Yuragim daftarin bir o'qib chiqing, Unda ishqdan qolgan faqatki gardlar, Sarlovhada yozilgan quvonchni yig'ing, Bilsangiz unda ko'p alamli dardlar.
Ko'zimga bir bora yaxshiroq boqing, Otash nigohlarim dilga boylangan, So'ngra bu jismimni gulhanda yoqing, U qayta yonmaydi kulga aylangan.
Yuragim urushin berilib tinglang, Unda qo'shiq bo'lib yangrar ismingiz, Qalbingiz nigohi ila bir imlang, Osig'liq turadi qarang rasmingiz.
Yuragim daftarin nigohlarimdan, Siz o'ylang chiqaring keyin xulosa, Qayta qasr qurib bo'lmas qulasa, O'tgan umrim agar sarhisob etsam.
Siz tufayli boshim egildi ko'p dam, O'ylasam o'yimni so'ngiga yetsam, Kun kelib sen meni sog'ingan mahal. Qalbingni tubiga ko'milib ketsam.
|