SHERLAR.BIZ Payshanba, 25.04.2024, 20:33
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Iyul » 12 » Siz qanday umr yo’ldoshsiz? (Psixologik test)
08:34
Siz qanday umr yo’ldoshsiz? (Psixologik test)
Erkaklarni oilaning ustuni deyishadi. Har doim oilani
e’zozlagan, ayolini hurmat qiladigan erkaklar
hayotda yutadilar. Yutqiziqlari nisbatan kam bo’ladi.
Ho’sh, siz qanday oila boshlig’isiz? O’zingizni
qanday umr yo’ldosh ekanligingizni, oilada,
farzandlaringiz oldidagi burchingizni qanday
bajarayotganingizni bilmoqchi bo’lsangiz, quyidagi
test yordamida o’zingizni sinab ko’ring.
Agar siz berilgan javoblardan "a” ni tanlasangiz-4
ball yozing, "b” ga-2 ball, "v” ga esa 0 ball yozib
qo’ying.
1. Siz uy yumushlarini qanday taqsimlaysiz
a) hizmat ishlaridan kelib chiqqan holda.
b) har biringizning ixtiyoringizga ko’ra
v) ular bus-butunicha ayolingiz zimmasida
2. Rafiqangiz bilan ishdagi va shaxsiy hayotingizdagi
muammolaringizni o’rtoqlashasizmi?
a) ha
b) gohida
v) yo’q
3. hulqingizda rafiqangizni ranjituvchi biror nohush
holat: spirtli ichimliklar iste’mol qilish, qo’pol
muomalada bop’lish, boshqa ayollar bilan
munosabatlar va h.k.lar bormi?
a) yo’q
b) ha, biroq doimiy emas
v) ha
4. Hal qiluvchi vaziyatlarda ayolingizga yordam
berasizmi?
a) harakatlar va maslahatlar bilan
b) faqat maslahatlar bilan
v) yordam bermaysiz
5. Rafiqangizning sog’lig’I, maqsadi, intilishlari bilan
qiziqasizmi?
a) ha
b) bunga vaqtim yetmaydi
v) buning o’rniga televizor ko’raman yoki sevimli
o’yinimni o’ynayman.
6. Ayolingizni yutuqlariga, xona jihozlaridagi
o’zgarishlarga, oshpazlik mahoratiga, nozik didiga,
sport bilan shug’ullanishga e’tiborlimisiz va bundan
hursand bo’lasizmi?
a) ha, buni har doim olqishlagan holda
b) oz-moz
v) yo’q
7. Turmush o’rtog’ingizga tanqidiy (albatta do’stona)
munosabatda bo’lasizmi?
a) ha
b) yo’q
v) unga nisbatan qattiqqo’lsiz.
8. Rafiqangizning fikriga quloq solasizmi?
a) ha, uni diqqat bilan
b) gohida, qachonki qattiq talab qilsa
v) yo’q
9. O’zingizga nisbatan talabchanmisiz?
a) judayam
b) oz-moz
v) yo’q
10. Farzandlarga qarashda va ularni tarbiyalashda
faol ishtirok etasizmi?
a) ha
b) vaqt topilganda
v) yo’q
11. Farzandinlaringizda uy-ro’zg’or ishlariga yordam
berish ko’nikmasini shakllantirasizmi?
a) ha, sizning o’zingizda ham ho’jalik ishlarida
rafiqangizga yordam berasiz
b) siz farzandlaringiz bilan gaplashib, buning
ahamiyatini tushuntirasiz
v) yo’q
12. Bolalarga onasiga nisbatan e’tiboringiz
bo’lmaslikni, hurmatini saqlashni o’rgatasizmi?
a) ha, o’zingiz ham unga e’tiborsiz emassiz
b) siz ularga buning zarurligini aytasiz
v) yo’q
13. Farzandlaringizning oldida onasining hurmatini
saqlay olasizmi?
a) albatta
b) unchalik emas
v) yo’q
14. Turmush o’rtog’ingiz bilan tortishib
qolganingizda:
a) bir-biringizni diqqat bilan tinglay olasiz
b) bir-biringizni tinglashga harakat qilasiz, biroq har
doim ham buning uddasidan chiqa olmaysiz
v) ko’p hollarda tortishuv janjalga aylanadi
15. Tortishuv vaqtida o’zingizga tanqidiy bera
olasizmi?
a) odatda ha
b) harakat qilasiz
v) yo’q
16. Siz turmush o’rtog’ingiz bilan munosabatingizda
yo’l qo’ygan hatolaringizni tuzatish uchun biron
chora ko’rasizmi?
a) ha, shu zahotiyoq;
b) ha, bir oz vaqt o’tgandan keyin;
v) yo’q.
17. Oylik maoshni uyga tashlab ketish zarurligini
sizga aytib turish kerakmi?
a) yo’q kerak emas;
b) gohida kerak;
v) sizlarning pullaringaz umumiy bo’lmaganligi uchun
har kim o’zinikini o’zi sarflayveradi.
18. Agar «oila boshlig’i» deganda oila byudjetiga
katta moliyaviy ulush qo’shuvchi va ta’minlovchi
tushunilsa, bu «unvon» kimga tegishli bo’lishligi
haqida sizlarda tortishuvlar bo’lib turadimi?
a) Yo’q, sizning oilangizda tan olingan yetakchi bor;
b) pul bilan bogliq masalalarni hal qilishda o’zaro fikr
almashamiz;
v) bo’lib turadi
19. Qabul qilishingiz lozim bo’lgan qaroringizning
haqqoniyligini bilsangiz ham, bekangiz bilan maslahat
qilishni zarur deb hisoblaysizmi?
a) ha, farzandlarimni oldidagi hurmatni saqlash
uchun;
b) juda kam holatlarda
v) yo’q
20. Er sifatida rafiqangizning talablariga javob bera
olishingizga ishonasizmi?
a) ha
b) ikkilanaman
v) yo’q
21. Rafiqangizdan boshqa ayollarga qiziqishingiz…
a) yo’q
b) kamdan-kam
v) doimiy
22. Bekangizning intilishlariga, qiziqishlariga mo’nelik
qilasizmi?
a) yo’q
b) gohida
v) ha
23. Do’stlaringiz davrasida dam olishda, futbolda,
choyxonaga chiqishda, gap-gashtaklarda
qatnashishga ishtiyoqingiz qanday?
a) unchalik emas
b) rafiqamning fikricha juda baland
v) sharoitga qarab
24. Mashinangiz o’zingizga kerak bo’lganda, uni
rafiqangiz olishiga ruxsat berasizmi?
a) ha
b) agar mashinangizsiz ham ishingizni bitkaza
olsangiz
v) rafiqangiz mashina boshqarishiga faqat siz bilan
chiqishi mumkin
25. Turmush o’rtog’ingiz mashina boshqarayotganda
siz o’zingizni qanday tutasiz?
a) hotirjam
b) qaltis vaziyatlarda maslahat berasiz
v) ko’pincha o’rgatib turasiz
26. Uzoq ayriliqdan keyin uyga tezroq yetib olishga
shoshilasizmi?
a) albatta
b) unchalik emas
v) yo’q
27. Bayram kunlari turmush o’rtog’ingizga gullar,
sovg’alar hadiya qilasizmi?
a) ha, hatto sabablar bo’lmaganda ham
b) gohida
v) yo’q
28. Turmush o’rtog’ingiz bilan ta’tilni qanday
o’tkazasizlar?
a) oilaviy dam olishni ma’qul ko’rasiz
b) sharoitga bog’liq
v) u bilan ta’til haqida fikrlarimiz turlicha
29. Rafiqangizning qaysi sifatlariga ko’proq
diqqatingizni qaratasiz?
a) ijobiy
b) salbiy
v) bunday qilmaslikka harakat qilasiz
30. Siz bekangiz yoqtirgan narsalarni mamnuniyat
bilan bajarasizmi?
a) albatta
b) har doim emas
v) yo’q
31. Fikringizcha, sizni rafiqangiz bilan nima bog’lab
turadi?
a) sevgi, do’stona munosabat va umumiy maqsadlar
b) odat, farzandlar
v) umumiy mulk
32. Agar sizga umr yo’ldoshingizni qayta tanlash
imkoniyati berilsa:
a) aynan mana shu umr yo’ldoshni tanlagan
bo’lardim
b) ikkilanayapman
v) boshqani tanlar edim
natija:
86-128 ballgacha
Sizning nikohingiz bir-birini sevuvchi ikki teng
huquqli ittifoqdir. Sizlarni do’stona munosabat ham,
umumiy maqsadlar ham birlashtiradi. Siz umr
yo’ldoshingizga ko’p narsa berasiz va odatda undan
nimani kutgansiz shuni olasiz.
44-85 ballgacha
Sizning oilaviy munosabatlaringiz o’zaro
mutanosiblikda. Siz bolalarni voyaga yetkazishda,
uy-ro’zg’or ishlarini yuritishda o’zingizning
hissangizni qo’shayapsiz. Lekin rafiqangizning
shahsiyati bilan yetarlicha qiziqmaysiz. U bilan
bo’lgan munosabatlarda ayrim holatlrga yo’l
qo’yasiz. Bu haqda o’ylab ko’rishingizni maslahat
beramiz.
0-43 ballgacha
Sizni aslida qandaydir rishtalar bog’lab turibdi: odat,
farzandlar yoki umumiy muklmi? Shunga aniqlik
kiriting. O’zingizga nisbatan talabchan bo’lish vaqti
yetmadimikin? Balki rafiqangizga ko’proq vaqt
ajratib, u bilan qiziqishingiz lozimdir? Shu vaqtgacha
parokanda oilaviy muhitingizga odatiy bir hol deb
kelgan bo’lsangiz, endi g’ayratingizni ayamang. Balki
shundagina siz oilangizda deyarli yetishmayotgan
fayzli, iliq muhitni paydo qilishga erishasiz.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 1495 | | Теги: Siz qanday umr yo’ldoshsiz? (Psixol | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Iyul 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz