Статистика |
Hozirda saytda: 14 Mexmonlar: 14 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Iyun » 24 » Sevgi Bitiklari → Hayol
20:17 Sevgi Bitiklari → Hayol |
Bugun yana va yana sizni esladim ko’zlarimni ohista yumib hayollarim ummonidan sizni izlay boshladim… Ha, mana siz hamon o’sha yerdasiz o'sha hayollarim ummonining kichkinagina kemachasida sarson-sargardonsiz endi siz u joydan hatto ketolmasangiz kerak chunki men sizni unuta olmayabman meni kechiring Bilasizmi hozir ko’zim bilan birga qalbim ham yum-yum yig’layabdi sizni sog’inib ketdim nega nega yonimga kelmayabsiz mayli, hech bo’lmasa yo’limda to’qnash bo’lib qolsangiz bo’ladi-ku
Kim qiynaydi o’tlarga solib Ko’chalar kezasan izlab kimnidir Kim uchun yashaysan azizim yonib U esa yoninga kelmas negadir
Mana kuz xam kirib kelyabdi sizni eslatadigan , xotiralarni yodga oladigan ma’yus fasl nega sizni xanuz unutolmayabman axir sizni faqatgina bir martagina ko’rdim xolos … Nega nega o’shanda menga kulib boqdingiz … men esa shu kulishlaringizga mahliyo edim ….keyin negadir ketdingiz men esa sizga bitta so’z aytishga ojiz bo’lib ortingizdan termulib qolaverdim … Endi esa butun umrim sizni o’ylash va sizni bir bora ko’rish ilinjida o’tayabdi Sizni sog’indim …
Eslaysizmi fayzli bir oqshom Borliq kaftin tutardi nurga Muhabbatga aytib sharafshon Oy borardi biz bilan birga
Biz to’htadik to’htadi oy ham Ikki ko’cha ayriliq joyda Hayr degan vidodan bu dam Qalqib ketdi ehtimol oy ham
O’sha yo’llar ayrilar bir joy Biz ayrildik butun umrga Bulutlarni hatlab-hatlab oy Yo’lga tushdi men bilan birga
Sizni tushlarimda ko’rish uchun yulduzlarni sanayman ,hatto yulduzlarim qolmadi sanayverib mana bir yildir-ki shu ahvol sizni sog’inaverib ado bo’ldim …..
|
Просмотров: 840 |
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|