Статистика |
Hozirda saytda: 2 Mexmonlar: 2 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Iyul » 21 » Eyfel minorasi bo‘ylab onlayn sayohat
23:36 Eyfel minorasi bo‘ylab onlayn sayohat |
Bugun internet tarmog‘ining cheksiz imkoniyatlarini hali tasavvur etib ulgurmasimizdan, uning yangidan-yangi qirralari paydo bo‘lmoqda. Endilikda Parijga sayohat qilish va aynan o‘sha mashhur Eyfel minorasini tomosha qilish ko‘pchilik uchun orzuligicha qolib ketmaydi. Hech bo‘lmaganda onlayn tarzda sayohat qilish ham kishiga zavq bag‘ishlamay qolmaydi.
Google France kompaniyasi mashhur Eyfel minorasi bo‘ylab raqamli ekskursiya dasturini internet tarmog‘i uchun ishlab chiqdi, deya xabar beradi euromag.ru. Endilikda onlayn-sayyohlar Fransiyaga bormasdan turib, Parijning umumiy ko‘rinishi va Eyfel minorasining asosiy qavatlarini balandlikdan tomosha qilishlari mumkin.
"Temir xonim” deya ta’riflanuvchi minoraning qavatlaridan suratga olingan Parijning aylana ko‘rinishi Google xaritaning Street View ko‘chalarni ko‘rish xizmatida paydo bo‘ldi. Bunda ekskursiya dasturchilari shunday suratni yaratishdiki, bu orqali ma’lumotni 360 gradusda olish mumkin. Ya’ni virtual sayyoh joyidan jilmagan holda minoraning yon-atrof ko‘rinishini ikkinchi qavat balandligida ko‘rish imkoniga ega.
Ekskursiya vaqtida sayyohlar ushbu qadimgi inshootning tarixi, uning ilk tomoshabinlari haqida bilib olishlari va turli mavzulardagi o‘yma naqshlarni ko‘rishlari mumkin. Elektron ekskursovod esa minora muhandisi Gyustav Eyfel ovozida so‘zlaydi.
Ha, tinib-tinchimagan odamlar, nimalarni o‘ylab topishmaydi-ya…
|
Категория: Dunyo xabarlari |
Просмотров: 828 |
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|