Статистика |
Hozirda saytda: 3 Mexmonlar: 3 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Iyun » 5 » O'z DINIDAN VOZ KECHGAN YIGIT
04:24 O'z DINIDAN VOZ KECHGAN YIGIT |
Muhammad samalyotga chiqdi. Stulini to'g'rilab "omonlik" kamarini taqdi.. U kuchli, baquvvat, robbisidan uzoq bo'lgan yigit edi.. Samalyot uchdi.. Muhammad Amerika qo'shma shtatlarida o'tkazadigan safari rejalarini tuzishni boshladi.. Tungi klublar, raqqosalar-u turli tuman "ichimlik"lar bilan mazza qilib dam oladi.. Xar xil qizlar bilan tanishadi, ular bilan ajoyib vaqt o'tkazadi.. Samalyotda uchish vaqtini shunday o'ylar-u vaqtini qanday o'tqazish haqidagi rejalarni tartiblash bilan o'tdi.. Xayolidan bir lahzaga bo'lsa ham unga shu kuch- quvvatni bergan xar lahzada olib qo'yishi mumkin ekanligi o'tmas edi.. Amerikaga yetib bordi, bir uy ijaraga olib narsalarini qo'ydi.. Kechalari bamdodgacha bedorliklar, shomgacha uyqular boshlandi.. Azon ovozi necha martalab qulog'iga kirardi yon- atrofdago ozginagina musulmonlarni namozga chaqirardi.. Lekin u bu chaqiruv musulmon bo'lgani uchungina unga qarashli ekanligi haqida o'ylab ham ko'rmasdi.. Ko'p pullarini turli ichimliklarga sarfladi.. Yon-atrofida nimalar bo'layotganini idrok qila olmaydigan darajada mast bo'lib yurdi.. Muhammad O'zi haqida hikoya qilib aytadi.: O'sha kun kelguncha hayotim shu tarzda o'tib turdi. O'sha kech chiroyli qizlar bilan to'lib toshgan klublardan biriga kirdim, navbatdagi qadahni olib icha boshladim.. Alloh Ta'alo aroqni harom qilganini bilardim.. Lekin shahvatim hamma narsani esimdan chiqazgandi.. Uzoqdan bir maftunkor qiz menga qaradi va sekin yonimga keldi.. Qarashlarida sevgi va muhabbat bor edi.. Yonimga kelib menga yanayam yaqinlashdi va jasadini quchog'imga tashladi.. To'g'ri Allohga ko'p osiylik qilganman.. lekin o'sha vaqtda hissiyotlarim doimgidan boshqacha edi.. Uni yuz tuzilishi arab ekanligini aytib turardi.. Birdan arab tilini buzib: "Sen arabmisan?" - dedi. - Ha.. Men ham, lekin shu yerda tug'ilib o'sganman, menda Amerika pasporti bor.. Isming nima? - Muhammad.. - Bu ismni yomon ko'raman. - Nega? - Chunki men nasroniyman.. Qaltirab ketdim.. Uni islomga da'vat qilish haqidagi o'y hayolimdan o'tdi.. Lekin bunday o'y qalbimni qoplab olgan shahvatlar oldda ta'sir o'tkza olmasdi.. Jilmayib mavzuni o'zgartirdim. - Raqsga tushishni yaxshi ko'rasanmi? - Ha.. Birga uzooq vaqt raqsga tushdik.. Undan menikiga borishini ko'p martalab so'radim, lekin u rad etdi.. O'sha kecha bir o'zim uyga qaytdim.. Ko'z o'ngimdan uni surati ketmasdi.. Qalbim Allohdan yiroqligi uchun juda ham zaiflashib ketdi.. Ikkinchi.. Uchinchi tunlar ham shunday o'tardi. Qalbda unga bo'lgan sevgi va ehtiroslar oshib borardi.. Oxiri fojea yuz berdi.. Bir kun unga: - "menikida qolishingni hohlayman" - dedim.. - Meni roziman!. Faqat mana buni taqishliging sharti bilan!.. Deb cho'ntagidan o'rtasida kichkinagina xoch osilgan zanjir chiqazdi.. Ga'lati hislar meni qamrab oldi.. To'g'ri Allohdan uzoqman.. To'g'ri namoz o'qimayman.. Lekin men MUSULMONman-ku.. Baribir unga bo'lgan sevgi hamma narsadan ustun edi.. Jilmayib undan zanjirni olib bo'ynimga taqdim.. Aybdordek.. Asirdek. ajablanib "vaav senga judayam yarashdi" dedi. - Bu mendan senga hadiya, bundan keyin men bilan uni taqmasdan uchrashmaysan.. Deb shart qo'ydi.. U bilan tunlar lazzatli go'zal o'tardi.. Shayton menga uni ziynatlab ko'rsatardi.. Bir kuni men bilan bo'lishdan bosh tortdi.. Men unga judayam muhtoj ahvolda edim.. Pul bilan anu ko'ndirishga harakat qildim.. - Yo'q!! To'g'risini aytsam masihiy bo'lshingni hohlayman, dedi. Ey Alloh!! Ey Alloh!! Bu nimasi endi?!! Qalbimdan hayajon va hayratga to'lib: - Bo'lishi mumkin emas!! dedim.. - Meniyam bundan keyin sen bilan yurishim bo'lishi mumkin emas!! dedi.. Shayton ustimdan kulishni boshladi. "Roziman" degin senga zarar qilmaydi, "Islomdan chiqdim" senga hech qanday zarari tegmaydi va mana bu qiz seni rohatlantiradi.. Deb vasvasa qilardi.. Ertasi kuni u yana keldi. Yanayam ochilib yanada chiroyli bo'lib ketgan edi.. Menga yaqinlashdi yuzini yuzimga yaqin qilib: - Bag'ritosh, sevgini his etmayapsanmi?! Bu so'zlar meni jozibaladi hattoki yiqilib ketay dedim.. - Ha! Bo'lmasa nima meni senga yopishib olishimga sabab bo'ldi?! - Unda, nasroniy bo'lishlikdan seni nima to'syapti? Agar nasroniy bo'lsang senga turmushga ham chiqaman! Mana shu yerda... O'zimni yo'qotib qo'ydim.. Musulmon ekanligimni unutdim.. Ismim Muhammad ekanligini ham unutdim.. Payg'ambarimiz Sollallohu alayhi va sallam ismlari... Boshlang'ich maktabdaligimda bamdod namoziga uyg'otuvchi otamni unutdim.. Yarim tunda uyga kirib kelganimda doimo menga hidoyat so'rab duo qiladigan onamni ham unutdim.. O'zligimni ham unutdim.. Sevgi va havoi nafsning quliga aylandim.. U bilan birga bordim.. Sochimni oldirib nasroniy bo'ldim.. Hayotimda birinchi marta cherkovga kirdim.. Hech qanday hissiyotlarsiz yig'lardim.. Cherkov eshiklaridan kirarkanman ko'z yoshlarim yuzimni yuvardi.. Allooh!! Shu uzun hayotdan keyin kofir bo'lamanmi?! Jazoim nima bo'ladi?? Do'zah!! Allohdan qo'rquvim qani?? Hayoim qani?? Dinimga muhabbatim izzatim qayerga ketdi?? Hamma hammasi o'ldi.. Undan keyin ijaraga olgan uyimga jinnidek qaytdim.. Kal boshimni silab o'zimga o'zim: - Nima qilib qo'yding Muhammad?? Muhammadning dinini tark etdingmi? derdim.. Eshikni yopib olib ko'p yig'ladim.. Shayton kelib yana ustimdan kulardi.. "Orqaga yo'l yo'q!! Endi sen kofir bo'lding!! Kofir bo'lib o'lasan!! Do'zahga kirasan!! derdi.. Buvamni namozga azon aytishlarini esladim.. Doimo xonamda turadigan Qur'on kitobimni esladim.. Ohh.. Doimo menga: "Muhammad yomon xotimadan ehtiyot bo'l!!" deb nasihat qilguvchi do'stimni esladim.. - Yo'q ey robbim, yo'q ey robbim!! deya baqira boshladim.. Yo'q hozir jonimni olma!! Islomga qaytaman!! Qur'onga qaytaman!! Namozga qaytaman!! Hammomga kirib o'sha zanjir va xochni xojatxonaga tashladim.. G'usl qilib tozalandim.. O'zimni hamma gunohlarimdan xalos bo'lgandek yeengil his etdim.. Ko'z yoshlarim tinmay "Ashhad alla ilaha illalloh va ashhadu anna Muhammadan rosululloh" dedim.. Allooh qandayam go'zal so'zlar.. Hamma baxt va xursandchiliklar kaliti.. Ey robbim men senga qaytyapman!! Men namozga qaytyapman!! Ota- ona rizoligiga qaytyapman!! Men silatur rahimga qaytyapman!! Ramazon ro'zasiga qaytyapman!! Men seni rozi qilguvchi hamma narsalarga qaytyapman robbim!! Vatanimga olib boruvchi birinchi samalyotni minib yurtimga qaytdim. Aeroportga tushganda eng birinchi eshitganim azon ovozi edi.. O'z irodamsiz ko'z yoshlarim oqdi.. Robbim meni kechirarmikin?? Uyga kelishim bilan onamni quchoqlariga o'zimni otib yig'ladim.. - Onajon endi robbimga osiy bo'lmayman!! Sizni xafa qilmayman!! Sizdan uzoqqa ketmayman!! Meni bag'rilariga bosib: - Bolajonim Robbin bilan munosabatingni to'g'rila!! U albatta kechiradi chunki u rahmli va mehribon zotdir!! dedilar.. Kunlar o'tdi.. Muhammadning holi baxtdan baxtga xursandchilikdan xursandchilikka almashib borardi.. O'sha safarini xar eslaganida ko'z yoshlari ko'zlaridan qurimasdi.. Onasi tunning har qanday vaqtida uning xonasiga yaqinlashsa yig'i va ingrash. Ertalablari esa Qur'on tilovati va istig'for ovozlarini eshitardi.. Bir kun keldi.. Bamdod namoziga uyg'otish uchun onasi xonasiga kirdi.. Eshikni ochganida burniga qandaydir ajoyib shirin bir hid keldi.. Bunday go'zal hidni oldin hech hidlamagandi.. Muhammadni yotog'ga yaqinlashib qo'li bilan silab ko'rdi. U joyida yo'q edi. Zaif ko'zlari bilan qarasa joynamoz ustida sajdada ekan.. O'tirib kuta boshladi. Uzooq kutdi. Sekin yaqinlashib chaqirdi.. - Muhammad, bolam! deb sekingina turtgan edi Muhammad bir tomoniga yiqildi.. Onaizor hayratllandib uy ahlini chaqira boshladi.. - Bolalar hoy uy ahllari qaranglar ukangiz Muhammadga.. Unga yaqinlashib qimirlatib ko'rishdi.. Allooh - Onajon Muhammad o'ldi.. Joynamoz ustida, sajda qilgan holda o'ldi.. Ona shunda eshikni ochganida burniga kelgan go'zal hid Muhamadning pok ruhini hidi ekanligini his etdi.. Alloh hech birimizni Adashtirmasin!!!
|
Категория: Primyeralar |
Просмотров: 1211 |
| Рейтинг: 5.0/3 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|