SHERLAR.BIZ Juma, 19.04.2024, 07:55
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2012 » Dekabr » 18 » УРИК ДАРАХТДИ 2кисм
14:31
УРИК ДАРАХТДИ 2кисм
Oradan ikki kun o'tdi. Bahora
hovlida kuymalanib yurardi.
Chala ishlarini bitirib, hovli va
uylarni orasta qilishdan
charchamasdi. Singlisiga atab
uzun xatlar yozdi. Soat tonggi
beshga yaqinlashgach xatlarni
har joyga berkitib chiqdi. Birini
singlisining atir - upalari
turuvchi oyna oldiga, birini
kiyimlari orasiga, birini oyoq
kiyimlari orasiga, yana birini
kitob javoniga, qolganlarini
oshxona anjomlari orasiga
berkitdi.
Tong yorishib quyosh chiqa
boshladi. Nonushta tayyorlashga
kirishib ketgan Bahora pirog,
pechonni va keks tayyorladi. O'zi
esa oyna oldiga o'tirib sochini
chiroyli turmak qildi. Bir necha
oydan buyon bo'yalmagan
ko'zlariga surma tortdi. Eng
yaxshi ko'rgan moviy rang
toshlar bilan bezatilgan oq
ko'ylagini kiydi. Soat 7:30
bo'lgani uchun Nigorani
xonasiga kirdi. Singlisi shirin
uyquda edi. Tim qora, uzun
sochlarini siladi. Oppoq, tiniq
yuzlaridan o'pdi. Chiroyli qosh -
ko'zlariga qarab to'ymasdi. Uzoq
tikilib o'tirdi. So'ng darsga
kechikishini o'ylab uyg'otishga
tushdi.
-Hoy uyquchi, turmaysanmi endi.
-Opa, yana ozgina, ooozgina.
-Soat to'qqiz bo'ldi desamchi?
-Doim shunaqa deysiz, hozir
kamida endi olti bo'lgan.
-Yetti yarim bo'ldi, turaqol, keyin
birga ketamiz. -keyin Nigora
tezda turib, o'tirib oldi.
"Institutga bormayman, ko'proq
vaqtimni uyda o'tkizishni
istayman!" deb 2 haftadan
buyon uydan chiqmagan
opasining bu qarori uni
quvontirgan edi.
-Sizga yo'l bo'lsin? -u ham
sevinch, ham hayrat bilan
so'radi.
-Institutga. -jilmaydi Bahora.
-Yana o'qishga qaror
qildingizmi? -xursand bo'lib
ketdi Nigora.
-Ha. -yana jilmayib qo'ydi opa.
-Unda men tez yuvinay, birga
ketamiz.
-Xop. -Bahoraning ko'ngli vayron
bo'lib ketardi. Nahot endi
bundan keyin singlisini tongda
uyg'ota olmaydi. Nigora yuvinib
kelgach opasi tayyorlab qo'ygan
kiyimlarni kiydi. Oshxonaga
o'tib, oilaviy ovqatlanishdi.
Bahodir aka bugun qiziga
boshqacharoq termuldi. U juda
chiroyli bo'lib ketgandi. Xuddi
hozirni o'zida undan ayrilib
qolayotgandek, uni boshqa
ko'rmaydigandek ko'z uzmadi.
-Opa, bugun nima bayram
bormi? -stol ustidagi narsalardan
aralashtirib yeyayotgan Nigora
xursand bo'lib so'radi.
-Yashayotgan har bir kunimiz
bayram-ku, singiljon. - shunday
deya singlisini burnini chimdib
qo'ydi.
Bahora singlisi bilan xayrlashar
ekan, uzoq quchoqlab turdi.
Qattiq bag'riga bosdi. Nigora
ham nimanidur sezgandek
opasini bag'ridan chiqgisi
kelmasdi.
-Jonim meni, shirin singlim.
O'zingni ehtiyot qil! Seni yaxshi
ko'raman. -uning ko'zidan bir
tomchi yosh sizib chiqdi.
-Opa, men ham siz bilan boray.
-Yo'q, darsingdan qolma Nigor.
-Opa, parkga boraylik. -opasini
qo'yib yubormaslik uchun har xil
gaplar bilan ushlab turardi.
-Kech qolasan Nigora.
-O'zingizni ehtiyot qiling! -
yugurib kelib yana opasini
quchdi.
-Xop.
Bahora ketar ekan, Nigora uni
yoniga qaytdi.
-Opa!
-Yana nima? -jilmaydi Bahora.
-Qachon turmushga chiqasiz?
-Voy, bu qizni isitmasi bor
shekilli. -kulib yubordi Bahora.
-To'yingizda men o'ynab
beraman, Lolani "Opajon" degan
qo'shig'ini kuylayman, maylimi?
-Xudo xoxlasa! -siniq jilmaydi. -
Endi boraqol, kech qolasan.
Bahora institutga borgach
auditoriyaga chiqish uchun
zinadan ko'tarila boshladi. U
xonaga kirganda dars hali
boshlanmagan edi. Hamma o'z
ishi bilan ovvora. Faqat deraza
oldida turgan Farxodgina o'z
hayollari bilan band edi. Bahora
sezdirmay borib uni ko'zlarini
berkitdi.
-Bahor... -Farxod uni tanidi. Juda
sevinib ketganidan uni quchib
olgisi keldi.
-Ayyor, ko'rib qoldingizmi? -
qo'lini Farhodni ko'zlari ustidan
olib, yoniga o'tib, sho'xchan
termuldi.
-Keldingmi, yolg'onchi? -xomush
ko'zlarini, sog'inch to'la
nigohlarini sevganining
qorachiqlariga tikdi.
-Keldim. Lekin nega meni
yolg'onchi dedingiz? -
arazlagandek yuzini burdi u.
-Parallel guruhdagi Shavkatni
sevgisini qabul qildim,
deganding-ku. U esa yo'q rad
etdi dedi.
-Hmmm, umiii? -ensasini qotirdi
Bahora. Farhod esa kulib
yubordi.
-Yana lag'mon tayyorlashni
boshladingmi? Yoki tayyor
lag'monni qulog'imga ilib qo'ya
qolasanmi? -jilmayib ko'zlariga
tikildi.
-Jinni!
Shu vaqt xonadagilar e'tibor
berib, Bahorani ko'rib qolishdi-
yu, suhbatlari bo'lindi. Bahora
esa "Nega kelmay qo'yding?
Sog'inib ketdik-ku! Endi dars
qoldirmaysanmi?" degan
savollarga ko'milib qoldi. Bir
amallab kursdoshlari
qurshovidan chiqgan Bahora,
yana Farxodni yoniga qaytdi.
-Seni har kuni mendan
so'rashadi. Bahora xuddi menga
biron nima deb qo'ygandek. U
bizni odam o'rnida ham
ko'rmaydi, doim sirli ravishda
yo'qolib qoladi. Raqami esa
ishlamaydi. -Farxod gapirganda
negadur ko'zini olislardan
olmasdi. Derazadan esa keng
shahar, o'z tashvishlari ila band
bo'lgan odamlar, beg'am qushlar
ko'rinib turardi. Bahora o'ng
qo'lini sekin Farxodni qo'li
tomon cho'zdi va uning qo'lidan
tutdi. Farxod ham uning qo'lini
mahkam tutdi.
-Sizni yaxshi ko'raman Farxod
aka. -u sekin shivirladi.
-Ko'zing sog' bo'lgandan keyin
ko'rasanda. Men esa sevaman.
Qo'lingni qo'yib yuborsam, meni
tashlab ketib qoladigandeksan.
Gaplaring ham ketadigan
odamnikidek. Nega?
-Bu shunchaki tasodif,
menimcha. -hursindi Bahora.
-Oyimlar ertaga borishadi. -
derazadan olis-olislarga boqib
turgan Farhod Bahoraning
ko'zlariga qaradi. Bahoraning
nigohida afsuslar mujassam edi.
-O'qishni bitirib olaveringchi,
sovchilik qochmas.
-Nega endi bitirib oling?! Nega
o'zingni qo'shmayapsan?
-Bitirib olaylik, demoqchi edim.
-Bitirgunimizcha sen
boshqasiga.....
-Yo'q, yo'q, yo'q, yo'q! -shu vaqt
o'qituvchi keldi-yu, dars
boshlandi.
Bahora sevganining ko'z-
qoshlariga tez-tez o'g'rincha
qarab olardi. U negadur yanada
istarali, yanada xushbichim
ko'rinardi ko'ziga. U qo'l cho'zsa
yetadigan darajada yaqin
bo'lsada, Bahora uchun olislar
osilib turgan yulduzdek uzoq
tuyulardi. Qo'l cho'zadi, lekin
yetmaydi...
Farxod domla o'qiyotgan
leksiyani daftarga tushirar ekan,
sevgani qaytganidan mamnun
edi. Bahoraning ichidan nimalar
o'tayotganini sezmasdi ham.
Ular doimgidek chorrahagacha
birga kelishdi. So'ng ikkisi ham
o'z manzili tomon ketishdi.
Ikkalasi ham ortiga tez-tez qarab
qo'yishardi. Xuddi bu so'nggi
uchrashuv... so'nggi diydordek.
Davomi bor...
Muallif: Sirli_qiz
Прикрепления: Rasmi batafsil ko'rish 1
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 805 | | Рейтинг: 5.0/8
Всего комментариев: 2
Ulugbek18.12.2012 15:29
Uz_BooM19.12.2012 14:54
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz