Главная » 2014»Avgust»21 » Amerikalik ayol o‘g‘riga SMS yozib mashinasiniqaytarishga ko‘ndirdi
09:46
Amerikalik ayol o‘g‘riga SMS yozib mashinasiniqaytarishga ko‘ndirdi
AQShning Missuri shtati Kanzas-Siti shahrida yashovchi yolg‘iz onaning mashinasini o‘g‘irlab ketishdi. Avtomobil ichida telefoni qolganini eslab, ayol o‘g‘riga ko‘ngilni yumshatuvchi SMS-xabarlar jo‘natdi va o‘g‘ri unga mashinasini qaytardi. Bu haqda KCTV xabar berdi. Megan Bratten ismli ayol do‘kondan chiqib, mashinasini o‘g‘irlab ketishganini ko‘radi. Avtomobili ichida uyali telefoni qolganini eslab, boshqa telefonidan unga xabar jo‘natadi va o‘zining og‘ir qismatini anglatadi. “Siz hozirgina besh farzandli onaning mashinasini o‘g‘irladingiz. Mening baxtimni qaro qilayapsiz”, — deb yozdi Megan birinchi xabarida. Keyingi bir necha soat ichida u o‘g‘riga yana bir qancha SMS jo‘natdi. Eng so‘nggi xabarda ayol shunday yozdi: “Ey xudo! O‘g‘ri, menga mashinamni qaytara qol. Agar uni qaytarib bersang bu mo‘jiza bo‘lardi!” Biroz vaqt o‘tib Meganning telefoniga SMS-xabar keldi, unda mashinani qayerdan topish haqida batafsil ma’lumot keltirilgandi. Ayol onasi va iti hamrohligida avtomobilini olib kelishga boradi. Uni topganidan so‘ng, o‘g‘ri bilan boshqa SMSlashmagan. Megan politsiyaga murojaat qilib o‘tirmadi. Manba: DARYO