Aytar edi Onam menga yoshligimda, Shu so'zlarim unutmagin jonim bolam, Yolg'on so'zin olib tashla lug'atingdan, Boshing uzra qilich tutib tursalar ham.
Avvalom bor sotqin fitnalar ila yurma, Ular bilan o'tirmagin yotma, turma, Seni sotgan do'stingni ham sota ko'rma, Peshonanga miltiq tirab so'rsalar ham.
Xaqiqatni izla bolam toliqmayin, Do'st tanlashda hushyor bo'lgin hovluqmayin, Desang batfel kishilarga yo'liqmayin, Mardlarni quv sendan yuzin bursalar ham.
Inson qocha olmas ekan gumroxlikdan, Kabirayu ham sag'ira gunoxlikdan, Xazar qilgin har-on yolg'on guvoxlikdan, Eritilgan qo'rg'oshinla ursalar ham.
Xaq yo'limda to'siqlasa ming bir harsang, Bolam bolam emasdirsan ortga qaytsang, Ko'zni yumgum men hotirjam xaqni aytsang, Suyakingdan imoratlar qursalar ham.
Seni boqdim odamlarga ibrat bo'l deb, Yaxshiga do'st yomonlarga nafrat bo'l deb, HOLIT IBN VALIT kabi ummat bo'l deb, Xuzuringda munofiqlar yursalar ham.
Bolajonim bu yo'llarda charchoq bilma, Yig'lasang ham Taxajutda yig'la tinma, O'z yo'lingni ravon usha parvo qilma, Karvoning ortidan tinmay xursalar ham.
Shunda rozi bo'lgum bergan oq sutimdan, Go'dak chog'ing chaynab bergan har yutimdan, Bolam qaytar chog'ing manzil tobutimdan, Kulib qo'ygin hayrat ila ko'rsalar ham.
|