SHERLAR.BIZ Juma, 27.12.2024, 00:58
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 4
Mexmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Avgust » 7 » Eng Ovsar Talonchilar
13:20
Eng Ovsar Talonchilar
Biror jinoyatni ko‘zlagan shaxs, albatta, qo‘lga
tushmaslik yoki jazodan qutulib qolish choralarini
ham o‘ylaydi. Lekin ular orasida ovsarlari ham
bo‘lishini ko‘pchilik bilmasa kerak. AQShda sodir
etilgan ana shunday qiziq jinoiy holatlar bilan bog‘liq
voqealardan ayrimlarini “byaki.net” saytida
keltirishibdi.
1995 yilda Kaliforniyada bir uy talonchisini o‘ta
g‘ayritabiiy sabab bilan qo‘lga olishga muvaffaq
bo‘lishgan. Anchadan beri tutqich bermay kelayotgan
bu usta jinoyatchi navbatdagi uyga derazadan
kirayotib, oynani va romni sindirib qo‘ygan. Shunda
vijdoni qiynalganidan, talonchilik uchun uyga
kirmasdan, derazani ta’mirlatish uchun tokchada 50
dollar pul qo‘yib ketgan. Buyam yetmaganday, xat
qoldirgan: «Agar pul ta’mirga yetmay qolsa, meni
mana shu paytda falon joydan topishingiz mumkin».
Voqea qanday davom etganini o‘zingiz bilsangiz
kerak…
Agar uyga yetib olishga pulingiz bo‘lmasa nima
qilasiz? Nyu-Jersi shtatidagi bir kishi buning uchun
avtobusni olib qochgan. Tag‘in u avtobusni o‘sha
belgilangan yo‘nalish bo‘ylab haydagan, barcha
bekatlarda to‘xtab o‘tgan. Yo‘lovchilardan olgan
yo‘lkira haqlariga xiyonat qilmay, pullarini avtobus
kassasiga qo‘ygan. Uyiga yetib olgach avtobusdan
tushib, kirib ketganligi sababli, uni topish qiyin
bo‘lmagan.
Tungi bardan og‘ir bir musiqa avtomatini o‘marib
chiqqan ikki o‘spirin, «o‘lja»ni mashinalariga ortishga
sal qiynalishgan. Shunda ulardan biri yonlaridan o‘tib
ketayotgan bir avtomobilni to‘xtatib, haydovchidan
yordam so‘ragan. Buni qarangki, u to‘xtatgan
mashina politsiya avtomobili ekan!..
Yana bir talonchi mashina bilan kelib, yoqilg‘i quyish
shoxobchasini talagan, ammo avtomobilining bakini
to‘ldirmagan. Natijada shoxobchadan ko‘pam
uzoqlashmay, avtomobilining yoqilg‘isi tugab, o‘chib
qolgan. Politsiya uni topishga hecham qiynalmagan.
Eng g‘alati talonchilardan biri – Shon Uilou kichik
shaharchadan Nyu-Yorkka kelib, kvartiralarni
to‘nashga ahd qildi. Ammo katta shahardagi
binolardagi kvartiralar ham ko‘p xonali, buning ustiga
katta va murakkab tuzilishga ega ekanligini u
hisobga olmagan ekan. Signalizatsiyani o‘chirib,
«ish»ini tugatgach, u kvartiradan chiqish yo‘lini
topolmay adashib qoldi. Aytish kerakki, uni qo‘lga
olishga kelgan politsiyachilar ham uydan chiqib
ketishga sal qiynalishgan.
Muallif: Hamidbek Yusupov
Категория: Qiziqarli malumotlar | Просмотров: 1282 | | Теги: Eng Ovsar Talonchilar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Avgust 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz