SHERLAR.BIZ Payshanba, 28.03.2024, 22:07
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 3
Mexmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Dekabr » 8 » WhatsApp faoliyati yana tiklandi
22:33
WhatsApp faoliyati yana tiklandi
WhatsApp xabar almashish dasturi faoliyatida 8-dekabrga o‘tar kechasi butun dunyo bo‘ylab nosozliklar kuzatildi. Nosozliklar ro‘y berayotanini kompaniya vakillari ham tasdiqladi. Bu haqda "Kun” nashri xabar berdi.

Twitter’da ushbu dastur faoliyati to‘g‘risida ma’lumot beruvchi @wa_status profilida Toshkent vaqti bilan 8 dekabr tunida quyidagi mazmunda xabar paydo bo‘lgan: "Ayni paytda tizimimiz vaqtinchalik ishlamayapti. Biz buning ustida ish olib boryapmiz va yaqin vaqt ichida uni tuzatishga umid qilamiz”.

Nashr xabarida ta’kidlanishicha, Is It Down Right Now saytida dunyoning turli qismlarida istiqomat qiluvchi internet-foydalanuvchilar WhatsApp ishlamayotgani haqida izohlar qoldirgan. Ular orasida Argentina, Germaniya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Belgiya, Isroil, Vengriya, Gana va boshqa mamlakatlarda yashaydigan odamlar bor.

WhatsApp’ning nosozliklar haqidagi rasmiy postidan 5 soat o‘tar-o‘tmas, xizmatning to‘liq tuzatilgani haqida xabar paydo bo‘ldi. Hali ham dastur bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotganlarga WhatsApp haqida ko‘p so‘raladigan savollar saytiga kirish tavsiya etildi.

Eslatib o‘tamiz, WhatsApp so‘nggi kunlarda texnik muammolarga duch kelgani sababli o‘zbekistonlik WhatsApp foydalanuvchilari ommaviy tarzda Telegram dasturiga o‘tishni boshlagan, texnik nosozliklar haqida WhatsApp rasmiy tvitteri ham xabar bergan edi. Telegram rasmiy tvitteri ham juda ko‘p o‘zbekistonliklar Telegram’ga a’zo bo‘layotganini tasdiqlagan edi.

Oktabrda o‘tgan ikki oy ichida WhatsApp messenjerining oylik auditoriyasi 50 millionga ko‘payib, endi 350 millionni tashkil etayotgani haqida xabar berilgan edi.
Категория: Texnogoliyalar | Просмотров: 1430 | | Теги: WhatsApp faoliyati yana tiklandi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz