Shu kunlarda tug'ruqhonamizda yangi tugilgan chaqaloqni avval ona qorniga yotqizib, so'ng kindigi kesiladi va ikki soat ichida o'z onasining ko'krak sutidan baxramand bo'lishi ta'minlanadi. Chunki onaning o'g'iz suti orqali avvalo bolaning o'z onasiga mexri oshadi, o'g'iz suti bilan bola ilk bor emlanadi, ichak kasalligidan saqlanadi, ko'z nuri rivojlanadi va eng muximi zarur darmondorilar o'tadi. Suniy bolalar taomlariga ruju qo'ygan ayrim ota-onalarga shuni eslatmopchimizki, chaqaloqqa albatta ona suti zarur, chunki ona suti bilan go'dak qalbiga ota-onaga, xayotga, vatanga nisbatan mexr-muxabbat, odamiylik tuyg'ulari kiradi.
Shu boisdan xam xalqimiz orasida "sut bilan kirgan jon bilan chiqadi" degan naql bor. Yuqoridagi fikrdan shuni xulosa qilib aytamizki, bola o'rtacha ikki yoshgacha o'z onasining ko'krak sutidan baxramand bo'lishi kerak, chunki ona suti chaqaloq uchun tabiy, qulay, zarur va bebaxo ozuqadir