SHERLAR.BIZ Juma, 27.12.2024, 09:02
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2012 » Dekabr » 14 » УРИК ДАРАХТИ
07:16
УРИК ДАРАХТИ
Yig'lab o'tgan kunlaringdan
og'rinma yurak,
Xo'rliging kelib yig'lama unsiz,
sassiz...
Shundoq ham armonga aynan
sen kerak,
Seni butunlay zabt etmoq hajr
ko'ksidagi tilak...
Yig'lama... yig'lama ko'ksim
chalajon,
Yig'lama yurak axir sen
qanchalar nimjon...
Yig'lama baxt, yig'lama orzu,
yig'lamagin ishq,
Axir uzilmoqqa shay mendagi bu
jon...
Urib turgin, to'xtab qolma hatto
bir zumga,
Vujudimni egallamoqda
daxshatli qo'rquv,
Tugagani yo'q hamon sokinlikni
qidiruv,
Tingani yo'q quloqlarim ostidagi
daxshatli chaqiruv...
Yig'lama!!! Yig'lamasangchi
yuragim,
Ne kerak, yetishmayapti aytgin
nelar?
G'aming arimasmu endi seni
yuvsada yillar?
Qatingdagi gard o'chmasmu
yog'sada sellar???
Bas!!! Qulog'im berkitib
hayqiraman titrab,
Hatto yer yuzi tushadi bir qalqib,
Meni unsiz chorlovlardan
ketaman qo'rqib,
Yo'q, yashashim kerak... Nafas
olaman tiniqib...
Orzular... Sanog'i yo'q umid,
ilinjlar,
Shular uchun hech bo'lmasa
intilish joiz,
Nohush hayollarga qoldirmaslik
kerak iz,
Sarob poyiga ohista
cho'kmasdanoq tiz...
Men eplayman, uddalayman
albad,
O'limdan kelajak sari qocha
olaman,
Va bir kun bu daxshatni unuta
olaman,
Yana sevaman, yana bitaman
she'rlar,
Men hali yashayman juda ko'p
yillar...
Kechasi bilan yurak sanchig'idan
mijja qoqmay chiqgan Bahora
tonggi to'rtlarda hovliga chiqdi.
Hovlining bir chetidagi o'rik
daraxti tanasini siypab, unga
nimanidur shivirlab, unsiz yig'lab
o'tirgan dadasini ko'rdiyu yuragi
uvishdi.
Atrof hali zim-ziyo bo'lgani
uchun Bahodir aka Bahorani
chiqganini payqamadi. U kishi
qizlari ekkan ikkita o'rik
daraxtining o'rtasida o'tirardi.
Negadur Bahora ekkan daraxtni
tanasini quchoqlab olgandi.
Bahora dadasi tomonga
yaqinlashdi. Bahodir aka esa
o'rik daraxti tanasini quchoqlab
olgancha ohista silardi.
-Nega qurib qolyapsan? Yashnab
tursang nima qilardi? -Bahodir
aka o'ksib - o'ksib yig'lardi.
Bahorani ko'ngli bo'shab, uning
ham ko'zlari namlandi. Chunki,
haqiqatdan ham Bahora ekkan
daraxt ushbu yil bahorda
gullamagan edi. Kun sayin bir
uyum o'tinga aylanib
borayotgandi. Bahora ko'z
yoshlarini tezda artib dadasini
yoniga borib o'tirdi. Dadasi ham
ko'z yoshlarini tezda artib,
ozgina surilib Bahoraga joy
ajratdi. Bahora dadasini
bo'ynidan quchib, yelkasiga
boshini qo'ydi.
-Dadajonim... yana
yig'layapsizmi? Nimadan
siqilyapsiz?
-Meni qo'yaver qizim, erkak
dardlarini ichiga yutgani bilan
ba'zi - ba'zida yig'lab ham turadi
ona qizim.
-Nimadan buncha qiynalyapsiz?
Axir hammasi joyidaku, dadajon.
-Bahora, axir men onangga vada
berganman. Qizlarimizni hech
kimdan kam qilmayman, deb.
-Voy dadajonimey, kimdan kam
ekanmiz? O'qidik, ustimiz but,
qornimiz to'q. Ortiq bo'lsak
ortiqmiz-ki, boshqadan kam
joyimiz yo'q.
-To'g'ri, lekin sizlarni baxtingizni
ko'rishni istayman. Nigora
ikkalang chiroyli kelinchak
bo'lsang, men esa oq fotiha
berib, uzatsam. Ana shundan
keyin tinchgina, oyog'imni
uzatib yotardimda qizim.
-Voy dadajonimey, ajoyibsizda.
Menga sovchi kelmayotganidan
tashvishdamisiz? Hali qarab
turing, Nigora 2 yildan keyin 18
ga kirsin, kelgan sovchilarga joy
topa olmay qolamiz. U aqlli,
shirinso'z, chiroyli qiz. Keyin
uzatamizda, ikkimiz men
haqimda bosh qotiramiz. Men
ham ushbu ostonadan oppoq
kiyimda, go'zal kelinchak bo'lib
chiqib ketaman. Shoxona
mashinada meni olib ketishadi.
Mahallani qizlari hasaddan
kuyganini ko'rasiz hali dadajon.-
hazil qilgandek kulib so'zlardi
Bahora. Lekin ko'nglining bir
chekkasi simillabgina og'rib
turardi.
-Qizim... Balki chet elga ham bir
ko'rsatarmiz yuragingni, balki
ular davolay olishar?! -o'zini
qiynayotgan mavzuga burdi
gapni.
-E, sizga kim aytdi meni kasal
deb dadajon? Shu doktorlarga
ishonasiz-a? Men hech qanday
kasal emasman. Doktorlar ko'pi
bilan 3 oy umri qoldi,
deyishgandi. Mana shu gapga
ham olti oy bo'ldi. Tirikman, yoki
arvoximmi yoningizdagi
dadajon? -dadasiga taskin
berishga urinardi. Ovutishga,
yuragidagi g'ashlikni tarqatishga
harakat qilardi. Lekin o'zi
ishonmasdi o'zi aytayotgan
gaplariga.
-Bahora, bilasan onangdan keyin
juda qo'rqoq bo'lib qolganman.
Ya'ni, sizlarni yo'qotishdan
qo'rqaman. Sen tushunishga
harakat qilmayapsan, yoki
tushunsang ham
tushunmaganga olyapsan. Seni
yuragingdagi o'sha no'xotdek
narsa, oyingni yuragida ham bor
edi. Keyinchalik bu narsa
kattarib, anjirdek holatga keldi.
Sen rozi bo'lganingda, yana
aparatga tushurardik. Balki
umuman yo'qolib ketgandur,
nima deding?!
-Dadajon, u aparatni boshi
aylanib qolibdi, u o'sha o'smami,
o'simtami deb aniqlagan
no'xotdek narsa, meni...
muhabbatim...
Tushunyapsizmi dada?
Muhabbat shu ko'rinishda
yuragimda turibdi. -gapni burib,
dadasini chalg'itishga urindi
Bahora.
-Qani endi shunday bo'lsa qizim,
qani edi... -afsus bilan bosh
chayqadi Bahodir aka.
-Daraxtni mehr bilan
ekmabmanda dada, qurib
qolganini qarang. -yig'layotgan
Bahora ko'z yoshlarini dadasi
ko'rmasligi uchun daraxti
tomonga burilib, uning baland
shoxlariga qaradi.
-Yo'q, qizim. Aksincha juda mehr
bilan ekib, parvarish qilgansan.
Shuning uchun ham Nigorani
daraxtidan ko'ra seniki tezroq
o'sdi. Qara, qancha baland. Hatto
osmonni o'paman deydiya.
-Ha, lekin 10 yildan buyon bir
dona ham meva tugmadi. -
achinib daraxtga tikilib
turaverdi.
-10 yil dema qizim. Nigorani
daraxti ham 3 yil oldin hosilga
kirdi-ku. Hali seni o'riging
unikidan ko'proq meva beradi.
Mana ko'rasan.
-Bunga o'zingiz ham
ishonganingiz yo'q, qanday
meni ishontira olishingiz
mumkin? Axir qurib qolgan-ku. -
u daraxt atrofida aylanib, uni
ko'zdan kechirardi. -Dadajon,
eslaysizmi Nigorani daraxti ilk
bor bahorda gullaganiga hasad
qilib, shoxlarini sindirib
tashlagandim. Lekin u mendan
ko'proq umr ko'ryotgani uchun
aslo hasadim kelmayapti
dadajon. Aksincha, uni juda
baxtli bo'lishini istayman
dadajon. U mendan ko'proq
yashayotgani uchun hasad
qilmayapman dadajon. -uning
ko'zidan oqayotgan yoshlarning
so'nggi yo'q edi. O'zini
dadasining bag'riga otdi.
Bahodir aka esa unsiz, sassiz
yig'lardi. Bahora esa hamon
shivirlardi: -Mening umrim
unikidan qisqaligi uchun unga
hasad qilmayapman dadajon...
Bu dunyodan kecholmayin u
dunyoga ketyapman,
Ota iliq bag'ringizdan sovuq
qabrga ko'chyapman,
Oppoq qanotimla samolarga
uchyapman,
Sizni tashlab ketgim kelmayapti
otajon.
Men ham boshqalardek uzoq
umr ko'rgim kelyapti,
Ushalmagan orzularim bag'rim
tilyapti,
Muhabbatim bu kun isyon
qilyapti,
Hali yoshman, o'lishni
istamayman otajon...
Davomi bor...
Muallif: Sirli_qiz
Прикрепления: Rasmi batafsil ko'rish 1
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 1340 | | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 4
Ulugbek14.12.2012 16:03
Uz_BooM16.12.2012 05:21
IFTIXOR_BEK18.12.2012 10:35
Sayt_Malikasi28.12.2012 06:36
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz