Eshikka termulgancha ona ko'zlari, Mayus yuzla boqadi,farzand yo'liga. Betoqat umri ham,o'tgan onaning, Yaqin kuni qolibdi,jon berishiga.
Derkan Olloh! bir pas kutaylik, Hali kelib qolar,bezori bolam. Sog'indim ko'rmasam bo'lmas bolamni, Sabr qilgin ozgina qoldi Ollohim.
Ona zor-zor kutarmish,farzand soyasi, Ko'rinmasmish eshik ochib,kelmasmish xech kim. Tikilib-tikilib ko'zlari tolgan, Onaning ko'zlari yumilay dermish.
Ona yaxshi bilarmish,keladi bolam, Uxlamayman-uxlasam uyg'onish gumon. Toliqqan yuragi qaltirar bir xol, Ona qo'lga qalam olib,yozarmish bir xat.
"Qachonlardir men seni,kutgandim uzoq, Hudo berdi bag'rimga,to'qqiz oy boqdim. Dunyoga keldinggu mehribon bolam, Seni tuqqan onangni,unutib ketting.
Qayerdasan-qaylardasan,bilsam qaniydi, Mayli kelma bolajonim,o'zim borardim. Seni bir bor bag'rimga,bossam roziman, Armonim qolmasdi qaydasan bolam".!
Ko'nglim sezar kelayapti,bolam Ollohim, Nega buncha shoshilmasang jonim olishga. Hayot uchun ko'p bo'ldimi,bitta jon senga, Shuncha sabr qildimku men,sabr qil sen ham.
Ana keldi-keldi axir,mehribon bolam, Jonim bolam kelaqol,yuz-ko'zing o'pay. Seni juda sog'indim,yolg'izim bolam, Biroz yonimda qolgin,sen bilan bo'lay.
Farzand ko'zin yoshlabdi,kech qoldimmi onajon, Kechiring men bag'ritosh,beshafqat bolangizni. Qo'ldagi xatni olib,o'qib o'ksib yig'labdi, Afsus ona ko'zin ochib,Ollohga jon beribdi.
Sendan roziman deya,ona jonin beribdi, Ollohdan bolasini asrashini so'rabdi. Farzandi yig'lar zor-zor,ayriliqqa dunyo tor, Ey hudo onalarni,farzandiga qilma zor...
Umr o'tib boraverar ekan,yonimizdagi Ota-Onamiz Farishtalarimizni qadriga yetib qolaylik.! Toki ular bor ekan uyimizdan fayzu-baraka,xursandchiliklar arimasin.! Har qanday Ota-Ona Farzandining bir oz bo'lsada mehriga zor bo'ladi.Shu mehringizni mehribon Ota-Onangizdan ayamang.! Hurmat Bilan: Sasha.B
|