SHERLAR.BIZ Juma, 27.12.2024, 05:01
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 3
Mexmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Iyun » 19 » Qo‘shiq ham so‘nadi
20:04
Qo‘shiq ham so‘nadi
[Qo‘shiq ham so‘nadi

U bosh vaqt topdi deguncha, shahar markaziga – ikki cheti bo‘ylab hovli-joylar tizilib ketgan ko‘chaga jo‘naydi. “Baxtlar vodiysi” deb ataladigan bu ko‘cha uning uchun bir mo‘‘ziza, sirli olam bo‘lib tuyuladi. Bundan biron-bir naf chiqadimi-yo‘qmi, unga baribir, o‘sha yerga shoshilaveradi. Saratonning jazirama, qishning qahraton kunlarida, momaqaldiroq gumburlab, yomg‘ir sharros quyib yuboradigan ko‘klam kezlarida ham qatnagani-qatnagan.
“Bu uning ko‘chasi” deya hayajon bilan shivirlab qo‘yadi u. Huv anavi o‘n ikkinchi uyda Shodiya yashaydi.
Shodiya! Bu nomni har gal takrorlaganida endigina o‘n yetti yoshga to‘layotgan Mohirning tomirida qoni qizib, ehtirosdan entikar, qizning ismi go‘zalligidan, nafisligidan zavqlanar edi.
Ba’zan u beixtiyor qaylargadir tikilganicha tek turib qoladi. Orzu va xayollar olamiga parvoz qiladi. Shirin o‘ylari birdaniga xayol olamidan chiqib, haqiqatga aylanishini istab qoladi. Ko‘cha bo‘ylab borar ekan, qizning iffat nuri bilan yoritilgan chehrasi uning ko‘z oldida porlab ko‘rinar, olamning go‘zalligini, yashash va sevish qanday soz ekanligini butun vujudi bilan his qila boshlardi. Ha, bu qiz deb yashasa, unga intilsa, uning yo‘lida jon fido qilsa arziydi.
Tabiatan juda ziyrak, hamma vaqt odamga el bo‘lib ketadigan bu yigit go‘zallik shaydosi edi. Nafaqat inson jismidagi go‘zallik, balki qalb go‘zalligi, tuyg‘ular jilosi ham o‘ziga rom qilardi.
Endi bo‘lsa, shu musaffolikni, eng yuksak ezgulik va iffatni u Shodiya ismli mohtobon qiz timsolida ko‘rib qoldi. Ko‘rdiyu tinchligi buzildi, oromi yo‘qoldi, huzur-halovatidan ayrildi. Bilib-bilmay ishq o‘tida o‘rtana boshladi. Sohibjamol dilbar qiz hech erishib bo‘lmaydigan olis yulduz yanglig‘ uning xayolida uchib borardi.

* * *

Ko‘z ochib yumguncha kishi qalbiga ma’yuslik baxsh etuvchi sentyabr oyi ham yetib keldi. Moskvada o‘qiyotgan Mohir yozgi ta’tilni Toshkentda, o‘z uyida o‘tkazdi.
“O‘qishimga uch-to‘rt kun kechikib borsam, osmon uzilib yerga tushmas”, deb xayolidan o‘tkazdiyu qizni topib u bilan uzil-kesil gaplashishni maqsad qilib qo‘ydi.
Ikkinchi sentyabr kuni, nihoyat, qachonlardan buyon o‘ylab yurgani ro‘y berdi. Sayilgoh ko‘chasidan yurib borayotgan Mohirning ko‘zi ro‘parasidan kelayotgan Shodiyaga tushdi.
“Ana, u!” deb yubordi ichki bir nido. Qizning egnida xonatlas ko‘ylak, ipakday jilvalanayotgan qora sochlari tepasiga turmaklangan, xushbichim oyoqlarida to‘q pushtirang yaltiroq tufli, qo‘lida chiroyli ayollar sumkasi. Yozdagiday qizdirayotgan sentyabr quyoshi nurlarida u la’lday yonib, xiromon yurib kelayotgandi. Ha, u yosh va go‘zal, butun olam oyog‘i tagida! Tevarak-atrofdagilar unga suqlanib qarashadi.
Mohir g‘ayriixtiyoriy ravishda uning orqasidan ergashdi. Shodiya universitet binosining ikkinchi qavatiga chiqib, ko‘pchiligi rus talabalar bo‘lgan auditoriyaga kirib ketdi. Sal o‘tmay qo‘ng‘iroq chalindi. Bir rus muallima o‘sha auditoriyaga kirarkan, orqasidan eshik yopildi. “Demak, ikkinchi smenada o‘qirkan”, deb qo‘ydi Mohir ichida. U auditoriya raqamini koridorda osig‘liq dars jadvalidan topib, kuydirmajon qizning sharqshunoslik fakultetining ikkinchi kursida o‘qiyotganini bilib oldi.
Ertasi kuni butun borlig‘i bilan his-hayajonga to‘lib-toshayotgan Mohir qizning ko‘chasiga o‘tdi. Muyulishda turib uni kuta boshladi. Quyosh tik kelib qolgan payt edi. Ana Shodiya! U darvozadan chiqib to‘ppa-to‘g‘ri Mohir turgan tomonga qarab yurib kela boshladi. Oldiniga Mohir azboroyi dovdiraganidan nafasi chiqmay qoldi. Lekin tezda o‘zini qo‘lga oldi. Endi u bundan ikki yil avvalgi tortinchoq Mohir emasdi. U shaxdam qadam tashlab, qiz tomon yurib ketdi. Qizga yaqinlashgach, go‘yoki ko‘p zamonlardan beri tanish odamday sho‘x va jarangdor ovozda xitob qildi:
– Mana shu ajoyib qizning ismi Shodiya! Qani, ruxsatiz bilan qo‘lizzi bering-chi, bir ko‘rishib qo‘yaylik.
Mohir o‘zini shodon tutgan holda qo‘lini qizga cho‘zdi.
Har bir odam uchun har doim eng yoqimli eshitiladigan so‘z uning o‘z ismidir. Shodiya ham ko‘tarinki ruhda jaranglab eshitilgan o‘z ismidan yuz-ko‘zi porlab ketdiyu qo‘lini Mohirga qanday uzatganini o‘zi ham sezmay qoldi. Qizning momiq paxtaday oppoq, issiqqina kafti o‘z kaftida turganidan Mohirning butun badani jimirlab ketdi. Shu lahzada u yorug‘ olamdagi hamma narsani unutdi va faqat uning lablariga va ko‘zlariga tikilgancha turib qoldi. Uning nazarida qiz yanada ochilib ketgandi. U juda bo‘y yetgan, bejirim, o‘ziga ishongan, aqli raso, muomalani o‘rniga qo‘yadigan va har qanday odamni o‘ziga maftun eta oladigan aslzoda qizlarning borib turgan vakilasi edi.
– Kechirasiz, ko‘zimga issiq ko‘rinyapsiz-u, lekin taniy olmayapman, – dedi u mayin tovush bilan, qo‘lini asta-sekin bo‘shatarkan, Mohirga ochiq va tik boqib.
Mohir jilmayib qo‘ydi.
– Shahar o‘quvchilar saroyida ko‘zingiz tushgan bo‘lishi mumkin.
– E, ha, ehtimol shundaydir, – qiz ham tabassum bilan javob qaytardi.
– O‘qishlar qalay ketyapti?
– O‘qishlar bor-yo‘g‘i endi boshlandi. Bu savolga javob berish hali erta deb o‘ylayman, – qizning hushyorligi va sinchkovligi, ayni paytda dadilligi, keskinligi va o‘ziga ishonchi zo‘rligi bilinib turar, bular irodasi kuchli va e’tiqodi qat’iy odamga xos bo‘lgan xislatlar edi.
Mohir o‘ychan holatda qizga tikildi.
– Shodiya, ayting-chi, nega yozgan xatlarimga javob beray demadingiz?!
– Qanaqa xat, tushunmadim? – hayron bo‘lib so‘radi qiz.
– Moskvadan yozgan qanchadan-qancha xatlarimga.
– Eh, bu siz edingizmi?
Qizning timqora ko‘zlari hayratdan yanada kattaroq ochilib ketdi.
Mohir “ha” deyayotganday g‘amgin ko‘rinishda bosh irg‘adi.
– Bilasizmi Mohir, meni dadamning yoshlikdan birga o‘sgan do‘stining o‘g‘liga unashib qo‘yishgan. Yaqinda to‘yimiz bo‘ladi!
Mohir umrida faqat bir marta, Seryoja bel aralash chap buyragiga orqa tomonidan ayovsiz tepganida yarim hushini yo‘qotgan edi. Hozir esa u ikkinchi marta hushidan ketishiga sal qoldi. Butun umidlari birdan chilparchin bo‘lgandi. Ko‘z oldi qorong‘ilashib, yeru osmon charxpalak bo‘lib aylana boshladi.
– Men esa sizni shu qadar sevamanki, buni so‘z bilan ifodalashga ojizman, Shodiya. Orzu-umidlarimning, sizga bo‘lgan ezgu niyatlarimning chek-chegarasi yo‘q. Endi bo‘lsa hammasi tugabdi, hammasiga nuqta qo‘yilibdi.
Mohir g‘amgin qiyofada tikildi.
– Bunchalik tushkunlikka tushmasligingiz kerak. Bu dunyo mendan boshqa qizlarga ham to‘lib-toshib yotibdi. Istaganingizni tanlab olishingiz mumkin. Axir siz yigit kishisiz-ku!
– Gap bunda emas, – dedi Mohir qult yutinib. – Siz men uchun dunyoda yagona qizsiz. Olamda eng dilbar, eng go‘zal qizsiz! Rost, rost, Shodiya.
– Mayli, men boray. Darsga kechikmasligim kerak, – dedi qiz nafis qo‘l soatiga qarab qo‘yarkan.
– Ozgina sabr qiling, Shodiya.
Mohir qizning oppoq bilagidan ushlab, uni to‘xtatdi. – Modomiki shunday ekan, ayting-chi, nega o‘sha birinchi xatimgayoq javob yozib, meni tinchitib qo‘ya qolmadingiz?
– Nima desam ekan... Sir bo‘lsayam, o‘zingizga ayta qolay. Xatni shunaqangi chiroyli yozarkansizki, men ularni huzur qilib o‘qirdim. Navbatdagilarini esa toqatsizlik bilan kutardim, – qiz shunaqangi chiroyli qilib kuldiki, go‘yo tevarak-atrof yanada yashnab ketgandek bo‘ldi.
– Buni qarang-a, siz bu yoqda xatlarimni huzur qilib o‘qiyveribsizu, men bo‘lsam u yoqda bir-ikki satrgina javobingizga zor-zor bo‘lib, asablarim qaqshab yuraveribman-da.
– Uzr, Mohir! Bu tomonini o‘ylamabman. E, yo‘q, o‘ylagandim ham, lekin xatlaringizning to‘xtab qolishini istamagandim. – Qiz uyaldi shekilli, yonoqlari qizaribroq yerga qaradi.
– Shodiya, shaxsiy hayotingizga aralashmoqchi emasman. Sizni jonimdan ham ortiq ko‘rganim uchun bilmoqchiman. Siz... o‘sha yigitni sevasizmi?
– Ochig‘ini aytsam, u bilan hali bir og‘iz ham gaplashmaganman. Faqat to‘y-hashamlarda bir-ikki marta ko‘rganman, xolos.
– Ana xolos! Gaplashib ham ko‘rmagansiz, qanday odam ekanligini ham bilmaysiz, lekin shunga qaramay, turmushga chiqib ketaverarkansiz-da!
– Har holda, ota-onam meni yomon odamga uzatishmasalar kerak, – qiz chuqur o‘yga tolgancha Mohirga tikilib qoldi.
– Balkim, ota-onangizga quloq solib to‘g‘ri qilayotgandirsiz. Lekin dunyoda yurak, qalb, sevgi, mehr-muhabbat deydigan narsalar ham bor-ku, axir. Nahotki siz ularni hisobga olmasangiz?
– Men ularga ishonmayman. Sevgi, muhabbat, – qiz kulib qo‘ydi, – ular faqat kitoblarda yoziladi, kinolarda ko‘rsatiladi.
– Kechirasiz, Shodiya! Bu gapingizga qo‘shilolmayman. Men sizni so‘nggi nafasimgacha, agarda mavjud bo‘lsa narigi dunyoda ham sevganimcha qolaman! – Mohir iztirobga cho‘kkan ko‘zlarini qizining ma’yus tortayotgan ko‘zlariga tik qadadi.
– Albatta, buning uchun sizga chin dilimdan rahmat deyman. Sezib turibman, durust yigit ko‘rinasiz. Lekin, nachora!.. Agarda... agarda unashtirilmaganimda sizni o‘ylab ko‘rgan bo‘lardim, – dedi qiz bir oz sukunatdan so‘ng o‘ychan bir holatda.
Qizning oxirgi so‘zlari Mohirga “sevaman” so‘zidan ham azizroq va qimmatliroq bo‘lib eshitilgandi.
– Demak, sizni bir umrga, mangulikka yo‘qotarkanman-da, Shodiya! Sirayam ishongim kelmayapti, – Mohirning ovozi zo‘rg‘a, ich-ichidan titrab chiqdi.
– Xohishingizni bajo qila olmaganim uchun uzr, Mohir. Sizning baxtli bo‘lishingizga juda ishonaman. Mendan esa, hecham xafa bo‘lmang, xayr! – Qiz qo‘l berib xayrlashdi-da, kelgan yo‘lidan yana to‘g‘riga qarab yurib ketdi.
Yagona umididan, butun vujudi bilan, jon-jahdi bilan sevgan qizidan ayrilgan Mohir, o‘zining bor-yo‘qligini unutgancha uning orqasidan qarab qoldi.
Orzulari barbod bo‘lgan, ishonchlari sovrilgan Mohir g‘am-g‘ussa chekib, ko‘ziga hech narsa ko‘rinmay, qulog‘iga hech narsa eshitilmay, xuddi mast kishidek gandiraklab ketib borardi. Ha, u mast edi, qizning jamolidan, uning nozik qo‘llaridan mast edi. Ko‘z yoshlari yuzini yuvib tushar, boshini quyi solgancha qizning ko‘chasidan so‘nggi marta, darvozasiga so‘nggi marta nigoh tashlab o‘tarkan, allaqanday she’rni eshitilar-eshitilmas yoddan g‘o‘ldiradi:

Chekil lira!
Qo‘shig‘im tamom!
Kuyim asta so‘ndi va topdi barham,
Dardim bir sharpadek cho‘kdi bu ayyom.
Nurafshon ko‘p olis yoqlarga bu dam.
Chekil lira!
Qo‘shig‘im tamom!
Bir zamon jo‘shardim daraxt tubida,
Kuylardim o‘rmonda, qaynardi ilhom.
U dam yosh, baxtiyor, dadildim juda.
Endi-chi kuylashga qolmadi majol,
Ko‘zyoshi keladi, yo‘q dilda orom.
Ko‘cha kezaman o‘ychan va behol.
Chekil lira!
Qo‘shig‘im tamom!..
Просмотров: 1013 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz