SHERLAR.BIZ Dushanba, 30.12.2024, 20:08
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 286
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 13
Mexmonlar: 13
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Dekabr » 18 » Yangi yil bayrami kunlari xavfsizlik choralari kuchaytiriladi
08:54
Yangi yil bayrami kunlari xavfsizlik choralari kuchaytiriladi
Mamlakatimizda Yangi yil
bayramini yuqori saviyada va
mazmunli nishonlash, bayram
tadbirlarini hamjihatlik bilan
o‘tkazish borasida keng ko‘lamli
ishlar amalga oshirilmoqda. Bu
haqda O‘zbekiston Respublikasi
ichki ishlar vazirining
o‘rinbosari, polkovnik Rahmat
Mamatov O‘zAga bergan
intervyusida ma’lum qildi.
"Ayni kunlarda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
Toshkent shahri va viloyatlar,
barcha shahar va tumanlar
markazlarida, qishloq va
mahallalarda, bayram
tantanalari o‘tadigan
hududlarda jamoat tartibini
saqlash, favqulodda
hodisalarning oldini olish,
yong‘in hamda yo‘l harakati
xavfsizligini ta’minlash
yuzasidan alohida guruhlar ish
olib bormoqda”, — dedi u.
Shaharlar va tumanlar
markazlarida ichki ishlar
idoralari xodimlari va mahalla
posbonlaridan iborat patrul
guruhlarining hushyorligi va
faolligi yanada oshirildi.
Bayramni tinch va osuda
o‘tkazish uchun jinoyat va
huquqbuzarliklarga qarshi
kurashishni yanada
kuchaytirish, jamoat tartibini
saqlash, jinoyat sodir etishga
moyil shaxslarni aniqlab, ularga
jamoatchilik vakillari bilan
hamkorlikda ijobiy profilaktik
ta’sir ko‘rsatish maqsadida
"Tozalash – antiterror” tezkor-
profilaktik tadbirlari
o‘tkazilmoqda.
Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan
joylarda noxush holatlarning
yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik
maqsadida mahalliy hokimliklar
qoshidagi ommaviy tadbirlarni
o‘tkazish bo‘yicha maxsus
komissiyalar a’zolaridan iborat
guruhlar tashkil etilib, bayram
bilan bog‘liq barcha
ob’ektlarning texnik va yong‘in
xavfsizligi holati atroflicha
o‘rganib chiqilmoqda.
Ichki ishlar, soliq idoralari,
bojxona qo‘mitasi va
jamoatchilik vakillaridan iborat
maxsus guruhlar ishtirokida
mamlakatimiz hududida
pirotexnika mahsulotlarining
noqonuniy muomalasiga qarshi
kurashish bo‘yicha tezkor
tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu
jarayonda chegara hududlarda
harakatlanayotgan avtomashina
va yo‘lovchilar, chegaralar
yaqinida joylashgan do‘kon va
savdo rastalari, xonadon va
inshootlar tekshiruvdan
o‘tkazilmoqda.
Категория: O`zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 908 | | Теги: Yangi yil bayrami kunlari xavfsizli | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz