Главная » 2013»Iyul»20 » Kompyuter sotib olishda nimalarga e’tibor berish kerak?
14:07
Kompyuter sotib olishda nimalarga e’tibor berish kerak?
XXI asrda yashar ekanmiz hayotimizni kompyutersiz tasavvur qila olmaymiz. Bugungi kunda u insonlarning eng yaxshi ko’makchisiga aylanib qolgan. Qo’shiq tinglamoqchi bo’lsak ham, kino ko’rmoqchi bo’lsak ham yoki shunchaki internetdan yangiliklarni olishni istasak ko’pincha kompyuterdan foydalanamiz. Jahonda yirik tashkilotlar butunlay kompyuterlashtirilib ko’pgina ishlar kompyuter yordamida qilinadi. Oxirgi yillarda esa bu yanada ommalashdi. Kompyuterlar, undan foydalanish maqsadiga ko’ra ikkiga bo’linadi. Birinchisi "shaxsiiy komyuterlari”dir. O’z nomidan uning uyga mo’ljallanganligini ko’rinib turibdi. U kundalik ehtiyojlar uchun kompyuter bajaradigan amallarni bajara oladi, turli o’yinlarni o’ynayotganda qotmaydi. Ikkinchi turi "ish kompyuterlari” bo’lib, ularning tuzilishi asosan uy komyuterlaridan ba’zi bir qismlarining mukammalligi bilan ajralib turadi. Masalan, bunday kompyuterlar ovozni qayta ishlash bilan shug’ullanadigan, og’ir programmalar bilan ishlaydigan tashkilotlarda ishlatiladi. Umuman, ular vazifasiga ko’ra farqlanadi, ya’ni bir-birining amallarini batamom bajara olmasligi mumkin. Shunga qarab ularning qurilmalari kuchi, har xil bo’ladi. Sizda agar ish kompyuteri uy kompyuteridan kuchliroq bo’lsa, nimaga uni sotib olgan ma’qul emas degan savol tug’ilishi mumkin. Gap shundaki, har bir kompyuter maqsadiga qarab teriladi. Kuchli ish kompyuterini terdirsangiz-u, sizga kerakli bo’lgan amallarni oddiy uy kompyuteri bajara olsa sizga bundan nima foyda? Ortiqcha pul sarflaganingiz qoladi xolos. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, siz kompyuterni sotib olayotganingizda eng avvalo, uni qay maqsadda olayotganingizni hisobga olishingiz kerak. Quyidagi maslahatimiz orqali kompyuter sotib olishda nimalarga ahamiyat berish kerakligini bilib olishingiz mumkin:
1 Mother board Ruschada "Материнская плата” deb nomlanadi.
Aynan shu asosga kompyuterning boshqa ichki qurilmalari qotiriladi. Uning qancha kuchligini va yangi rusumdagisini olsangiz sizga shuncha foyda. Chunki kompyuter texnologiyalari tez tez yangilanib turadi. Yangi chiqqan qurilma esa sizni asosingizga to’g’ri kelmasligi mumkin. Shuning uchun u qancha kuchli va rusumi yangi bo’lsa, undagi qurilmalarni ham keyinchalik kuchliroqlariga almashtirsangiz bo’ladi.
2 Processor. Protsessor - ko’chma ma’noda kompyuterning yuragi bo’lib, uning kuchini belgilab beradi. Pentium 3 yoki pentium 4 bo’lishi mumkin. U qanchalar kuchli bo’lsa, kompyuterning kuchli programmalarni bajarishi shunchalik oson bo’ladi.
3 Video Card. Inglizchadan tarjima qiladigan bo’lsak video karta kompyuterning grafikasiga javob beradi. Ya’ni videoning sifati, kompyuter o’yinlarini sifatini yaxshilab beradi. Uning qanchalik yuqori bo’lishi kompyuter o’yinlarini shunchalik yengil ko’tarishiga sabab bo’ladi. Misol tariqasida siz komyuteringizda "Need for speed” o’yinini o’ynamoqchisiz, lekin sizning video kartangiz bu o’yin talab qiladigan darajada bo’lmasa, u sizda yaxshi ishlamaydi.
4 HDD. yoki Vinchester. Lug’aviy tarjimasi "qattiq disk”. Bu kompyuter ma’lumotlar ombori hisoblanadi. Oddiy qilib aytganda, sizning CD diskda ma’lumotni qanday saqlasangiz shunga o’xshab u ham kompyuterga yuklagan ma’lumotlaringizni o’zida saqlaydi. U qanchalik katta bo’lsa siz kompyuterda shunchalik ko’p ma’lumot saqlashingiz mumkin. HDD 260 GB (gigabayt) dan - 1 TB (terrabayt)gacha kattalikda bo’ladi.
5 DDR operativ xotira. Bu 512 mb, 1G yoki 2G ba’zan esa undan katta bo’lishi mumkin. Uning qanchalik katta bo’lishi kompyuter fikrlash tezligini oshirib beradi. Misol uchun 512mbli DDR biror bir dasturni 10 soniyada ochsa, 1Gli DDR uni 5 soniyada ochishi mumkin. Bu o’yinlarga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. O’yin disklarini orqa tarafiga uning talablari yozib qo’yiladi, agar unda DDR 1G bo’lishi kerak deb yozilgan bo’lsa-yu sizda 512mb bo’lsa, bu o’yinni kompyuteringizda o’ynay olmaysiz. Sababi u sizda qotadi yoki umuman ishlamaydi.
6 Cooller. Ya'ni sovutgich. Bu judayam oddiy qurilma bo’lib bir qaraganda kompyuterning kuchiga ta’sir qilmaydigandek, aslida esa unday emas. Uning vazifasi kompyuterni qaysi qurilmasida joylashgan bo’lsa uni sovutib turishdan iborat. U har qanday holda qo’yiladi, aks holda kompyuter qismlari qizib uning yomon ishlashiga yoki umuman qizib kuyib qolishiga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun ularning kuchlisini olish kerak. Shunda ular yaxshiroq sovutib kompyuter qurilmalarini yaxshi ishlashiga xizmat qiladi. Ayniqsa protsessor ustiga qo’yiladiganiga ahamiyat bering, agar u yaxshi ishlamasa protsessor qizib kompyuter o’chib qoladi va ishlamaydi.
Kompyuterning boshqa qurilmalari ham bor. Lekin ularning ahamiyati bularga qaraganda yuqori emas. Ularni qo’rqmasdan didingizga qarab olsangiz bo’ladi. Yana bir narsani ta’kidlash lozim; bu qurilmalarni turli korxonalar ishlab chiqaradi va uning sifatiga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bunga ham ahamiyat bering.
Monitorning ham turli kattalikda va qalinliklardagisi chiqqan. Ular ichidan LCD, LED monitorlarni olganingiz maqsadga muvofiq, sababi ularning ko’zga ziyoni oddiy monitorlarga nisbatan kamroq.
Yuqoridagi maslahatlarimiz kompyuter sotib olayotganingizda sizga asqotadi degan umiddamiz.