SHERLAR.BIZ Payshanba, 25.04.2024, 10:28
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Iyul » 24 » Umr uzoqlik Sirlari
08:09
Umr uzoqlik Sirlari
Bugun Yaponiyada o‘rtacha umr ko‘rish darajasi
dunyo bo‘yicha eng yuqori sanalib, 81,25 ni tashkil
etadi. Fransuzlar esa o‘rtacha 77,7 yil yashaydi va
Yevropadagi eng uzoq umr ko‘ruvchi xalq
hisoblanadi. Skandinaviyada bu ko‘rsatkich —
75-78, Italiyada — 77, Kubada esa 76 yoshni tashkil
etadi. Ayni chog‘da, har bir xalqning sog‘lom va
uzoq yashash bo‘yicha o‘zlariga xos sirlari ham
ko‘p.
Shu narsa taajjubliki, 1941 yilga qadar Yaponiyada
o‘rtacha umr qirq yoshdan oshmagan. Biroq ikkinchi
jahon urushidan so‘ng ahvol o‘zgargan. Bu
mamlakatda dengizbo‘yi iqlimi uzoq yashashning
muhim jihatlaridan biri hisoblandi. Negaki, dengiz
havosi organizmga ta’sir ko‘rsatadigan zararli
moddalarni tozalab, qulay sharoit yaratadi.
Taomlarda soya miqdori ko‘pligi esa yurak
xastaliklarining oldini olib, suyaklarni
mustahkamlaydi. Ko‘k choy modda almashinuvini
yaxshilaydi. Dengiz mahsulotlari (baliq va boshqa
jonivorlar, turli suv o‘tlari) tarkibida yod va ftorning
ko‘pligi ham salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat aholisining atigi uch
foizigina ortiqcha vaznga ega.
Sog‘lom va uzoq yashash uchun yaponlardan ko‘k
choy ichishni, soya va pishgan baliqni ko‘p iste’mol
qilishni o‘rgansa bo‘lar ekan. Fransuzlar esa
taomlarni juda kam iste’mol qilishadi. Hatto
restoranlarda kosaga solib beriladigan bir kishilik
ovqat miqdori ham boshqa mamlakatlardagiga
qaraganda ancha kam. Buning ustiga taomni mayda
chaynab, sekin iste’mol qilish urf bo‘lgan. Ayni
chog‘da, ular pishloq, qaymoq, go‘sht, yog‘, turli
pashtet va vinoni xush ko‘rishadi, shoshilib
ovqatlanishga esa madaniyatsizlik belgisi deb
qarashadi. Shoshilmay ovqatlanish tufayli bir oyda
4-5 kilogramm ortiqcha vazndan xalos bo‘lish va
organizmni oz miqdordagi taomlarga qanoat qilishga
o‘rgatish mumkin ekan.
Skandinaviyada qish qattiq keladi, yoz esa qisqa.
Iqlim ancha noqulay hisoblanadi. Biroq mamlakat
aholisi yog‘li baliq go‘shtini ko‘p iste’mol qiladi.
Baliq yog‘i yurak, qon tomirlar, bo‘g‘imlarni himoya
qilib, altsgeymer xastaligining rivojlanish jarayonini
susaytiradi. 1970-yillarning boshiga qadar bu
mamlakat aholisi yurak xastaligi bilan bog‘liq o‘lim
holatlari bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turardi.
Toza havoda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish
targ‘iboti keng yo‘lga qo‘yilgach, ahvol o‘zgardi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat aholisining yetmish
foizi sport bilan faol shug‘ullanadi. Ulardan ko‘p
baliq iste’mol qilish va sport bilan yopiq zallarda
emas, ochiq havoda shug‘ullanishni o‘rgansa
arziydi.
Italyanlar esa Yevropadagi eng ko‘p
chekuvchilardir. Shunga qaramay, Apennin yarim
orolida yashovchi bu xalq orasida yurak-qon tomir
va saraton xastaliklari kam uchraydi. Uzoq umr
ko‘rish sirlarini italyanlar mo‘‘tadil dengiz iqlimi,
achchiq qizil qalampirni ko‘p iste’mol qilish hamda
oilaviy-qarindoshlik munosabatlari mustahkamligi
bilan izohlaydilar. Ulardan kengfe’llikni, yayrab
yashash, ishga mukkasidan ketmaslikni o‘rganish
mumkin.
Kubada asosiy oziq-ovqat turlari talon orqali
sotiladi, odamlar eng o‘tkir sigaralarni ko‘p
chekishadi, kofeni litrlab ichadi. Shunga qaramay,
aholining o‘rtacha umr ko‘rishi yuqori. Mamlakat
sog‘likni saqlash tizimi samarali ishlaydi. Kubaliklar
nihoyatda optimist odamlar. Ulardan
depressiyalarga berilmaslik va omadsizlikdan aziyat
chekmaslikni o‘rganish kerak.
* * *
Boris Bolotov yoshi saksondan oshganiga qaramay,
sog‘ligidan shikoyat qilmaydi, xotirasi mustahkam,
o‘zi bardam va tetik. Shu sababli o‘zini o‘smirlarday
yengil his qiladi. Uning uzoq vaqt sog‘lom, bardam
va baquvvat yashashining o‘ziga xos sirlari ko‘p. U
uyida tarkibi to‘rt xil kuchsiz kislotadan iborat vino
tayyorlaydi. Turli kvaslar tayyorlash ham uning
“xobbisi”. Uning fikricha, bu ichimliklar
organizmdagi viruslar, zamburug‘lar va
bakteriyalarni o‘ldiradi. “A’zoi badanimdagi suyaklar
xuddi yosh bolalarnikidek egiluvchan. Nahang,
osetra, kambala baliqlari, kalmarlar, agar birorta
yirtqich hamlasiga duch kelmasa, juda uzoq
yashaydi. Angliyada vazni o‘n uch kilogrammlik
kambala tutilganda uning 850 yil yashagani
aniqlangan”, deydi u.
B. Bolotovning fikriga ko‘ra, odam tanasidagi
limfalar hamisha tuzga to‘yingan bo‘lishi kerak.
Shunda bironta kasallik yo‘lamaydi, limfalardagi
tuzning kamayishi immunitetning susayishiga olib
keladi. Biroq e’tibor beradigan jihat shundaki, o‘sha
tuzlar tarkibi kaltsiysiz bo‘lishi kerak. Shifokorlar
ko‘pincha suyaklarni mustahkamlash uchun kaltsiy
qabul qilishni maslahat berishadi. To‘g‘ri, kaltsiy
suyakni mustahkamlaydi. Biroq ayni shu jarayonda
tog‘aylar va qon hosil bo‘luvchi iliklar ziyon ko‘radi.
Shuni yoddan chiqarmangki, kaltsiy miqdori osh
tuzida 17 foiz, oddiy suvda 15 foiz, ko‘pgina dori-
darmonlar tarkibida esa 40 foizni tashkil etadi.
Kaltsiyni me’yordan ortiq qabul qilish tufayli biz o‘z
tog‘aylarimizni shikastlab, qarilikni yaqinlashtiramiz.
B. Bolotov ko‘p yillar shifoxonalarda bo‘lib, vafot
etgan kishilarning kasallik tarixini o‘rgangan va turli
xastalikdan ko‘z yumganlarning aksariyati qonining
quyuqlashishidan qazo qilganiga e’tibor qaratgan.
Shunda odamlar xastalikdan emas, ko‘pincha
qonining quyuqlashishidan o‘ladi, degan xulosaga
kelgan. Uning o‘zi esa organizmidagi kaltsiyni
muttasil ravishda turli kvaslar, vinolar bilan yuvib
turadi. Shu sababli tog‘aylari mayin va egiluvchan. U
a’zoi badanidagi kaltsiysiz tuz me’yorini saqlash
evaziga turli shishlar va qonning quyuqlashishi oldini
olishga harakat qiladi. Negaki, qonning
quyuqlashishi ishqoriy muhitdagina ro‘y beradi.
Organizm har kuni 500 gramm miqdorida ishqoriy
muhitli o‘lgan to‘qimalarni ishlab chiqaradi.
Radiatsiya, nitratlar, zaharli moddalar ta’sirida
zararlangan to‘qimalar ham ana shunday ortiqcha
chiqit bo‘lib, ulardan qutulish uchun organizmga har
kuni 8-9 litr me’da shirasi (kuchsiz kislotalar) zarur
bo‘ladi. Ekologiyadagi o‘zgarishlar tufayli organizm
bundan kamroq miqdorda me’da shirasi ishlab
chiqaradi. Me’da shirasi yetishmasligi tufayli
organizmdan chiqib keta olmagan ortiqcha chiqitlar
shishlarni hosil qiladi.
Buning ustiga biz ko‘katlar va dori-darmonlar bilan
organizmimizni yanada ishqorlaymiz. Odam
ichagining uzunligi echkinikidek 35 metr emas, atigi
besh metr xolos. Shu sababli o‘tlar ichaklarda achib
ulgurmaydi. Bunda achitilgan karam, sabzi va lavlagi
iste’mol qilish organizmga yordam beradi.
Qadimgi misrlik kohinlar va shifokorlar fir’avnlarni
tuz singdirilgan papirus matosiga o‘rab qo‘yish,
tuzlamalar va maxsus taomlardan iste’mol qildirish
yo‘li bilan yashartirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Buning ustiga misrliklar zamonaviy tibbiyotdan farqli
o‘laroq, xastalikning asoratini emas, uning
sabablarini davolashda mohir bo‘lishgan.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 1154 | | Теги: Umr uzoqlik Sirlari | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Iyul 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz