SHERLAR.BIZ Shanba, 20.04.2024, 12:56
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2016 » Dekabr » 28 » O‘pkangiz shamollasa, o‘zingizdan o‘pkalang!
20:34
O‘pkangiz shamollasa, o‘zingizdan o‘pkalang!
Mazkur kasallikning o‘z vaqtida aniqlanishi va to‘g‘ri davolanishi g‘oyat muhim. Zero zotiljam (pnevmoniya)ning o‘zidan ham asoratlari jiddiy hisoblanadi. Xo‘sh,biz bu haqda nimalarni bilishimiz zarur? Umuman, pnevmoniyani gripp yoki anginadan qanday farqlanadi?

Mavzu yuzasidan tibbiyot fanlari nomzodi Shavkat SOBIROV ma’lumot beradi.

Zotiljam yuqumlimi?

Pnevmoniya o‘pka yallig‘lanishi kasalligi bo‘lib, odamdan odamga yuqmaydi. Xastalik bakteriya (pnevmokokk, streptokokk, stafilokokklar) va viruslar sabab yuzaga keladi. Eng muhim omil esa organizm immun tizimining susayishidir.

Grippga qanday bog‘liqligi bor?

Har bir inson organizmida shartli potogen mikroblar bo‘ladi. Gripp yuzaga kelganida tabiiyki immunitet sustlashadi. Agar davolangach ham immunitet tiklanmasa, ushbu mikroblar qo‘zg‘alishi va pnevmoniyaga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, ORVI, yelvizakda qolish, surunkali o‘pka kasalliklari asoratlari ham zotiljamga olib kelish ehtimoli yo‘q emas.

Shamollashdan farqi qanday?

Boshlang‘ich belgilari gripp va shamollashga o‘xshash bo‘ladi. Ya’ni et uvishishi, holsizlik, bosh va mushaklardagi og‘riq, burun bitishiva yo‘tal singari. E’tibor bergan bo‘lsangiz, gripp holatida yuqori nafas yo‘llari, burun bitishi, tomoqda og‘riq, quruq yo‘tal kuzatiladi. Agar pnevmoniya boshlangan bo‘lsa, yo‘tal o‘pkadan chiqadi. Balg‘am ajralishi kuchayadi.

O‘pkada xirillash eshitiladi.Yosh tanlaydi?!

Ba’zi manbalarda pnevmoniya bolalar va keksalarda ko‘proq uchraydi, deyiladi. Mutaxassislar bu kabi fikrlarni inkor etib, xastalikyosh tanlamasligi, biroq kichkintoylar va qariyalarda tez rivojlanishi bilan xavfliligini ta’kidlashadi. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda aniqlangan pnevmoniya darhol muolajaga yo‘naltirilishi keyingi asoratlardan himoyalanish uchun ham muhimdir. Qariyalarda esa pnevmoniya yurak faoliyatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Shu bois asosiy muolaja vaqtida ushbu a’zoga ham e’tibor qilinadi.

Shifoxonada davolanish majburiymi?

Zotiljamning yengil, og‘ir ko‘rinishlari bor. Shifokor bemorning umumiy holatini o‘rganib chiqib, o‘pkaning rentgent tekshiruvi hamda boshqa zarur tahlillarni o‘tkazadi. Xastalik aniqlangan turiga ko‘ra muolaja qilinadi. Pnevmoniyaning yengil ko‘rinishlarini ambulator sharoitdadavolash mumkin. Ammo asoratlarining oldini olish maqsadida imkon qadar shifoxonada davolanish tavsiya etiladi.

Qishin-yozin bir xilmi?

Mazkur xastalik asosan kuz-qish mavsumida faollashadi. Sababi esa o‘zingizga ma’lum. Havo haroratining pasayishi, shamollashva virusli kasalliklarning ortishi kabilar. Lekin yoz chillasida ham zotiljam bo‘lish ehtimoli yo‘q emas.Bu paytda terlab, sovuq dush qabul qilish, yaxna ichimliklar ichish, issiqdan sovuqqa chiqish kabi holatlar ko‘p kuzatiladi. Bir haroratdan ikkinchisiga moslashishga ulgurmagan organizmda shamollash, tumov, tomoq og‘riqlari kelib chiqadi. Bu esa pnevmoniyaga aylanishi mumkin.

Takroran xastalanish mumkinmi?

Agar to‘liq davolanilmagan bo‘lsa, bo‘lishi mumkin. Achinarlisi, ko‘pchilik tana haroratining tushishi yoki yo‘tal kamayishi bilansog‘aydim deydiyu muolajani oxiriga yetkazmaydi. Oqibatda esasurunkali nospetsifik nafas yo‘llari kasalliklari shakllanadi.

Pnevmoniya profilaktikasi juda oddiy: shamollamaslik, oyoqdan zax o‘tmasligi, yaxna ichimliklar ichmaslik, sovuqotish kabi holatlarga yo‘l qo‘yilmasa bo‘lgani. Muhimi, immunitetingizning ehtiyotini qiling. Shunda xastalanmaysiz!
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 822 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz