SHERLAR.BIZ Shanba, 21.12.2024, 17:50
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 36
Mexmonlar: 36
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Iyul » 21 » Dunyo iqtisodiyoti inqirozga yuz tutish arafasida
23:32
Dunyo iqtisodiyoti inqirozga yuz tutish arafasida
Xalqaro valyuta fondi (XVF) shu yil hisobidan uchinchi marotaba dunyo iqtisodiy taraqqiyoti bo‘yicha bashorati ko‘rsatkichlarini pasaytirdi. Bunga bozor rivojlanishining susayishi va yevrohududdagi cho‘zilib ketgan tanazzul sabab bo‘ldi.

CNN Money xabar berishicha, o‘zining yangilangan Dunyo Iqtisodiyoti Istiqbollarida XVF dunyo miqyosidagi ishlab chiqarishning 2013-yilda bor-yo‘g‘i 3,1% ga o‘sishini aytdi. Yanvarda bu ko‘rsatkichni 3,5%, aprelda 3,3% qilib belgilagan edi.

Bunday qayta baholash global iqtisodiyotning so‘nggi ikki yilda susayganini bildiradi. Biroq XVF 2014-yilda rivojlanishning 3,8% ga o‘sishini bashorat qilmoqda.

Aprel oyidagi global hisobotidan beri, XVF 2013-yilning o‘sish bashoratlarini AQSh uchun 1,7% ga, Xitoy uchun 7,8% ga tushirdi. Endilikda u o‘zining eng davomiy tanazzuliga "o‘ralib” qolgan yevrohudud iqtisodiyoti apreldagi ko‘rsatkichning teng yarmiga (0,3%) qisqarishini kutmoqda.

So‘nggi olingan ma’lumotlar Xitoyning yirik sanoat sektoridagi sekinlashuvni ko‘rsatmoqda. Buning natijasi allaqachon Braziliya va Janubiy Afrika kabi davlatlar bozorida sezilmoqda. Shu sababli XVF Braziliya iqtisodiyoti bo‘yicha taxminiy ko‘rsatkichni 3% dan 2,5% ga, Janubiy Afrika ko‘rsatkichini esa 2,8% dan 2% ga tushirdi.

Aksincha, Yaponiyaning avval bashorat qilingan 1,6 foizlik o‘sishi 2% deb o‘zgartirildi. Bunga sabab abenomika siyosatining (Yaponiya bosh vaziri Shinzo Abe tomonidan o‘tkazilayotgan iqtisodiy siyosat) muvaffaqiyatidir. Bundan tashqari, Buyuk Britaniya va Kanada ko‘rsatkichlari ham tegishli ravishda 0,3% va 0,2% ga oshirildi.
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 878 | | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyul 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz