Rossiyaning Yakutsk shahrida bo‘lib o‘tgan Yangi yil ziyofatlaridan birida Qorbobo rolini o‘ynayotgan ishchi vafot etdi. Bu haqda "RIA Novosti” xabar bermoqda.
Rossiyaning Yakutsk shahrida joylashgan yemakxonalardan birida 22-dekabr kuni xodimlar Yangi yil ziyofatini uyushtiradi. Ishchilardan biri tadbirga Qorbobo sifatida kelishga rozi bo‘ladi. 41 yoshli xodim bayram oxirlaganida dam olish uchun yotib, o‘lib qoladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fikrlarga ko‘ra, erkakning tanasi topilganida, uning og‘zi skotch bilan mahkamlangani hisobga olingan holda, u nafas yo‘llariga o‘zi qayt qilgan massa tiqilib qolgani natijasida vafot etgani taxmin qilinmoqda. Biroq huquqni himoya qilish organlari bu versiyani hozircha tasdiqlagani yo‘q.