SHERLAR.BIZ Payshanba, 26.12.2024, 14:08
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Avgust » 20 » «MILLION» JAMOASINING MILLION-MILLIONZARARI (Fikr Va Mulohaza)
10:20
«MILLION» JAMOASINING MILLION-MILLIONZARARI (Fikr Va Mulohaza)
Xalqimiz orasida “Kuling, umringiz uzayadi” degan
naql bor. Inson miriqib, huzur bilan kular ekan,
tanasidagi g’uborlardan poklanganday sezadi o’zini.
Ammo ko’pchilikni kuldirish juda mushkul ish. Xalq
orasida askiyachi, qiziqchi, deb nom olgan
san’atkorlar ijrosidagi badiiy asarlar yumor va
komediya janriga xos bo’lib, unda turmushimizda
uchraydigan ayrim nuqsonlar, tabiatimizdagi
kamchiliklar kulgi nishoniga olinadi. Askiyachilar,
qiziqchilar shu yo’l bilan jamiyatni soflashtirishga
hissa qo’shadi.
O‘zbek xalq ijodining bir turi bo’lgan askiya - o’tkir
zehnli, hozirjavoblik demakdir. U ikki va undan ziyod
kishi yoki guruhning xalq yig’inlari, sayil va to’ylarda
ma’lum bir mavzu bo’yicha badiiy so’z bahslaridan
iborat bo’lgan. Taraflar ba’zan davrada, ba’zan
qarama-qarshi o’tirgan, turgan va yurgan holda
ko’tarilgan mavzuga doir tez javob berish, ushbu
so’z javoblarini serma’no, latif, ta’sirli, jozibali,
ayniqsa, kulgili chiqarish uchun harakat qiladilar.
Qaysi taraf javob topishda sustkashlik yoki
mujmallik qilsa, mavzu janr doirasidan chiqib ketsa,
ichki tartibni buzsa, o’sha taraf yengilgan
hisoblanadi.
Xo’sh, bugungi kunda qiziqchi nomini olgan, mazkur
san’atni kasb qilganlar faoliyati ta’rifi keltirilgan
madaniy asosda kechyaptimi?
Keyingi yillarda mamlakatimiz miqyosda bu
yo’nalishda guruhli va kichik teatr shaklida kulgi
san’atini namoyish etish an’anaviy tusga kirdi.
Yangi-yangi guruhlar, xususan, yaqin yillardan
“Komedi.uz”, “Dizayn”, “Million” guruhlari paydo
bo’ldi. Shu kunlarda omma orasida “qo’lma-qo’l”
bo’lib turgan “MILLION” deb nomlangan diskni
tomosha qildim. Uning jildiga yetti nafar guruh “qahra­
mon”ining rasmi qo’yilgan. Zamonaviy asbob-
uskunalar yordamida suratga olingan tasvirlar a’lo
darajada. Dastur guruhning o’z “madhiya”si bilan
boshlandi. Tabiiyki yangi asar tomoshabin e’tiborini
tez tortadi. Ammo uning boshlanishidayoq
kayfiyatingiz tusha boshlaydi. Sahnadagilarning gap-
so’zlari, nutqi, shevachiligi, o’zini tutishi - hammasi
ruhiyatimizga aks ta’sir o’tkazadi. Keling, ularning
tomoshabinlar bilan salomlashishlariga e’tibor
qarataylik: “Assalomu alaykum, oshno-
og’aynigerchilikni yo’qotmey, shu oxirigacha billa
bo’lib, lekin besh million qarz olib ketib, yo’q bo’lib
ketganlar.” (?) Ikkinchi ishtirokchi: “Assalomu
alaykum, pulli pulga urib, ketma-ket moshinani
almashtirib, dadajonim bor bo’ling, deb, oddiy uyda
ichkuyov bo’lganlar.”(?) Ularning nazarida
tomoshabin kim? Nega uning sha’niga qarata
haqoratli qochirimlar qilishmoqda? Bu ham
yetmagandek yana bittasi: “... umuman tutundan kayf
qiladiganlar”, deb qolsa bo’ladimi?! Salomga chiqqan
so’nggi ishtirokchining gapiga qarang: “Assalomu
alaykum, aptekaga borib, aptekaga borib...”
Zalda o’tirgan tomoshabinlar asosan o’smir
yoshlardan iborat. Ular orasida tanish chehralar,
elimiz ardog’idagi san’atkorlar ham savlat to’kib
o’tiribdi.
Shu o’rinda «el nazari» haqida ikki og’iz so’z.
Bilamizki, el ardoqlagan insonini boshga ko’taradi.
Nazardan qolganlarning ahvoli esa ko’pchilikka
ma’lum. Shunday ekan, har kim ardoqqa loyiq
bo’lishga harakat qilishi kerak.
... Sahnadagi yigitlardan birining telefoni jiringlab
qoldi. U gaplashyapti. Ikkinchisi unga qarab: “Alisher,
telefon o’zidan radiatsiya chiqarib.. quloqqa zarar...”
dedi. Yigit gaplashib bo’lib telefonini shimining
cho’ntagiga solgandi, sherigi yana o’sha gapni
takrorladi. Faqat u quloqqa demadi-da, boshqa joyni
ko’rsatdi. Shu yerda biroz shoshilmaylik. Xo’sh,
qachondan buyon insonning jinsiy a’zolari kulgi
ob’yektiga aylanib qoldi?! Sahnaday mo’’tabar
dargohga elning olqishini olaman, deb chiqqan odam
gapiradigan gapining oqibatini o’ylab olmaydimi?
“Kulgi” deya turli qiliqlarni qilib, gapiraversam
odamlar kulaverarkan, deb, shu darajada besharm
yo’lga o’tildimi? Ayting-chi, bu qanday san’at o’zi?!
Bugun o’sha shamani qilayotgan beti qattiq,
sahnaning egasi yo’q ekan, deb ertaga yalang’och
chiqishdan ham toymaydi...
- Ahmad, san moshina olibsanmi?
- Ha, moshina oldim.
- Axir sani pravang yo’g’u... Qanaqa qilib
haydaysan?
- Shundoq ko’chaga chiqaman. Ko’chada boshqa
moshinalar bor. Ular menga shpargalka vazifasini
o’taydi. Shularga qarab haydovraman.
- Ja g’alati-yu, uylansang nima qilasan?(?) E’tibor
bering, gap yana ishtonbog’ga qarab ketyapti(!)
- Oka, Chilonzorga borsam, to’la shpargalka...
Darhaqiqat, kulgu ostida jamiyatdagi fosiq unsurlar
achchiq tanqid qilinadi. Tanqid san’at darajasiga,
me’yoriga yetkazilgan holdagina o’z natijasini beradi.
Ko’rinib turibdiki, keltirilgan misolda san’atkorona
mahoratdan darak yo’q. Bilganingizdek
tomoshabinlarning aksariyati yoshlar, yana
qanchadan qancha disk ko’chada qo’lma-qo’l...
Ishtirokchilarning aksar holatdagi xatti-harakati yigit
kishiga, er kishiga yot. Aksincha ularning sha’nini
yerga uradi. Erkak kishini o’ta yuvosh, yumshoq
harakatli, ayolsifat etib ko’rsatish... “Do’st kulfatda
bilinadi”, “Landovur yigitning uylanishi”, “O’ta
zamonaviy er”, o’zlari “tarixiy” deb nomlagan “Qirol
Artur” sahnasi umuman mantiqqa to’g’ri
kelmaydigan harakatlar, bachkana qiliqlardan iborat.
Bu kabi sahna ko’rinishlarida kurakda turmaydigan,
kishini nafsoniyatiga teguvchi haqoratli so’zlar,
bunga qo’shimcha harakatlar bilan to’ldirilgan.
Ayniqsa, ular “Arxeologlar” deya nom qo’ygan sahna
ko’rinishida topilgan erkak eksponatning
tasavvurdagi shaxsini, yoshini aniqlashi...
Ushbu ko’rinishda ishtirokchilarning bittasi
ikkinchisiga: “... bu bo’ydoq ekan”, deydi. Ikkinchisi
“Qayerdan bildingiz?” desa, unisi “Mana kafti
yedirilib ketipti-yu...” degan jumlani ishlatadi. Bu
gapni turli ma’noda tushunish mumkin. Biroq ular
havola etgan ma’noda qo’llayotganini ko’rsangiz,
astag’firullo deb yuborasiz.
Endi masalaga chuqurroq yondashaylik. Ommaga
mana shunday poyintar-soyintar tomoshalarni
ko’rsatgani andisha qilmagan “masxarabozlar”
kimlar o’zi? Xo’sh, ular san’atga qaysi yo’ldan kirib
kelyapti? “Gap yo’q triosi”ni ko’rsangiz bu
savollarga javob topasiz. Taniqli so’z ustasi Hojiboy
Tojiboyev aytib ketgan jumlalar va estrada
qo’shiqlari bilan qorishiq ushbu dasturda quyidagi
holatga e’tibor bering. “SHo’xidan bo’lsin” degan
allaqanday qo’shiqqa bir yigit fahshona, ayolsifat
jirkanch qiliqlar bilan raqsga tushmoqda. Qo’shiq ­
H.Tojiboyevning so’zlariga ulanadi: “Shu paytgacha
ko’rmovdim, bir ko’rvolay...”, deya ishtirokchi raqqos
yigitni yetaklab chiqib ketadi. Biroz vaqt o’tgach:
“Rosa ko’rdim. Enamniyam ko’rdim(?) dunyoniyam
ko’rdim...” deya qaytib chiqadi. Bunisi endi ortiqcha!
Bir jinsli juftlikning sahnadagi namunasi. Ayrim
ishtirokchi bolalarning labini bo’yab chiqishiga
qaraganda, bu borada «san’atkor»lar namuna
ko’rsatadi shekilli. Ha, shunday yo’l bilan ular
tomoshabinlarga «mayna» bo’lmoqda. Ayting-chi,
sog’lom aql egasi shularni kulgi san’ati, deb ayta
oladimi? Ayrim “eshikdan quvsa, teshikdan kirib
keluvchi”, o’zlarini haliyam osmondaman, deb o’ylab
yurgan “yulduz”lar shu yerda ham baqir-chaqir qilib,
o’ralashib yuribdi. Ko’r ko’rni qorong’ida topadi,
deganlari shu bo’lsa kerak-da. Bunday guruhlar
o’zlarining yengil-yelpi dasturlarini ochiq namoyish
etayotgan sahnalarda qanchadan-qancha buyuk
san’atkorlar izi qolgan. Shu muqaddas dargohni
“masskultura”ning suyuq va bemaza atalasi bilan
bulg’ashlari uchun ularga kim izn berdi?! Bu aynigan
tomoshalarning sseynariysi qaysi badiiy kengash
ko’rigidan o’tib, tasdiqlandi ekan?! Bu ham mayli,
«Istiqlol» koshonasining eshigini ularga kim ochib
berdi? Axir har bir tomoshaning qog’ozga tushirilgan
adabiy ko’rinishi bo’ladi-ku. U ma’lum bir ko’rik va
muhokamalardan so’ng ommaga namoyish etilishi
kerak emasmi?
Ajablanarlisi, el suygan, ba’zi ustoz san’atkorlarimiz
o’z safdoshlari, hatto turmush o’rtoqlari bilan ularga
jo’r bo’lib, ishshayib o’tirishibdi. Hatto ba’zilari
dastur yakunida sahnaga chiqib, parda ortida qo’lini
duoga ochib, ularga oq fotiha bergani-chi?!
... Restoran, kafe, bekatlar, dam olish maskanlari,
hatto uzoq masofaga qatnovchi transport
vositalaridagi monitorlarda ham shu “Million”
tomoshasi. Bir so’z bilan aytganda, bu tomoshada
bugun biz ko’zlagan odil maqsadlar sari olib
boruvchi yo’ldan chalg’itishga urinuvchi “ommaviy
madaniyat”ning jirkanch ko’rinishdagi unsurlarning
hidi anqib turipti. Bugungi kunda butun jahon
“ommaviy madaniyat” niqobi ostida jamiyatga suqilib
kirayotgan salbiy va millat mafkurasiga xavf
soluvchi oqibatlariga qarshi kurashilayotgani
barchamizga ayon. Shu qatori mamlakatimizda ham
ushbu holatga qarshi qat’iy choralar ko’rilib,
ziyolilarning nigohi shunga qaratilgani bejiz emas.
Jumladan, joriy yilning 16 fevralida O’zbekiston
teleradiokompaniyasining “Yoshlar” telekanali orqali
namoyish etilgan Avliyo Valentin kuniga
bag’ishlangan dasturda uning yoshlar va jamiyatga
salbiy oqibatlari, qusurli jihatlari ommaga nechog’li
ta’sir o’tkazishi ochib tashlangan edi. “Ommaviy
madaniyat”ning ashaddiy unsurlarini namoyish
etuvchi, insoniyatga xafv solayotgan tadbir haqida
ogoh etuvchi ko’rsatuv bo’lgandi. O’shanday
mentalitetimizga yot jihatlar va belgilar mazkur
“MILLION” guruhining dasturlarida ham o’z ifodasini
topgani yaqqol ko’zga tashlanib turibdi.
Ma’lumki, ustoz san’atkorlar, so’z ustalari Yusufjon
qiziq, Ergash Karimov, Hojiboy Tojiboyev singari
san’atkorlar ishlatgan jumla va iboralar xalqimiz
orasida ommalashib ketgan. Uch-to’rtta o’zbek
yig’inlarda bir-birini ko’rib qolsa, albatta o’sha
iboralarni qo’llaydi. Undan zavqlanadi. «Million»
jamoasi sahnalaridagi ayrim qusurlarga to’xtaldik
xolos. Bu mavzuda sohaga mutasaddilik qiladigan
mas’ullar ham o’z so’zlarini aytishar. Tan olish
kerak, mazkur tomosha dasturida biz boshida
keltirib o’tganimiz kabi atrofimizdagi ayrim
nuqsonlarimiz tanqid ostiga to’g’ri olingan. Masalan,
yo’qolib borayotgan odatlarimiz, shahar ichidagi
ayrim ta’mirtalab yo’llar, estradaning oldi-qochdi
qo’shiqlari haqidagi ko’rinishlarni tomosha qilsa
arziydi. Lekin ular yuqorida ta’rifi keltirilgan
kamchiliklarni oqlay olmaydi.
Haqiqiy qiziqchi va so’z ustalari o’zining fazilati,
mantiq kuchi bilan doim barchaning aqlini, fikrini
qayraydi, ularni ziyrak bo’lishga da’vat etadi. Ana
shunday san’atdan bahramand bo’lgan holda doimo
xushchaqchaq, kulib yurishga muyassar bo’laylik.
Zero, san’at, uning ixlosmandlari o’zini hurmat
qilganlarni ardoqlaydi. Manba: hurriyat.uz Haqqul
BEK Tayyorladi
Категория: Shou biznes olami | Просмотров: 1168 | | Теги: «MILLION» JAMOASINING MILLION-MILLI | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Avgust 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz