SHERLAR.BIZ Yakshanba, 15.09.2019, 15:52
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 264
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 6
Mexmonlar: 6
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Iyul » 15 » Chorrahadagi «ahmoq» odam
04:29
Chorrahadagi «ahmoq» odam
Avvaliga qattiq qo‘rqib ketdim. Keyin o‘z tanimni o‘zim his qilmay turib qoldim.
Churr!!! Hushtak yana qattiq chirillaganida hushimga kelib atrofga alangladim. Tevaragimda mashinalar "shuv-shuv” o‘tar, haydovchilar menga norozi baqrayardilar.
Churrr!
Endi hushtak chalayotgan kishini ko‘rdim. U yo‘l chetida turar, qo‘liga qizil latta bog‘lab olgan havaskor drujinachi ekan. Menga shaxt bilan "qayt, qayt” ishorasini qilardi. Noiloj yo‘l o‘rtasidan izimga qaytdim.
– Joningizdan umidingiz bormi? – qulog‘im ostiga kelib shang‘illadi u. – Nevchun yo‘l berk vaqtida kesasiz ko‘chani?!
Kun ancha salqin bo‘lishiga qaramay uning manglayida reza-reza ter, ertalabdan baqirsa kerak, ovozi bo‘g‘ilayozgan edi.
U javob kutmay tag‘in bir to‘da e’tirozlarini bidirlab tashladi. Chamasi mening javobim yoki o‘zimni qanday oqlashim uning uchun ahamiyatsiz edi. Uning uchun o‘zi va qilayotgan ishi muhim edi. Men esa o‘ng‘aysizlanib boshqa yoqqa qaradim.
– Siz, siz ne yoqqa borasiz?! – xirilladi endi o‘sha ovoz allaqachon ancha uzoqda.
Qaradim. Semizlikdan pishillab zo‘rg‘a yurib kelayotgan xotinni drujinachi qorniga deyarlik turtib to‘xtatdi.
– Qarang! Siz uchun yo‘l yopiq-ku!
Xotin unga hech narsa demadi, orqasiga ham qaytmadi. O‘sha drujinachi sabab yashil chiroq yonishini majbur kutayotgan yo‘lovchilar yigitning nega buncha yonib kuyayotganligini tushunmay, ba’zilari esa asabiylashib kiftlarini qisib qo‘yishardi.
Chur! Churr!
Endi drujinachi yo‘lning nariyog‘idagi o‘tish qoidasini buzayotganlar tomonga ola tayog‘ini vajohat bilan silkitib yugura ketdi.
– Qayting, qayting, qayting axir orqaga!
Shunda yonimda turgan yo‘lovchilarning biri to‘ng‘illadi.
– Kallasi joyida emasga o‘xshaydi bu bechoraning!
– Ahmoq! – dedi boyagi semiz, yuzi rapidaday xotin. U ham yashil chiroq yonishini kutayotganlar safiga qo‘shilgan edi. – Qip-qizil ahmoq!
Yonimizda turganlardan biri yashil chiroq yonishini kutishga sabri chidamay yo‘lni kesib o‘ta boshlagan edi, "Ahmoq” biz tomonga yugurdi. Churrr!!!
– To‘xtang, qayting!
Mashinalar shovqini uning ovozini ko‘mib ketdi. Shu payt qaysidir mashina qattiq tormoz berdi: "g‘iyyqqq!!!” "Ahmoq” chap beraman degan edi boshidagi
do‘ppisi uchib ketdi. Tormoz bergan mashinaning shofyori – barzangi yigit tusha solib "Ahmoq”ning jag‘iga musht tushirdi:
– O‘lging keldimi?!!
"Ahmoq”ning ikki qo‘li jag‘ida, ko‘zi yonida tirjayib turgan qoidabuzarda edi. Barzangi shartta mashinasiga o‘tirdi-da, jo‘nab qoldi. "Ahmoq” esa qoidabuzarni chetga unday boshladi. U ko‘nmadi. Ikkovi, "sen ne deysan, men ne deyman” deb, yo‘l o‘rtasida tiralishib qoldilar. Ular bir-birlarini turtishar, itarishar, biri-biridan qattiqroq baqirishga harakat qilishardi. Mashinalar esa yonverlaridan "g‘ir-g‘ir” o‘tishardi. Endi qoidabuzar bilan "Ahmoq” o‘rta yo‘lda rasmanasiga tatalashardilar. Ne bo‘ldi-yu qoidabuzar "Ahmoq"ning ko‘kragidan itarib yubordi. Mashinalar ketma-ket qattiq tormoz bera boshladilar. Qoidabuzar chaqchayganicha kotib qoldi.
Mashina bosib ketgandi chorrahadagi "Ahmoq” odamni!
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 411 | | Теги: Chorrahadagi «ahmoq» odam | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Iyul 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2019Хостинг от uCoz