SHERLAR.BIZ Shanba, 21.12.2024, 20:00
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 18
Mexmonlar: 18
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Iyul » 17 » Yigitlar uchun “ideal” qiz bo’lishning sirlari
15:38
Yigitlar uchun “ideal” qiz bo’lishning sirlari
Qanday turdagi erkaklar ayollarni qadrlaydi?”,
“Qanday qilib erkak kishining hurmatiga sazovor
bo’lish va uni doimo saqlab qolish mumkin?”. Shu
kabi savollarni har ikkinchi qiz (ayol) o’ziga berishi
tabiiy. Gap Sizni yigit kishi past yoki yuqori
baholashlari haqida emas. Shunchaki, har bir ayol
o’z yarmi uchun yakkayu-yagona, suyukli va albatta
unig idealidagi “malika” bo’lishni istaydi. Hozirgi
zamonda ideal bo’lish bu-unvon emas, balki ayol
kishi uchun jiddiy va har kunlik ishdir.
“Mening asarimning qahramoni”
Har bir oddiy, romantika va obrazlardan uzoq, ayol
orzularidan behabar erkak, o’zining himoyasiz va
nozikkinna juftini himoya qilib, uy variantida bo’lsada
qahramon “supermen” bo’lishni istaydi. Shuning
uchun ham ideal ayol o’z jufti “qahramonliklari” ni
har doim rag’batlantirib turishlari ma’qul. Balki bu
qahramonlik ulkan ish emasdur, lekin bu ish uchun
eringizga chin dildan minnatdorchilik va quvonch
bildirsangiz, u har safar o’zining imkoniyatlariga
ishona boshlaydi va bu imkoniyatlarni yanada
orttirishga intiladi. Erkaklar orasida shunday gap bor:
har bir omadli erkak suyukli yorga ega bo’lishga
xaqli. Siz maqtovlaringiz bilan eringizni o’zini omadli
deb his qilishi uchun imkoniyatlar yarating. Erkak
kishining yaxshi jihati borligini isbotlab bera olgan
ayol, albatta u uchun idealdir. Har bir kuchli jins
sohibi (erkak kishi) o’zining kuch manbai bo’lgan har
bir narsani qimmatli deb biladi va ardoqlaydi.
“Hamma sevishni istaydi…”
E’tibor berganmisiz, hofizlarimizning kuylari nafaqat
sevish, balki sevilish haqida hamdir. Hatto juda
kuchli, obro’li, jiddiy erkak ich-ichidan uni uyida
kimdir kutayotganini, uni sevishini, unga ishonishini
va unga xiyonat qilmaydigan odam borligini his
qilishni hohlaydi. Uni yoshligida onasi va buvisi uyda
kutgan paytlarida ham bu “mitti” ideal mavjud
bo’lgan.
“Sening qiziqishlaring-mening qiziqishlarim”
Erkak kishi idealini o’z do’sti, ishonchli jufti, o’zining
tarafdori deb biladi. Shuning uchun ayol kishi juftining
barcha qiziqishlarini hotirjam qabul qilishi kerak
(hobbi, qiziqishlar…). Bunda erkak kishining
avtomobil yoki motosikllarga qiziqishi, balki Afrika
shilliq qurtlari hayotini o’rganishi muhim emas. Ko’z
yoshingni art! Erkaklar ayollar singari his-
tuyg’ularga beriluvchan emas. Shuning uchun ular
singan tirnoq, lirik qo’shiq, badiiy filmdagi yurakni
ezuvchi sahna ustida kuyib-pishishingizni qiyinchlik
bilan qabul qilishadi. Uning idealiga aylanish va
raqiblar orasida g’olib bo’lish uchun yaxshilik
to’lqinlariga moslashing. Bu-o’z qiziqishlaringizdan
voz keching degani emas. Yurakni ezuvchi filmni
dugonangiz bilan ko’rishingiz ham mumkin.
Yana bir maslahat: kuchli universal ayol bo’lishga,
barcha muammolarni yolg’iz hal etishga intilmang.
Ayolning kuchi uning ojizligidadir. Erkak kishi uchun
ideal ayol-billyur guldonga o’xshaydi. Uni doimo
asrab-avaylashga intilishadi. Erkak kishi yonidagi
asosiy vazifangiz, nazokatli, chiroyli, orasta
bo’lishdir. Erka kishi ko’zlari bilan sevadi. Agarda
erkakning ishlaridan mamnunligingizni sezdirib
tursangiz, u sizni boshida ko’taradi. Uni ko’proq
maqtang. Begona odamlar yonida kamtarroq bo’ling,
ko’p gapirmang. Juftingizga aql o’rgatishdan ehtiyot
bo’ling. Chunki u bunday holatda bergan
maslahatingizni teskarisini bajarishi mumkin.
Umuman olganda, samimiy, yaxshilikka intiluvchan,
juftingizni boricha sevishga harakat qiluvchi ayol
bo’ling.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 1504 | | Теги: Yigitlar uchun “ideal” qiz bo’lishn | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyul 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz