Uch kunlikdan so’ng katta qaynog’asi ko’ch-ko’roni, jami olti jondan iborat oilasini olib o’zlariga atab solingan uyga ko’chib o’tishdi. Ketish oldidan obsini "Qaynona-qaynotamni sizga topshirdim, ularni extiyot qiling! Qaynog’am bilan ovsiningizni fe’li torroq” dedi Mana shu voqeaga ham bu yil roppa-rosa o’n yil bo’ldi. Shu o’n yil ichida kenja kelinga qaynog’a va ovsin bilan til topishish g’yat og’ir kechdi. Yaxshiyam, yonida chol bilan kampir bor … ular "Chidang”- dedi, chidadi "Sabr qiling ”, dedi sabr qildi… Esida… Kelinligining to’rtinchi kuni edi. Ovsini tushmagur erta tongdayoq qaynonasiga qarab "Sevimli keliningiz hali ham uxlab yotibdimi? Uyg’oting! Erkalik evi bilanda”, dedi shang’ilab -Qoqindiq, u saxarmardondayoq turgan.Xovlini supurib-sidirb,sigirni sog’ib, xozirgina xonasiga kirib ketdi. Hali chimildiqda bo’lsa Qo’ying, Kelinlik xam… -Voy voy, nima bo’pti? Kelinlik gashtini surish qochib ketmas? Xizmat qilsin! Endi uni navbati. Men charchadim. Tomonini olib taltaytirmang xonning qizi bo’lsa xam!- dedi atayin yangi kelinga eshittirib. Bu so’zlar uning qulog’ida hanuz sado berardi. Bazan nafrati qo’zg’asa xam o’sha kunlari bosiqlik qilganiga uchun o’z-o’ziga tasannolar aytardi Shu kunlarda ovsinining jazavasi avjiga chiqqan. Uning eri bir necha yillardan buyon Rossiyaning qaysidir bir burchagida mardikor bo’lib ishlaruyiga pul yuborish uyoqda tursin xatto telefon qilib xol-ahvol so’ramasdi. Xozir ovsiniga bir so’z ozu, ikkinchisiortiqchalik qilardi. Shu sababdan qaynona va qaynota ko’ngil ovlash bilan ovora Buni kenja kelin xis etdi.. Kelinlik ochilmagan sirli sohaga o’xshaydi. Uni kashf etish oson emas. Bunga o’quv, tajriba, o’ziga xos ilm, usul kerak. Qaynota qaynona qaynog’a qaynsingil ovsin… ularni fe’l atvori… o’shanga loyiq muomila... buning ustiga kundalik yumushlar… katta kichik tashvishlar.. Ehhe sanabadog’iga yetolmaysan. Bularni jamlasak yig’indisi "Oila” bo’ladi. Oila esa "Xayot maktabi”dir. Bu maktabda taxsil olish oson emas. Buni faqat boshidan o’tkazganlargina biladi. Arzimagan bir so’z bilan ro’zg’ori ostin-ustun bo’lganlar qanchayu… Xar bir oilaning bir biridan farq qiladigan muxiti, siri bo’ladi. Ovsini shaxarda "dom”da katta bo’lgan. Shuni ta’sirimi, qishloq udumlariga ko’nika olmaydi. Shaxarni qumsaydi. Jizzaki.. Odamovi.. negadir kenja kelinni ko’rsa achchiq gap bilan uzib olgisi kelardi. Sigir mo’lasa xam "qarang molingiz bo’kiryapti o’t soling!”-deydi g’ashi kelib, sigir faqat kenja kelinnikiday. Bir kuni andishasizlarcha "Sizdan tappini xidi keladi”,-desa, ikkinchi kuni "Muncha ro’dapo bo’lmasangiz, lapang tovuqqa o’xshab”,- deydi tirnoq orasidan kir qidirib. Ataylab o’tirsa "o’poq” tursa "so’poq” qiladi. Janjal chiqarishga baxona izlaydi. Maqsadiga erisholmay xunob bo’ladi. Kenja kelin miq etmaydi. Axir, qaynona-qaynotasi "chidang”, "sabr qiling”-deganda Chidadi, sabr qildi oqibat o’sha kunlar suvdek o’tdi ketdi. Nixoyat, kunlarning birida o’rtancha qaynog’asi so’ppayib kirib keldi. "Shunisiga shukur, Shodivoy soppa-sog’ keldi-yu, tobuti kelganlar qancha” degandi qaynotasi oila a’zolariga tasalli berib. Shaxarda ish vaqti soat bilan o’lchanadi. Qishloqda esa quyosh chiqishi- kun botish. Xatto kechalari xam tinib bilmaydi. Shodivoy esa tuni bilan televizorning tagida… Kunduzi chorgohga qadar uxlaydi. So’ngra choyxonada… Shomga yaqin chayqalib chayqalib kirib keladi. Kamchiligini aytishsa, tan olmaydi,nasixatga quloq solmaydi. Aksincha , "Men nima qildim?”, "Nima uchun?”, "Nega?” kabi savollarni berib chol kampirni xafa qiladi. Xar kuni axvol shu. Xotinining toqati toq bo’ldi. Chol-kampirniing xasrati yanada oshdi. "Avval qanday bo’lsa hozir undan ham battar. Sanqib-sanqib nimaga erishdi, bu xumpar?! Ro’zg’orni, bola-chaqani o’ylamasa? Ex attang, ayb o’zimda!”- derdi qaynotasi darg’azab bo’lib bazan Tanbaler bilan yashash ovsinga xam qiyin. Nima qilish kerak! Tasodifan dasturxon atrofida bo’lgan bir suxbat yodiga tushdi. -Xovli –joy kenjaniki. Ovsiningizni yangi tomorqaga chiqaramizda,-degan edi qaynotasi. -Shoshilmang, daydi o’g’lingiz kelsin,-degandi zaharxanda ovozda ovsini xam. O’shanda oraga qandaydir sovuq jimlik cho’kkandi. Bu sovuqlik kundan kunga muzga aylanib bormoqda. Oldini olish kerak. Bo’lmasa… Mana, kenja kelinning ko’nglidan o’tgan, ich-ichidan xis qilgan xodisa ayni bahor kunlaridan birida sodir bo’ldi O’sha kuni havo tund. Shitir- shitir yo’mg’ir yog’ardi. Qaynog’asining qo’shni mahalladagi to’ydan ulfatlari arang olib keldi. Shimining poychalari loy og’zidan bodi kirib shodi chiqardi… Ana tomoshayu mana tomosha… Qani endi tinchitib bo’lsa? Kechasi bilan er-xotin baqir –chaqir qilib chiqishdi. Ovsini bechora shartta ketib yuboray desa, ikkita bolasi bilan kimnikiga sig’adi? Ota-onasi o’tib ketgan. Aka-ukalari o’z xoliga… Nailoj fuqorolar yig’iniga arz qildi. Fuqorolar yig’ini xodimlaridan uch kishi soat o’n birlarda kirib kelishdi. Xaqiqiy tomosha ana o’shanda boshlandi. Kayfi tarqagan Shodivoy o’ziga kelgandi. Xech narsa bo’lmaganday bosiq.. sipo… Xuddi rol ijro etayotgan aktyorga o’xshardi. Kelganlarni yaltoqlanib kutib oldi. Dasturxon yozildi bir payola choydan so’ng muddaoga o’tildi -Xo’sh, Shodivoy, nima gap? Xammani bezovta qilibsiz?- dedi fuqorolar yig’inining raisi. -Ha endi… arzimagan oilaviy mojaro. -Ichib, oilani notinch qilish xam arzimagan narsami?rossiyada ishlab pulingiz ko’payib qolibdi-da, a? – dedi kesatib. Garchi o’zini xotirjam tutishga harakat qilsada Shodivoyning kipriklari pirpiradi, yuzlari qizardi, lekin sir boy bermadi. Go’yo xijolat bo’lgan odamday o’zini tutib,- ke-e-chirasizlar, qayta takrorlanmaydi,- dedi. -Xar safargi vada bu. Piyonistaning o’zi nima-yu, so’zlarida tuturiq bo’larmidi?-dedi alamzada xotini gapga aralashib. Nima bo’lsa xam erkak kishi-da. Shodivoyni dami ichiga tushib, boshi egildi. Egilgan boshni qilich kesmaydi… Pand-nasixat qilindi. Kimlarnidir ibrat qilib ko’rsatildi. Shodivoy ham tavba ustiga tavba qildi. Oxiri qasam ma’nosida: -Bo’ldi! Bu oxirgisi! Yana ichsam… -Erkakcha so’zmi?- ta’kidladi rais. -Xa!!! -Yaxshi! Unda kelishdik! Fuqorolar kengashining xodimlari Shodivoyning ahdiga shubxa qilsa ham "Har qalay insofga keldi-ku”,-deb ketishdi Oradan xafta o’tdi. O’rgangan ko’ngil yana o’rtandi… Bukrini go’r o’nglaydi. Shodivoyning go’rda ham o’nglanmasligiga ishonch xosil qilgan ota qat’iy qarorga keldi. Tong’ich o’g’il va kelinini chaqirdi. Oilaviy kengashda masalani ko’ndalang qo’ydi. -Shodivoy tomorqaga ko’chasan! Xammamiz yordam qilamiz. Kuzgacha imoratni tiklab beramiz. -Men xech qayerga jilmayman! Chiqsa ana Ali chiqsin!- dedi Shodivoy ukasini ko’rsatib. -Nega endi? -Ikkita bolam bor… Ukamning yuki yengil. -Bahonani qo’y, o’g’lim! O’zing yaxshi bilasan… Biz sen yasholmaymiz … -Xoxlasalaring shu!... -Shundaymi?! -Shunday! Shodivoyning asl basharasi namoyon bo’lgandi. U darbadarlikda yurib, "insof”, "mexr” degan tuyg’ularni unutgandi. -Unday bo’lsa, -dedi ota portlashga tayyor turgan minaga o’xshab jaxlini jilovlab, - onang va men sendan kechib… ukang bilan ketamiz!!! -Ixtiyoringiz,- dedi quyushqondan chiqqan shodivoy surbetlarcha. -Bo’ldi, bo’ldi! Gap tamom!!! Hafsalasi pir bo’lgan otaning qalb tubida po’rtanaga aylangan o’kinchli ko’zlaridan tomchiladi… Ertasiga ko’chish boshlandi. Ko’ch-ko’ron prichepga yuklandi. Navbat so’riga kelganda: -Tegmanglar, so’ri tugul bu yerdan bitta cho’p ham olib ketmaysizlar,-dedi Shodivoy muttaxamlik bilan. Xamma hangu-mang.. Shu vaqt jimlikni buzib, -Mayli, tegmanglar! –dedi kenja kelin (sabrning ham chegarasi bor-da) U qaynog’asiga nafrat bilan qarab , so’zida davom etdi. – bitta so’ri nima bo’libdi? Men bu xonadondan sen uchun aziz bo’lgan va bir umr armon bo’lib qoladigan eng katta boylikni qaynona-qaynotamni olib ketayapman. Menga shu yetadi… Bo’lib o’tgan voqeadan so’ng qarg’ish tekkan eski hovlida kunora g’alva… Ulfatlari tugul , qarindoshlar ham qadam bosmay qo’ydi. Yangi hovlida esa ko’chatlar shig’il mevaga kirdi. Ro’zg’orda qut-baraka !