkin?
1. Ishga boriladigan vaqt mobaynida o‘zingiz uchun vaqt ajratish zo‘r imkoniyatdir

Albatta, bunday tig‘iz vaqtda rulda yoki avtobusning tiqilinch salonida bo‘lishingiz mumkin. Bunday vaziyatda sizga audiokitoblar, sevimli musiqalar yordam beradi. Agar o‘qish va musiqa tinglashni xohlamasangiz, atrofingizni, odamlarni kuzatishga harakat qiling. Bir necha daqiqalik hayotga bunday nazar ham yangi maqsadlarga sabab bo‘lishi mumkin.

2. Hayotda bajarayotgan vazifalaringiz o‘rtasida tanaffus qiling

Ko‘pincha biz navbatdagi vazifani boshlar ekanmiz, undan avval bajarilgani haqida hamon o‘ylayveramiz. Bu ish samaradorligini pasaytiradi. Shu bois, vazifalar oralig‘ida tanaffus qilgan ma’qul. Ana shu tanaffusda esa o‘zingiz uchun vaqt ajrating. Bir necha daqiqalarga bo‘lsa-da, ko‘nglingizda xotirjamlik hosil qiling.

3. Aloqa vositalarini o‘chirib qo‘ying

Bugungi kunda ko‘pincha qayergadir birga borish takliflari bilan turli qo‘ng‘iroqlar yoki iltimoslar bizni chalg‘itadi. Agar siz chindan ham vaqtingizni shunday o‘tishini istamasangiz, sizni bezovta qilmasliklari uchun barcha aloqa vositalarini o‘chirib qo‘ying.

Gohida hayotiy yutuqlarga erishganda, beixtiyor shodlikdan o‘zimizni qo‘yishga joy topa olmaymiz. Bu xursandchiliklar kelgusida ham davom etishi vaqtingizni to‘g‘ri taqsimlashingizga bog‘liq. Yuqoridagi maslahatlar bir qarashda, oddiy, tanishdek tuyulishi mumkin. Lekin shuni unutmaslik kerakki, hamma narsa oddiylikdan boshlanadi.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 931 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyul 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz