"Barselona”ning bosh murabbiyi Tito Vilanova iste’foga chiqmoqda. Ispaniya OAVning xabar berishicha, 44 yoshli mutaxassisning jamoani tark etish sababi janob Vilanovaning sog‘lig‘i yomonlashuvi bilan bog‘liq. Vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini o‘tash esa joriy yilda "Barselona”ga kelgan Juan Fransesk Ferrer zimmasiga yuklanadi. Bu haqda Kommersant.ru xabar berdi.
Futbol klubining rasmiy saytida bu borada ma’lumotlar berilgan bo‘lib, bosh murabbiyda quloq yoni bezlarida xavfli o‘sma borligi aniqlangan va saraton tashxisi qo‘yilgan. O‘tgan yili u AQShda jarrohlik amaliyotini boshdan kechirib, uzoq vaqt jamoani boshqara olmagan edi. Ammo o‘sha vaqtda "Barselona” klubi vakillari jarrohlikni yaxshi o‘tganligi va endi uning tuzalish yo‘lida ekanligini ta’kidlashgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Tito Vilanova "Barselona”ga 2012-yilda o‘zi yordamchi bo‘lib ishlagan Pepa Gvardola o‘rniga ta’yinlangan.
Gvardola esa "Barslona”dan ketganidan so‘ng 1 yillik tanaffus qilib, Myunxenning "Bavariya” klubiga boshchilik qila boshladi.
Tito Vilanova rahbarligi ostida "Barselona” 100 ochko bilan Ispaniya chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va chempionlar ligasining yarim final boshqichiga chiqdi, ammo Myunxenning "Bavariya” klubiga ustunlikni qo‘ldan boy berdi.
|