SHERLAR.BIZ Shanba, 20.04.2024, 13:14
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Avgust » 12 » CHEKASIZMI?!
07:14
CHEKASIZMI?!
Tamaki tarkibida turli xil kimyoviy moddalar bor. 1809-yili tamaki bargidan
nikotin moddasi ajratib olingan. Nikotin odam organzmiga ta’sir etuvchi
asosiy modda hisoblanadi. Tutab turgan sigaretning harorati 300 gradusda
bo’ladi. Tutab turgan sigaretda ajoyib kimyoviy fabrika bo’lib, o’zidan 4
mingdan ortiq turli kimyoviy birikmalarni ajratadi, shu jumladan 40 xil
kanserogen moddalar. Tamaki tutunining komponentlariga quyidagi
moddalar kiradi: uglerod dioksidi, uglerod oksidi, vodorod sianid, ammoniy,
opren, atsetaldegid, akrolein, nitrobenzol, aseton, vodorod sulfid, sinil
kislota va boshqalar.
Sigaret tutunida, shuningdek, qattiq zarrachalar, nikotin, suv va smola
moddalari bo’ladi. Tamaki smolasi tarkibida polisiklik aromatik
uglevodorodlar, shu jumladan, nitrozoaminlar, aromatik aminlar, izoprenoid,
piren, benzopiren, xrizen, antratsen, flyuoratinlar bor. Bundan tashqari
smola o’zida oddiy va murakkab fenol, kaliy, qo’rg’oshin, poloniyning
radioaktiv birikmalarini saqlaydi.
Tamakini chekadilar, hidlaydilar, chaynaydilar. Tamaki o’simligi dunyoning
120 mamlakatida ekiladi. Dunyo bo’yicha 4,7 mln. gektarda tamaki
yetishtiriladi. Agarda shu yerlarda bug’doy ekilsa qo’shimcha 20 mln. tonna
bug’doy yig’ib olish mumkin edi. Har yili 5-6 mln. tonna quritilgan tamaki
barglari tayyorlanadi.
Tamaki chekish odati hozirgi vaqtda yer shari aholisining ko’pchilik qismini
qamrab olgan. O’smir dastlab chekkanda kattalarga taqlid qilmoqchi bo’ladi.
Birinchi sigaret yoki nos chekilganda o’smir organizmida himoya
reaksiyalari vujudga keladi. Lining ko’ngli ayniydi, ko’p so’lak ajraladi, qon
tomirlari torayadi, rangi oqaradi. Ba’zida hushidan ketadi. Bir necha marta
chekkandan so’ng o’smir organizmida himoya reaksiyalari kamayib borib,
organizmi tamaki yoki nosga o’rganib qoladi. So’ng o’smirda mustahkam
shartli refleks hosil bo’ladi. O’smir 12—15 yoshda tamaki yoki nos ta’mini
tatib ko’rar ekan. Chekishning dastlabki davrida organizmda har xil sezgilar
yo’qolib boradi. Bu davrda bir kunda 10—15tagacha sigaret chekiladi.
Chekuvchilarda asta-sekin nikotin sindromi shakllanib boradi, boshqacha
aytganda organizmning nikotinni qabul qilishga o’rganib qolishi vujudga
keladi. Bu uch statiyada rivojlanadi:
1. Birinchi stadiya — bu psixik moslashish, bunda odam chekkisi kelaveradi
va borgan sari ko’proq sigaret chekadi. Bu stadiya 1—5 yil davom etadi.
2. Ikkinchi stadiya — somatik belgilar namoyon bo’la boshlaydi,
chekuvchida bronxit kasalligining hosil bo’lishi, oshqozon, yurak va boshqa
a’zolarda og’riq, noqulay holatlar ro’y beradi. Nerv sistemasida o’zgarish
sodir bo’ladi. Chekuvchida ta’sirchanlik, bosh og’rish holatlari sodir bo’ladi.
Bu stadiya 5—15 yil davom etadi.
3. Uchinchi stadiya — chekish avtomatik bo’lib qoladi. Doimiy bosh og’rig’i,
xotiraning susayishi, juda ta’sirchan bo’lib qolishi, doimiy yo’tal paydo
bo’ladi.
Tamaki chekishning sog’liqqa zarari
Tamaki chekish odam organizmiga ta’sir qiladimi? So’zsiz ta’sir qiladi.
Odam sigaret chekkanda tamaki tutuni bilan nafas oladi, o’pkaga kislorod
o’rniga C02 (karbonat angidrid) gazi borib qonga o’tadi, organizmdagi
moddalar almashinuvini buzadi, bunday holat o’z navbatida organizmning
kislorod tanqisligiga sabab bo’ladi. Tamaki tarkibidagi ammiak namlik
ishtirokida o’pka alveolalari (hujayralarida) ishqor — nashatir spirtiga
aylanadi. Bu ishqor o’pkaning shilliq qavatini ta’sirlab chekuvchida bronxit
kasalligini keltirib chiqaradi. Buning oqibatida o’pkaning turli yuqumli
kasalliklarga chidamliligi kamayadi. Olimlarning ma’lumoticha, sil kasalligiga
duchor bo’lganlarning 90 foizi chekuvchilardir.
Chekuvchi(chapda) va sog’lom odam (o’ngda) o’pkalari
Tamaki tarkibidagi kanserogen moddalar chekuvchilarda saraton (rak)
kasalligini keltirib chiqaradi. Tamaki tarkibidagi nikotin kuchli zahar.
Nikotinning 0,1 grami odamni o’ldiradi. Bu doza 20 dona sigaretda
saqlanadi. Agarda chekuvchi har kuni 20 dona sigaret cheksa, 30 yil
mobaynida 200 ming dona sigaret chekadi, bu (160 kg.) tamaki degani.
Bunday miqdordagi sigaret tarkibida 800 g. nikotin bo’ladi. Chekuvchi bir
kunda odamni o’ldiradigan miqdordagi nikotinni yutadi. Lekin bu nikotin oz-
oz miqdorda organizmga kiradi. Nikotin birinchi navbatda asab tizimini
zaharlaydi. Uzoq muddat sigaret chekkan odamlarninq qo’llari qaltiraydi,
nafas olishi qiyinlashadi, o’qtin-o’qtin yo’taladilar, ko’ngli ayniydi. Nikotin
simpatik va parasimpatik asab tizimiga ta’sir etadi. Bemorda dastlab yurak
tez-tez qisqaradi, qon bosimi ortadi, periferik qon tomirlarida spazma,
yurakning toj tomirlarida kengayish hollari sodir bo’ladi. Qonda nikotin
moddasining ko’payishi tufayli bemorda infarkt kasalligi kelib chiqadi.
Tamaki tutuni bronxlarni keskin toraytirib, so’ng kengaytirib yuboradi.
Chekish tufayli odamning xotirasi susayadi, ozib ketadi. Yosh o’smirlarning
chekishi tufayli bola o’sish va rivojlanishdan orqada qoladi, urug’
hujayralarida o’zgarishlar sodir bo’ladi, jinsiy ojizlik kelib chiqadi.
Tamaki chekuvchilarda askarbin kislota, furosemid, geparin
esterogenlarning ta’sir etish kuchi kamayib ketadi. Shuning uchun,
chekuvchilarda qon bosimi, qandli diabet, yurak ishemiyasi, oshqozon
yarasi kasalligi, nafas kasalliklarini davolashni qiyinlashtiradi. Nikolin
buyrak usti bezi funksiyasiga juda salbiy ta’sir etadi. Bundan tashqari,
nikotin ateroskleroz kasalligining zo’rayib ketishiga sabab bo’ladi.
Surunkali chekish orqa tniya funksiyalariga salbiy ta’sir etadi. Bu jinsiy
ojizlikka sabab bo’ladi.
Ayniqsa, yosh qizlarning sigaret chekishi barcha a’zolariga zararli ta’sir
etadi. Chekuvchi qizlar rivojlanishdan orqada qoladi, tez-tez kasallanadilar,
hayz ko’rishi buziladi. Surunkali chekish qiz bola husnini buzadi, erta
balog’atga yetadi. Chekuvchi ayollar tez qariydilar, yuzlariga ajin tushadi,
yuz terisining rangi o’zgaradi. Chekuvchi ayollarning 30 foizida Bazedov
kasalligi taraqqiy etadi. Shuni aytish kerakki, chekmaydiganlar chekuvchilar
yonida turishi tufayli chekuvchilardagi kasalliklar chekmaydiganlarda ham
hosil bo’lishi mumkin, chunki chekmaydiganlar passiv chekuvchilar
hisoblanadi. Ko’p tekshirishlardan ma’lum bo’lishicha, chekish qon ivishi
jarayonini tezlashtirib yuboradi. Periferik tomirlarda arterosklerozning
kuchayishi natijasida oyoq qon tomirlari kasalliklari kelib chiqishiga sabab
bo’ladi. Bemor oyoq bo’g'inlarida og’riq sezadi, keyinchalik yurolmay qoladi.
Nikotin oshqozon shirasining ajralishi va uning kislotaligini izdan chiqaradi,
chekish jarayonida oshqozon tomirlari torayadi, oshqozonning shilliq qavati
yallig’lanadi. Chekuvchilarda sezish organlarining faoliyati izdan chiqadi.
Asta-sekin rang ajratish qobiliyati pasaya boradi, u dastlab yashil, so’ng
qizil va sariq ranglarni ajratolmay qoladi. Ko’pgina chekuvchilarda eshitish
sezgirligi kamayadi. Chekish tufayli quloqda nog’ora parda qalinlashadi,
eshitish suyakchalarining hajmi kichiklashadi.
Hozirgi vaqtda ko’pgina chekuvchilarning yoshi 20-30 da bo’lib yosh oila
qurganlardir. Shuning uchun, chekuvchi ota-onalar birinchi navbatda o’z
bolasiga zarar yetkazadi. Chekuvchi onaning ko’krak sutida nikotin bo’lgani
uchun u qo’lansa hidli, biroz taxir bo’ladi. Shuning uchun, ba’zi bolalar
onasini emmay qo’yadi. Chekuvchi onaning bolasi ham passiv chekuvchi
bo’lib qoladi. Angliyaning shimolida yashovchi 16 mingta bolalar o’rtasida
so’rovnoma o’tkazilganda ota-onasi chekadigan bolalarning 48 foizi tez
yo’talishini aytgan.
O’smirlar kattalardan berkitib chekkanda sigaret tutuni bilan ko’proq zararli
moddalar o’pkaga o’tar ekan. Sigaretni tez chekkanda o’pkaga ikki marta
nikotin o’tishi isbotlangan. Chekuvchi o’smirlar organizmi jismoniy va psixik
rivojlanishdan orqada qoladi, Maktab bolalarining sigaret, nos chekishi hech
qanday odob, axloq normalariga to’g'ri kelmaydi. Bola qancha yosh
chekishga urinsa, uning sigaret, nosni chekishni tashlashi shunchalik qiyin
bo’ladi.
CHEKISHNING MIYAGA ZARARI
Tamaki chekishning barchaga ma’lum zararli oqibatlari qatoriga yana bir
salbiy ta’sir qo’shildi. Ma’lum bo’lishicha, chekish intellekt koeffitsientini
keskin pasaytirib yuborar ekan.
Oxirgi yillarda tibbiyot tamaki haqida ko’p narsalarga oydinlik kiritdi. Tamaki
yurak-qon tomir va nafas olish tizimi kasalliklarini, saraton xastaligining bir
necha turlarini yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, sigareta kashanda ota-
onalar farzandlarining rivojlanishini susaytiradi hamda hid va ta’m sezishga
talafot etkazadi. Ta’kidlash kerakki, tamaki chekish oqibatida paydo
bo’luvchi kasalliklar ro’yxati uzundan-uzoq. Isroillik olimlar uning aqliy
salohiyat darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatishini aniqlashdi.
Tel-Avivdagi Sheba tibbiyot markazi xodimlari 18-21 yoshdagi 20 ming
nafar yosh yigitni tekshirishdi va kunda bir qutigacha sigareta
chekuvchilarning aqliy rivojlanish koeffitsenti (IQ) chekmaydiganlarga
qaraganda past bo’lishini aniqlashdi. O’spirin qancha ko’p sigareta cheksa,
aqliy salohiyati shuncha yomonlashib boradi. Chekmaydiganlarda IQ
o’rtacha 101 ballga teng bo’lsa, kashandalarning ko’rsatkichi esa 94
foizgacha tushib ketgan. Ayniqsa, kuniga bir qutidan ziyod sigareta
chekkanlarning natijasi 90 foizdan oshmagan.
Shunday taqqoslash loyihalarida tez-tez ishtirok etuvchi egizaklar ustida
o’tkazilgan tadqiqot yaqqol isbot bo’ldi. Ularning IQ-testlari chekish-
chekmasliklariga qarab, aniq farqlangan. Chekmaydigan aka-ukalar
natijalari kashandalarning ko’rsatkichidan sezilarli ustun bo’lgan. Agar
qolgan holatlarda chekish bilan aqliy koeffitsient qarama-qarshi yo’nalsa,
bu asos egizaklarda ishlamaydi. Tabiatan egizaklarda aqliy salohiyat bir xil
bo’ladi.
Kashandalar aqliy salohiyatlarining keskin yomonlashishiga bosh miya
yetarlicha kislorod bilan ta’minlanmasligi sabab bo’ladi. Tamaki organizmga
kirayotgan kislorodning eng katta qismini (25 foizgacha) emiradi. Ayniqsa
bu holat faol aqliy mehnat paytida kuzatiladi. Vaholanki, uning vazni inson
tanasi vaznining 2,5 foizini tashkil qiladi. Sigareta tutuni o’pkaga kirayotgan
kislorod hajmini keskin qisqartiradi. Bundan tashqari, miyaga 4000 turdagi
kimyoviy birikmalar tushadi. Shundan 30 tasi juda zaharli sanaladi. Ammiak,
atseton, benzol, metanol, pestitsidlar, poloniy, vodorod sulfidi, tsianid
kislotasi, karbonat angidrid gazi, formaldegid, benzpiren, dibenzpiren shular
jumlasidandir.
Sigareta tutuni o’pkaga kirganidan keyin yetti soniya o’tib, nikotin bosh
miyaga etadi. Avvaliga u miya faoliyatini biroz tezlashtiradi, lekin
keyinchalik teskari ta’sir yuz beradi – aqliy va jismoniy faollikni pasaytirib
yuboradi. Sigaretaning 1-2 qutisida nikotinning o’limga olib keluvchi miqdori
mavjud.
Chekish haqida qisqa faktlar
- Hammasi bo‘lib dunyoda milliarddan ortiq chekadigan insonlar
yashamoqda.
- Chekish har 6 soniya ichida sayyoramizning bitta insonini nobud qilmoqda.
- Chekadigan inson o‘rtacha o‘zining hayotini 18 yilga qisqartiradi.
- Har bir chekadigan inson 10 yil mobaynida bitta o‘rta klassdagi mashinani
chekib qo‘yadi. Bu masalan, Mazda 6, Ford Focus, Chevrolet Lacetti,
SkodaOctavia, Audi A4 bo‘lishi mumkin.
- Eng ko‘p chekadigan mamlakat bu – Livan. Ammo yaqin kunlargacha
birinchi o‘rinlarda Kuba, Mongoliya va Rossiya bo‘lganlar. Eng kam
chekadigan mamlakat yesa – Butan va eng kam chekadigan insonlar
maydonining kattaligi bo‘yicha – Madagaskarda.
Chekishni oldini olish uchun ko‘riladigan xavfsizlikga qaramay, chekish eng
omavviy yo‘q qilish quroli deb hisoblanadi, chunki yilda u xar qanday
urushlardan ko‘ra ko‘proq hayotlarni olib ketadi.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 1312 | | Теги: CHEKASIZMI?! | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Avgust 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz