SHERLAR.BIZ Juma, 27.12.2024, 00:09
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 6
Mexmonlar: 6
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Avgust » 21 » Hayratomuz Faktlar (2-Qism)
03:51
Hayratomuz Faktlar (2-Qism)
Bir necha asrlar mobaynida Britaniyatog‘-kon qonunchiligida shaxtalarda
gazni aniqlash uchun kanareykalar ushlab turish shartli ravishda
qo‘llanilgan. Konchilar ushbu jonivorlardan 1986 yilgacha foydalanganlar.
1995 yilgacha esa mazkur usul qonun doirasida havfsizlik chorasi sifatida
qoldirilgan.
Bu talabning mohiyati shundaki, hidsizzaharli gazlar konchilarning hayotiga
havf solguncha qadar, kanareykalar zaharlanib o‘lar edi. Ular tinimsiz
sayroqi bo‘lgani uchun,ishchilar qushlar jimib qolganidan ushbu yerda
zaharli gaz borligini darhol sezganlar.
Eng uzun nomga ega poytaxt
Faqat xorijliklargina Tailand poytaxtini Bangkok deb atashadi. Bangkok
shahrining tai tilidagi to‘liq rasmiy nomi quyidagicha: Krungtep Maxanakon
Amorn Rattanakosin Maxintara Yudtaya Maxadilok Pop Noparat Ratchatani
Burirom Udomratchneves Maxasatarn Amorn Pimarn Avaltarnsatit
Sakatattiya Visanukram Prasit. Tay tilida u 152ta harfdan iborat bitta so‘z
bilan ifodalanadi.
Bu nomni «Farishtalar shahri, samoviy marvaridlarning buyuk xazinasi,
ulug‘ va pokiza yer, qirolliklar ichida asosiy va tengsiz, shohona va
mo‘’jizakor poytaxt, to‘qqizta javohirga ega, jannatmonand maskanlarni
eslatuvchi baland qirollik saroylaridan iborat, ilohiy go‘sha va qayta tirilgan
jonlar makoni».
Enaga ilonlar
Enagalar xizmatidan faqat odamlar emas, masalan boyo‘g‘li qushi ham
foydalanishini bilasizmi? Shimoliy Amerikada yashovchi boyo‘g‘lilar enaga
sifatida kichik og‘izli ilonlardan foydalanadilar. Bu ilonlar o‘ta kichik bo‘lib,
odatda yer ostida yashaydilar. Boyo‘g‘lilar ularni ohista yerdan kovlab olib,
inlariga olib boradilar va qo‘ng‘iz va boshqa hashorot lichinkalari bilan
boqadilar. Ilonchalar o‘z navbatida minnatdorchilik izhor qilib, qushlarning
inini boshqa yirtqichlardan himoya qiladilar. Jajji bo‘lgani bilan ilon baribir
ilon-da!i.
Nozikta’b Qirol
LyudovikQirol – Quyosh nomi bilan mashhur fransuz shohi Lyudovik XIV
o‘ta ta’sirchan odam bo‘lganini bilasizmi? U tabiatni juda sevgan, Versalda
hatto uning tomorqasi bo‘lib, ba’zida shoh u yerda ertadan kechgacha
mehnat qilgan.
Biroq, Qirol so‘lib borayotgan atirgullarni yoqtirmagan. Monarxning ko‘ngli
buzilmasligi uchun, Versal qarorgohi bog‘bonlari kechalari bog‘ni so‘lib
borayotgan gullardan tozalab chiqishgan.
Ertalab tabiat go‘zalligidan bahra olishni yaxshi ko‘rgan Lyudovik nigohiga
so‘lib qolgan gul tashlanmasligi uchun, bog‘bonlar 1738 gektardan iborat
bog‘ni doimo yaxshi holatda ushlab turishga majbur bo‘lganlar.
Gladiatorlar
Qadimgi Rim aholisi yoki imperatorlar gladiatorlarni o‘limga hukm qiluvchi
«barmoqni pastga burish» ishorasini mutloq ishlatmaganini bilasizmi?
Rimliklar umuman «barmoqni pastga burish»ni qo‘llamaganlar. Bordiyu,
gladiatorning o‘lishi lozim bo‘lsa, tomoshabinlar bosh barmog‘ini yuqoriga
ko‘targanlar. Bu ishora «yalang‘ochlangan qilich» ramzini anglatgan. Agar,
gladiatorga yashash ijozati berilganda, odamlar bosh barmog‘ini kaft ichiga
olishgan, ya’ni musht holatini ko‘rsatishgan. Bu «qilich qin ichida» degan
ma’noni anglatgan.
Hozirgi odamlarning gladiatorlar taqdiri borasida yanglish tasavvurga ega
bo‘lishiga XIX asrda yashab ijod etgan fransuz rassomi Leon Jeromning
«Pollice verso» kartinasi sabab bo‘lgan. Suratda tasvirlangan rimlik
gladiator o‘lim jazosini kutib turgani tasvirlangan. Tarixchilar yalpi ovoz
bilan rassom lotinchadagi «police verso» so‘zlarini «pastga qaratilgan
barmoq» tarjimasida tushunganini ta’kidlaydilar. Aslida ushbu ibora
«yuqoriga qaratilgan barmoq» ma’nosini anglatadi.
Egasini boyitgan kabutarlar
“Kim ma’lumotga ega bo‘lsa, o‘sha olamga hukmdorlik qiladi” degan
mashhur ibora muallifi Rotshildlar oilasi ekanini bilasizmi?
Bu voqea 1815 yilda, Napoleonnning “yuz kunlik” zafarli yurishi vaqtida yuz
bergan. Jamg‘arma birjalari Vaterloodagi hal qiluvchi janglar natijasini
kutardi. Aka-uka Rotshildlar esa, Natan – Londonda, Yakob – Parijda o‘z
kaptarxonalarini kengaytirganicha, jangni kuzatishdi.
Jang boshida g‘alaba mutlaq Napoleon armiyasi tomonida edi, bu haqda
londonliklar xabar topadilar. Ammo “kuzatuvchilar” Vellington armiyasiga
Blyuxerning madadga kelishini kutishdi. Napoleon mag‘lub bo‘ldi.
Rotshildlarning maktubli kaptarlari zudlik bilan yo‘lga tushdi. Xabarni olgan
Natan tongda o‘zining barcha aksiyalarini sotib yubordi. Yakob ham Parijda
shunday yo‘l tutdi. Birjalarda tahlika ko‘tarildi: yangiliklardan birinchilardan
bo‘lib xabar topuvchi Rotshildlar qimmatbaho qog‘ozlarini sotib
yuborishmoqda! Mamlakatdagi badavlat kishilar o‘z aksiyalarini sota
boshladilar.
Ana shu taxlitda ingliz, avstriya, pruss qimmatli qog‘ozlari qadrsizlanadi. Bu
paytda Rotshildlarning ayg‘oqchilari aksiyalarni arzimagan narxda sotib
olishni yo‘lga qo‘yadilar. Ikki kundan keyingina Napoleonning mag‘lub
bo‘lgani ayon bo‘ldi. Odamlar esankirab qolishadi.
Hiylakor Rotshildlar bir kunda 40 million funt sterling ishlab, Britaniya
iqtisodining ulkan qismini qo‘lga kiritganlar.
Категория: Qiziqarli malumotlar | Просмотров: 1009 | | Теги: Hayratomuz Faktlar (2-Qism) | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Avgust 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz