SHERLAR.BIZ Juma, 27.12.2024, 06:50
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Iyul » 11 » Toshkentda sevgan qiziga romantik tarzda turmushqurish taklifini bildirgan yigit maqtovlar ostida qoldi
15:56
Toshkentda sevgan qiziga romantik tarzda turmushqurish taklifini bildirgan yigit maqtovlar ostida qoldi
Toshkentdagi “Lokomotiv” istirohat bog‘ida yigit o‘z
sevgan qiziga turmush qurish taklifini romantik
tarzda bildirdi. Bu haqda bog‘ning Facebook’dagi
rasmiy sahifasi xabar berib, voqea joyidan surat
bilan bo‘lishdi.
“Bog‘imizdagi favvora yonida romantik musiqa
ostida turmush qurish taklifi bildirildi, — deyiladi
xabarda. — Gullar, kameralar, olqishlar, qizning
quvonch ko‘z yoshlari va atrofdagilarning hayajonli
luqmalari — qiz ‘Ha!’ — deya rozilik bildirdi”.
Joylangan suratda bir guruh kishilar guvohligida
yigitning tiz cho‘kib, qizga umid bilan boqayotganini
ko‘rish mumkin. Allaqachon qorong‘i tushib qolgani
bois, ularni maxsus projektorlar orqali yoritib
turishibdi. Yollangan fotosuratchilar esa ushbu
“tarixiy” lavhani kadrga muhrlash bilan ovora.
Atrofdagilarning ba’zilari ularni havas bilan (qizlar),
qolganlari biroz ensasi qotib (yigitlar)
kuzatayotganini ko‘rish mumkin.
Postga bildirilgan izohlarda ham turli fikrlarni o‘qish
mumkin. Ko‘pchilik ikki yoshni bunday ajoyib kun va
bo‘lajak to‘y bilan tabriklagan. Qolgan
foydalanuvchilarning bir qismi yigitni jasorat va
hozirgi kunda kamdan-kam uchraydigan romantika
uchun maqtagan bo‘lsa, boshqalar o‘zlariga bu holat
erish tuyulganini izhor qilishga shoshilgan.
Voqea qahramonlarining har ikkisi ham ular uchun
haqiqiy bayramni uyushtirishga yordam bergani
uchun bog‘ga minnatdorchilik bildirib izoh qoldirgan.
Категория: O`zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 1167 | | Теги: Toshkentda sevgan qiziga romantik t | Рейтинг: 5.0/4
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyul 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz