Статистика |
Hozirda saytda: 15 Mexmonlar: 15 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Iyun » 2 » Sevgi dunyosi
|
Kunlarning birida ikki dengizchi dunyo bo‘ylab sayohatga chiqishibdi. Ularning maqsadi o‘z baxtlarini topish ekan. Jahongashtalar bir orolga suzib borishibdi. U yerda bir qabila yashar, qabila sardorining ikki qizi bor ekan. Kattasi chiroyda tengsiz, kichigi esa andak ko‘rksizroq ekan. Dengizchilardan biri sherigiga debdi: — Bo‘ldi, men o‘z baxtimni topdim, shu yerda qolaman va sardorning qiziga uylanaman. — Ha, sen haqsan, sardorning katta qizi sohibjamol, oqila. Qaroring to‘g‘ri – uylan. — Meni tushunmagan ko‘rinasan, do‘stim. Men sardorning kichik qiziga uylanmoqchiman. — Nima, aqldan ozdingmi? Axir u… unchalik ham… — Qarorim qat’iy – shunday qilaman. Do‘sti o‘z baxtini izlab dengiz sayohatida davom etibdi. Kuyovbola esa qizning qo‘lini so‘rashga otlanibdi. Qabilada bir odat bor ekan: qalin uchun sigir berilar, yaxshi qizlarning qalini o‘n sigirni tashkil qilar ekan. Dengizchi o‘nta sigirni olib, sardorning qoshiga kelibdi. — Sardor, men sening qizingga uylanmoqchiman. Evaziga o‘nta sigir berishga tayyorman. — To‘g‘ri tanlabsan. To‘ng‘ich qizim ham xushro‘y, ham oqila. U o‘n sigirga arziydi. Men roziman. — Sardor, meni tushunmading. Men sening kichik qizingni so‘rab keldim. — Nima, hazillashyapsanmi? Ko‘rmayapsanmi, u axir… unchalik… — Men aynan shu qizingga uylanmoqchiman. — Yaxshi, biroq, adolatim haqqi, men sendan o‘nta emas, uchta sigir olishim mumkin. Chunki kichik qizim faqat shunga arziydi. — Yo‘q, men o‘nta sigir beraman. Xullas, sayohatchi sardorning kichik qiziga uylanibdi. Yillar o‘tib, jahongashta do‘st shaxsiy kemasida shu orolga qaytib kelibdi. Uning maqsadi do‘sti qanday hayot kechirayotganligini bilish edi. Do‘stining manzilgohiga kelgan ham edi, uni husn-u jamolda benazir ayol qarshi oldi. Ayoldan do‘stini so‘rab bildi. Kelib ko‘rdi: do‘sti o‘tirar, atrofida bolalari o‘ynoqlashar edi. — Turmushing qanday? — Baxtliman. Shunda yonlariga boyagi go‘zal ayol kelib to‘xtadi. — Mana, tanish. Bu – rafiqam. — Tushunmadim, yana uylandingmi? — Yo‘q, bu – o‘sha ayol. — Lekin bu qanday ro‘y berdi: u juda ham o‘zgarib ketibdimi? — O‘zidan so‘ray qol. Mehmon ayolga so‘z qotdi: — Qo‘polligim uchun kechir, lekin eslashimcha, sen unchalik ham… Bu go‘zallikka qanday erishding? — Shunchaki men o‘nta sigirga arzirli ekanimni tushunib qoldim. Qissadan hissa: o‘zingizni nimaga loyiq deb bilsangiz, siz undan boshqa narsa emassiz.
|
Категория: Sevgi dunyosi |
Просмотров: 960 |
| Рейтинг: 5.0/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|