Shavkat qizni ilk bor talabalikning birinchi kuni, uzun yoʻlakda auditoriyaning ochilishini kutib turishgan payt koʻrdi. Shunda nogoh yuragi bir qalqib ketdi.Shoirlar yozganidek, «Shundan buyon tinchi yoʻqoldi». Chiroyli qizlarni koʻp koʻrgan, ammo bu qiz qandaydir boʻlakcha edi. Uni koʻzni qamashtirar darajada goʻzal deb boʻlmasdi. Ammo ikkinchi bor qarashga majbur qiladigan nimasidir bor edi. Bugʻdoyrang yuzining bichimi, musavvir qilqalami bilan chizilgandek koʻrkam qoshu koʻzlari, bilinar-bi
...
.