SHERLAR.BIZ Dushanba, 30.12.2024, 19:41
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 286
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 26
Mexmonlar: 26
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Iyul » 28 » Londondagi Trafalgar maydonida ulkan ko‘k xo‘roz paydo bo‘ldi
16:47
Londondagi Trafalgar maydonida ulkan ko‘k xo‘roz paydo bo‘ldi
Londondagi Trafalgar maydonining to‘rtinchi postamentida yorqin ko‘k rangli ulkan xo‘roz ko‘rinishidagi haykal rasmiy ravishda ochildi, deb yozadi ITAR-TASS agentligi.

Haykal muallifi nemis haykaltaroshi Katarina Frichdir. Uning ushbu ijod mahsuli Londonda "o‘ziga xos uy xo‘rozi” deya ta’riflandi.

Ochilish marosimiga minglab tomoshabinlar qatorida London meri Boris Jonson va muallifning o‘zi ham kelishdi. Taqdimotda oddiygina "Xo‘roz” deb nomlangan bu haykalga "yangilanish va kuch-qudrat ramzi” deya izoh berildi. Parranda-haykal balandligi 4,72 metr. Bundan avval aynan shu joyda 4,1 metr balandlikdagi arg‘imchoq otda o‘tirgan bolaning bronza haykali bor edi.

Nelson sharafiga o‘rnatilgan haykaldan tashqari, Trafalgar maydonida 4 ta postament mavjud. Ularning uchtasida klassik haykallar: Georg IV va ikki sarkarda — general Charlz Napyer hamda Genri Xeyvlok haykallari qad ko‘tarib turibdi. To‘rtinchi postament esa 1841-yildayoq qo‘yilgan, lekin, mablag‘ yetishmovchiligi tufayli qariyb 150 yil mobaynida bo‘sh turgan. 1999-yildan buyon unga bir-birini almashtirgan holda zamonaviy haykaltaroshlarning ishlari joylashtirib borilgan.

Shuningdek, xabar berilishicha, Fransiyaning an’anaviy ramzi hisoblangan xo‘roz London markaziy maydonida paydo bo‘lgach, mahalliy faollar guruhlaridan biri uni buzib tashlamoqchi bo‘lgan.
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 827 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyul 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz