Politsiya xodimlari sa’y-harakati bilan murdaning shaxsi aniqlandi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra o‘ldirilgan erkak qurilishda brigadir bo‘lib ishlagan.
Surishtiruv natijalariga ko‘ra, 15-noyabr kuni ish vaqti tugagandan so‘ng 9 nafar ishchi brigadirdan maoshlarini berishni talab qilishgan. Natijada janjal kelib chiqqan va ishchilar boshliqlarini ayamay kaltaklashgan. Zarbalarni ko‘tara olmay jon taslim qilgan va ishchilar brigadir jasadini yashirish uchun ustidan beton quyib yuborishgan.
Hozirda qotillarning ikki nafari qo‘lga olingan, qolgan jinoyatchilar esa qidirilmoqda.