Главная » 2013»Iyun»7 » O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Xitoyni mag‘lub etdi
10:46
O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Xitoyni mag‘lub etdi
Xitoy davlatining Xaxxot shahrida Xitoy hamda O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini bir necha daqiqa avval o‘z nihoyasiga yetdi. O‘yin 1-2 hisobida hamyurtlarimiz foydasiga hal bo‘ldi.
O‘yindagi ilk gol chin yurti vakillari tomonidan kiritildi. 32-daqiqada darvozabonimiz Nesterovning qo‘pol xatosidan so‘ng to‘pni egallab olgan raqib futbolchisi Van Yong Do gol kiritib hisobni ochdi. Shundan so‘ng, vakillarimiz hisobni tenglashtirish uchun oldinga borishdi. Biroq,barcha hujumlarimiz besamar ketaverdi. Birinchi bo’limning so‘nggi daqiqasidagina hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldik. 45-daqiqada Ulug‘bek Baqoyevning 25 metrlardan bergan zarbasidan so‘ng hisob 1-1 ko‘rinish oldi.
Ikkinchi bo‘limni vakillarimiz ancha hujumkor boshlashdi va bu tez orada o‘z samarasini berdi. 54-daqiqada Temur Kapadzening maydon markazidan yetkazib bergan to’pini Server Jeparov egallab oldi va jamoamiz sardori imkoniyatni ko‘kka sovurmadi. 1-2! Biroq, stadionga kelgan muxlislar Serverning saltosini ko‘rishmadi. Nachora, bunday baxtga koreys muxlislari sazovor bo‘ladigan bo‘lishdi. ;-)
Shundan so‘ng, Qosimov bir nechta o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Biroq, ushbu o‘zgarishlar natijasida maydonga tushgan futbolchilar Qosimovning o‘ziga kerakli xulosalar qilishi uchun imkoniyat berishdi, xolos. O‘yinda boshqa gol kiritilmadi. Va terma jamoamiz a’zolari 11-iyun kuni Janubiy Koreya terma jamoasi bilan bo‘ladigan rasmiy o‘yinda yuqori kayfiyatda yetib kelishmoqda.
Terma jamoamizning ushbu g‘alabasi bilan saytimiz nomidan futbol muxlislarini tabriklaymiz va terma jamoamizga Janubiy Koreya terma jamoasi bilan bo‘ladigan muhim o‘yinda omad tilaymiz. Olg‘a, O‘zbekiston!