Главная » 2014»Iyul»24 » Prezident qaroriga muvofiq Ramazon hayiti 28-iyulkuni nishonlanadi
08:15
Prezident qaroriga muvofiq Ramazon hayiti 28-iyulkuni nishonlanadi
2014-yil 23-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi Qarori chiqdi. Qaror haqida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi ma’lum qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori: Muborak Ramazon hayitining xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy- diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ro‘za hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi 1992-yil 27-martdagi PF-368-son farmoniga muvofiq: 1 . O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2014-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 28-iyul dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, 2014-yil 28-iyul kuni dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin; 2 . Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa barcha mutasaddi idora, jamoat tashkilotlari Ramazon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin; 3 . O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.