Bahora uyiga kelganda soat 14:10, uyda esa hech kim yo'q edi. Dadasi ishda. Singlisi darsda. Bahodir aka bir soatlarda qaytadi. Singlisi esa 16:larda uyga kirib keladi. Ular kelguncha ovqat tayyorlamoqchi bo'ldi. O'ylay-o'ylay chuchvara tayyorlashga qaror qildi. Axir bu dadajonining eng sevimli ovqati. U juda ko'p chuchvara tugdi, taxminan uch kunga yetadigan. U xamirlarni yoyar ekan, qatra- qatra ko'z yosh to'kardi. Nimanidur sezayotgandek, yum- yum yig'lar edi. Kechga tayyorlagulik qoldirib, qolganini muzlatgichga joyladi. U ishini tugatishi bilan dadasi kirib keldi. Salom va alik, xol-ahvol so'rashdan keyin Bahora dadasiga ovqatni pishirib berdi va uxlamoqchiligini aytdi. -Qizim, soat 15:30. Ha demay kech tushadi, uxlamay qo'yaqol. -negadur bezovta bo'ldi ota. -Xolsiz bo'lyapman dadajon, dam olaqolayin. Bahodir aka istamaygina bosh silkib, xo'p ishorasini bergach xonasiga kirib ketdi Bahora. *** -Qizim, soat 21:40 bo'ldi. Opangni uyg'ot. Qorni ochib ketgandur. -Xo'p, dadajon. Bahorani xonasiga kirgan Nigora - opasini shirin uxlab yotganini ko'rib uyg'otishga, uyqusini buzishga ko'zi qiymadi. -Dadajon, bir shirin uxlab yotibdilar, qo'yavering, uyquga to'ysa uyg'onar. Bahodir akani ichiga chiroq yoqsa yorishmas edi. Kechasi bir ko'zi ilingan ekan, raxmatli xotini Munisa opa tushiga kiribdi. Ko'ngli g'ash bo'lib yana qizlari ekkan o'rik daraxti ostiga borib yum-yum achchiq ko'z yosh to'kdi. Ko'zlariga uyqu ilinmagan Nigora u yoqqa ag'darildi, bu yoqqa ag'darildi. Hecham uyqusi kelmasdi. Yuragi nimadandur bezovtadek tinmay tipirchilar edi. Qo'llarini shunchaki yostiqlari ostiga tiqdi. Qo'liga bir parcha qog'oz ilashgandek bo'ldi. Qo'liga oldi, chiroqni yoqdi. Bejirim gulli mitti qog'ozda opasining dasxatida yozilgan so'zlar bor edi. "Ha uyquchi? Darsga kechikdingmi? Tezroq harakat qil! He, uyquchi. Kuning juda chiroyli o'tishini tilab qolaman. Seni juda yaxshi ko'raman singiljonim!" Nigorani yuragi "shig'" etdiyu, ko'zlarini chirt yumdi. Soat endigina tungi ikkiga bong ura boshlagan edi. U o'rnidan turib opasining xonasiga yugurdi. Bahodir aka Nigoraning yugurib Bahorani xonasiga o'tganini ko'rib, g'ash dili yanada qorong'ulashdi. Nigora chiroqni yoqganda opasi xuddi o'sha xolatida qimir etmay yodardi. -Opuuv, -negadur ko'zi namlandi. -Opajooon. -ikki tomchi yosh shoshib yuzlarida dumaladi. - Oposhaaa. -ovozi titrab, erkalanib chaqirar ekan, u tomon sekin yura boshladi. -Opajon. -u opasining yuzlaridan o'pdi-yu, lablari muzlab ketdi. Opasini jonsiz tanasini to'shakdan ko'targancha o'zi o'tirdi, u yotgan o'rinlar ham muzdek edi. Bahorani muzdek jasadini quchdi, qattiq quchdi. Sel bo'lib yig'lay boshladi. Ko'z yoshlari Bahorani yuzlariga tushardi. Opasini yuziga yana labini bosdi. Lablari seskanib ketdi. -Opajon, sovqotib ketibsiz-ku, keling sizni isitib qo'yaman. Taftim bilan isitaman opajonim. - u yig'lagancha Bahorani quchib turardi. Negadur o'zi ham muzlab ketardi. Havotir bilan yugurib kelgan Bahodir aka xonaga kirdi. Nigora bag'rida olib o'tirgan Bahorani ko'rib esi ketdi, oyog'idagi darmon ketib o'tirib qoldi. Nigorani bir qo'li uning bo'ynidan o'tkirilgan edi, Bahoraning boshi osmonga qaragancha jonsiz likillab turardi. Qo'li esa osilib turardi. -Bolam... Bolaaam! *** Bahora vadasini ustidan chiqdi. U aytganidek oppoq kafanda, shoxona taxti ravon bo'lmish tobutda bu uyni tark etdi. Keng uyni kelinchagi bo'laman degan edi, qabr uning makoni bo'ldi... *** Nigora endi har kuni darsga kechikardi. Bir kun shoshilib, oyoq kiyimlari orasidan qo'liga ilashganini oldi. Ichida maktub bor edi. "Yana kechikyapsanmi shumtaka? Iltimos, buni kiyma! Qara, pushtiligi uchun, kiyimlaringga mos tushmayapti, oq tuflingni kiyaqol, xop". U dili vayron bo'lib, oq tuflisini oldi. Uning ichi ham bo'sh emas edi. "Kuning ajoyib o'tsin. Jilmayib yur! Yugur endi, kechikyapsan.". Nigora xolsiz qadamlar ila uydan uzoqlashdi. Bir necha kun o'tdi. Soat jiringlagach Nigora shoshilib turdi. Bugun opasining tug'ilgan kuni. U yuz - qo'lini yuvib, pardoz oynasi oldiga o'tirdi. Oyna oldida turgan narsalarni chang bosib ketgandi. Shu jumladan maktubni ham. Uni shoshilib o'qiy boshladi. "Ooo, nimani sharofati bilan erta turding? Pardoz qilmoqchimisan? Bemalol. Qayerdan bildim aytaymi? Vaqting bemalol bo'lgan vaqtlargina pardoz qilasanda. Mayli, bugungi ishlaringga omad!" Nigora maktubni bag'riga bosgancha, yum-yum yig'ladi. "Tug'ilgan kuningiz bilan opajon. Sizni juda sog'indim, sog'inib ketdim". Oylar ketidan oylar o'tib, bahor keldi. Bahodir aka xotirjam, jilmaygancha uxlardi. Chunki, tushiga qizalog'i Bahora kirgan edi. U jilmaygancha, "Dadajon, mening daraxtim ham gulladi, endi u ham meva tugadi." deya mamnun edi. Uning uyqusini Nigoraning shodon ovozi buzdi: "Dadajon, opamning daraxti qurimabdi, qarang oppoq bo'lib gulladi. Juda ko'p meva beradi endi. Xuddi opam istaganidek, oppoq bo'lib gulladi. Hovlini esa gullarning ifori tutib ketdi, xuddi opajonim orzu qilgandek, dadajon!" u shunday deya oppoq bo'lib gullagan kattakon o'rik daraxti ostida shodon aylanardi... Kechiring meni, mehribon dadajon, Bilmagandim, omonatligin tandagi jon. Avf eting, shodon kunlar bera olmadim, Istasamda yoningizda qola olmadim. Jonim singlim, erkatoyginam, Ko'zlaringda aslo qalqmasin nam. Seni jondan aziz ardoqlar edim, Iloji bo'lganda, qolgan umrimni hadya qilar edim. Kechiring meni jonim, suyganim, Og'ir botmasin sizga bevaqt o'lganim... Ishoning bir bor ham qilmadim xiyonat, Shunchaki taqdir menga qilmadi adolat... Tamom! E'tiboringiz uchun tashakkur! Hurmat ila Sirli_qiz...