Главная » 2013»Dekabr»19 » Telegramni buza olgan kishiga 200 000 dollar va’da qilindi
00:43
Telegramni buza olgan kishiga 200 000 dollar va’da qilindi
Pavel Durov uning Telegram messenjeridagi yozishmalari shifrini buza olgan va buni amalga oshirish yo‘lini tushuntirib bergan kishiga 200 ming dollar va’da qildi. Bu haqda LookAtMe nashri xabar berdi.
Telegram’ning kelajagi haqidagi muhokamada bildirgan fikrida Durov messenjerda mavjud algoritmning munozaralarga sabab bo‘layotganini ta’kidlab, ushbu bahslarga o‘ziga xos yakun yasashni taklif qildi. Buning uchun Telegram trafigi shifrini buzish bo‘yicha tanlov e’lon qilish taklifini kiritdi. Durov Telegram’da ro‘yxatdan o‘tganidan buyon olib borgan yozishmalari trafigini ochib qo‘yishini, uni rasshifrovka qilgan kishiga 200 ming dollar topshirishini ma’lum qildi.
"Natijada Telegram o‘zida mavjud kamchiliklarni ko‘rib, maxsus xizmatdan yanada kuchliroq himoyalanadi yoki o‘z protokolining mustahkam ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qiladi”, — deya qayd etdi Durov.