SHERLAR.BIZ Dushanba, 23.12.2024, 05:25
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Iyun » 19 » Uchta Cho'chqacha Va Bo'ri -"To'qilmagan Ertak"...
10:12
Uchta Cho'chqacha Va Bo'ri -"To'qilmagan Ertak"...
Mana ertagimni aytishni ham vaqti keldi.Sizlarga vada berganimday To'qilmagan Ertagim davom etadi,qani endi boshladik..!

Xullas bir bor ekan-u,bir yo'q ekan..! Qadim-qadim zamonda,allaqaysidir tomonlada uchta bir-biriga mehribon cho'chqachalar yashashgan ekan.Ular har kuni mehnat qilisharkan,birgalikda qo'shiq aytishib o'ynashar ekan.Birgalikda ular yengilmas kuch ekanlar...Kunlardan bir kuni cho'chqachalarning eng aqllisi zerikib osmonga termulib o'tirsa,hayoliga bir ajoyib fikr kelibdi.Cho'chqachalarni yig'ib,kelilar o'rmon axliga konsert uyushtiramiz balki aytgan qo'shiqlarimiz boshqa hayvonlargayam yoqar debdi.Qolgan cho'chqachalar o'ylab ko'rib uning aytganiga rozi bo'libdi va konsertga bilet tayyorlab uni reklama qilib o'rmonga tarqatibdi.Lekin biletni narxi shunaqangi qimmat ekanki,ularni qo'shig'ini eshitishga xech kim kelmabdi.Chunki ular hali konsert berishga yosh cho'chqachalar edida.Cho'chqachalar uyiga qaytishibdi,u paytda hali bo'ri bo'lmagan ular tinch osoyishta yashab kelardi...Bir kuni kechasi cho'chqachalar uxlab yotishganida,eshik to'satdan qattiq taqillabdi.Cho'chqachalarning biri uyg'onib ketibdi va kechasi kim bezovta qildi ekan deb eshikni ochsa xech kim yo'q ekan.Xayron bo'lib yerga qarasa eshik tagiga savat ichida kichkina oppoq pampersga o'ralgan bo'ri bolasi uxlab yotganmish.Cho'chqacha savatni qo'liga olib atrofni ko'zdan kechiribdi,lekin xech kim yo'q edi.Nima qilishini bilmay bo'ri bolasini uyga olib kiradi va cho'chqachalarni uyg'otadi.Qaranglar kechasi eshik tagiga chaqaloq tashlab ketishibdi endi uni nima qilamiz.!? Biri kelib voy bo'ri bolasimi qayerdan olding tez joyiga qo'yib kel onasi bilsa bizni sog' qo'ymaydi.! Aytyapmanu kimdir eshigimiz tagiga tashlab ketibdi deb.! Hmmm masala jiddiy nega endi aynan bizning uyimizga tashlab ketishgan ekan o'yladi uchinchi cho'chqacha.!? Kelilar biz uni parvarishlaymiz bekorga eshigimiz tagiga tashab ketishmagandir,balki onasi bu dunyoda yo'qdir xozir kim biladi balki uni xech kimi yo'qdir.Olla gapingni qarayu debti ikkinchi cho'chqa.Aql bilan ish tutish kerak deya cho'chqalarning aqllisi uni savatdan olib issiq joyga yotqizibdi va atrofini qafas bilan o'rab,uni bizga beribdimi bo'rivoy bizniki uni biz katta qilamiz.Kelajakda u bizni qo'riqlaydi yirtqich hayvonlardan debdi.Unga qara u bo'rining bolasi katta bo'lsa uni o'zi yovvoyi hayvon bo'ladiyu kun kelib bizni yeb qo'ymasaydi debdi ikkinchi cho'chqacha.! Judayam qo'rqoqsanda debdi uchinchisi xullas endi seni ota-onang bugundan boshlab uchta cho'chqacha deya,bo'ri bolasiga qarab alla aytishibdi:
Sokin Tun Angladim Bugun,
Bo'rivoy Bizning Bolamiz Bu Tun.
Uni Nechun Onasi,Tishlari Katta Bolasi,
Balki Bizni Ovqat Deb,Tashlab Ketganmi Bizga.
Aytgin Tun...Nega Bizga Muammo Bu Aytgin Tun,
Onasi Alla Aytishni Bilmaydi Yoki Aytgin Tun.
Bilaman Bugun Bizga Bor Bo'ri Bolasi,
Ertagachi Bo'ladi Onasining Nolasiiii.
Bizni Yemasa Bo'lgani,Boqqanimizga Yarashaaa,
Sokin Tunda Uvillab,Bizga Uyqu Bersa Bo'ldi U Tunda.
Katta Bo'lsa Bizga Mehribon Bo'lsa Bo'ladidaaa,
Sokin Tun Angladim Bugun,
Bo'rivoy Bizning Bolamiz Bu Tun...
Hamma uxlab qolibdi.! Tong otgach cho'chqachalar o'rnilaridan turib bo'ri bolasining oldiga kelibdi.Bo'rivoy uyg'onibdi va cho'chqachalarga ko'zlarini katta-katta ochib qarabdi.Cho'chqachalarni aqllisi ko'z oynak taqib bo'rivoydan so'rabdi.Bo'rivoy nega seni ko'zlaring buncha katta!? Sizlarni yaxshilab ko'rishim uchun debdi bo'rivoy.Uchinchisi bo'rini tekshirib so'rabdi.Bo'rivoy nega seni quloqlaring buncha katta!? Sizlarni qo'shiqlaringizni yaxshi eshitish uchun debdi bo'rivoy kulib.Ikkinchi qo'rqoq cho'chqacha qaltirab bo'rivoydan so'rabdi.Bo'rivo.o.oy nega tishlaring buncha katta debdi.Sizlarni mazza qilib yeyishim uchun debdi bo'rivoy qafasdan otilganicha,cho'chqachalarni yo'lini to'sibdi.Cho'chqachalar qarashsa bo'rivoy hali yosh emas kattakon bo'ri ekan,u faqat biroz kichkina ko'rinishda ekan.Shu bilan Uchta Cho'chqacha bo'rining tuzog'iga tushibdi lekin bo'ridan qochib ketishga ulgurishibdi va necha yillardan buyon bo'rivoy cho'chqachalarni quvlab yurarkan aytishlaricha xozir ham bo'rivoy cho'chqalarni tutolmay yurganmish.Uch cho'chqacha va bo'ri ertagi mana shunday boshlangan edi...

Mana sizlarga aytmoqchi bo'lgan ertagim ham o'z nihoyasiga yetdi.Sizlarga yoqdi degan umiddaman va keyingi shanbada aytadigan ertagim xozircha sir yani ertagim hali To'qilmagan ..
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 882 | | Теги: Uchta Cho'chqacha Va Bo'ri -To'qilm | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz