Статистика |
Hozirda saytda: 20 Mexmonlar: 20 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Iyun » 5 » Toshkentda kuchli shamol natijasida singan daraxt mashinani bosib qoldi
07:08 Toshkentda kuchli shamol natijasida singan daraxt mashinani bosib qoldi |
Bugun tush paytida Toshkentda to’satdan kuchli shamol esa boshlaganidan ko’pchilikning xabari bor. Buning natijasida zarar ko’rganlar ham yo’q emas.
Tushga yaqin Amir Temur xiyoboniga ketayotgandim. O’zbekiston tarixi davlat muzeyi yonidan o’tayotganda shamol natijasida daraxtning qulaganiga ko’zim tushdi. Tezroq yurib, o’sha joyga yetdim. Daraxt tagidan qo’porilib, piyodalar yo’lagida turgan "Matiz” avtomashinasi ustiga tushgan ekan.
Mashina egasi yordam berishimni so’radi. Yaqinlashgan paytimda yonimizdagi boshqa bir daraxtdan katta shox sinib tushdi. Keyingi safar sinib boshimga tushsaya degan o’y keldi. Biroq uyat o’limdan qattiq deyishadi, xullas, yordamlashib yubordim. Amallab mashinani chiqarib oldik. "Matiz”ning old oynasi singan, kapoti va chap qanotiga shikast yetgan.
Men haydovchiga sug’urta kompaniyasi mas’ul xodimlarini chaqirishni maslahat berdim. U esa mashinani taqiqlangan joyga qo’ygani bois (yuqorida piyodalar yo’lagida turgani aytildi) ular pul to’lamasligi mumkinligini aytdi. Men unga omad tilab, yo’limda davom etdim.
Voqea joyidan ketar ekanman, hisoblab ko’rdim: agar mashina yo’l chetiga qo’yilganida, bu ko’ngilsiz hodisa yuz bermasdi. Umuman olganda qoidalarning har qanday ko’rinishdagi buzilishi yaxshi emasligi shu voqea misolida yana bir bor o’z tasdig’ini topdi.
O’zingizni va molingizni ehtiyot qiling!
|
Категория: O`zbekiston Yangiliklari |
Просмотров: 1001 |
| Рейтинг: 5.0/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|