Yolg'onchi qiz Jasmina! Alda meni, alda, ishongunimcha. Ishontir meni qul bo'lgunimcha. Yolg'onchi qiz Jasmina a. So'zlari chiroyli, gaplari ma'noli. Hech aybi yo'q, o'zi iymonli. Yolg'onchi qiz Jasmina, aldoqchi qiz Jasmina. Ko'zlari misli olov. Yondiradi yurakni. Juda ham chiroyli, oladi hayolni. Qaraydi qiri bilan, bo'ldi tamomman, bo'ldi usiz endi gadoman. Yolg'onchi qiz Jasmina. Kuladi muloyim, doyim qil tabassum iloyim. Ajoyibdirsan shunda. Yolg'nchi qiz Jasmina. Shivirlab ayt, pichirlab ayt, hech kim eshitmasin. Alda meni, sevaman deb alda. Ishonay yolg'oningga. Hursand bo'lay yolg'oningga. Yolg'onchi qiz Jasmina. Meni aldaganing hech kim bilmadi. Meni ishontirganing hech kim sezmadi. Meni kutirganing hech kim bilmadi. Yolg'onchi qiz Jasmina. Ex aldoqchi. Aldamaysanmi oxirigacha, o'yin qilibsan, qilmaysanmi oxirigacha. Men o'yinchoq, sen o'yinchoqboz. O'ynatayotganding nog'orangga. Kel o'ynalik birga deganimda, qochib ketdingku panaga. Qidirdim, izladim, charchadim. Topolmadim. Yolg'onchi qiz Jasmina. Keldingku yana yolg'onlaring bilan. "Mana bu men. Qarang qando go'zalman. Sevasmi? Yoki sevdiraymi? Balki majburlarman" deb. Mayli men sevaveraman. Gaplaringga ishonaveraman. Yolg'onchi qiz Jasmina. Nega meni aldaysan, nega meni qiynaysan? Yana nega ishonasmi deb so'saysan. Bilasanku. Senga ishonmay kimga ishonay. Yolg'onchi qiz Jasmina. Seni sog'inaman. Yo'q. Sendan ham ortiq bor sog'inganim. Bu seni yolg'onlaring. Qanday yashay yolg'onlaringsiz. Qanday eslay seni aldovlaringsiz. Meni yana alda, men hali ham sodda. O'shandek ishonuvchan, o'shandek sevuvchan. Yolg'onchi qiz Jasmina. Kel meni yana aldab tashla, meni ishontiriblar tashla. Sevdiriblar tashla. . . Sekingina kulib qo'ygin faqat, boshqalar bilmasin yolg'onchiligin. Axir sen "farishta"ku. Men uchun sen baribir sen. Yolg'onchi qiz Jasmina!