SHERLAR.BIZ Shanba, 21.12.2024, 20:06
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 14
Mexmonlar: 14
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Iyun » 10 » Munajjimlar bashorati (10-iyundan 16-iyungacha)
00:21
Munajjimlar bashorati (10-iyundan 16-iyungacha)
Bu hafta munajjimlar bizga nimani bashorat qiladilar?

Qo‘y (21.03—20.04)
Hafta boshida siz ham muammolar, ham muvaffaqiyatlarga birdan duch kelasiz. Bu sizni butunlay chalkashtirib yuboradi. Dushanba kuni hayot sizni allaqachon yengib o‘tdim deb o‘ylagan ishlar va qiyinchiliklarga qaytarishi mumkin. Biroq, qo‘rqmang, chunki bu masalalarni hal qilish yo‘llari sizga ma’lum. Chorshanba kuni sizga misli ko‘rilmagan omad yor bo‘ladi, bunga qarindoshlaringiz katta hissa qo‘shadi. Payshanbaga jiddiy narsalarni rejalashtirmang. Haftaning ikkinchi yarmini osoyishtalik va xotirjamlikda o‘tkazganingiz ma’qulroq.

Buzoq (21.04—21.05)
Haftaning birinchi yarmida tavakkalchilikka moyil bo‘lasiz. Undan uzoqroq yurishga harakat qiling. Bu harakatingiz moliyaviy va ma’naviy sarflaringizni oqlamaydi. Hafta o‘rtasida kayfiyatingiz va umumiy ahvol o‘zgarishi mumkin. Hamkasblaringiz o‘rtasidagi obro‘yingiz mustahkamlanadi. Payshanba kuni barcha qarorlarni mustaqil ravishda va obdon o‘ylagan holda qabul qiling. Juma yoki shanba kuni foydali taklif tushishi mumkin, uni qo‘ldan chiqarmang.

Egizaklar (22.05—21.06)
Siz yangi g‘oyalar va loyihalar generatori bo‘lishingiz mumkin. Biroq atrofdagilarning hasadini uyg‘otmaslik uchun, muvaffaqiyatlaringiz bilan oldindan maqtanmaganingiz ma’qul. O‘z kuch-quvvatingizni tejamkorlik bilan sarflash imkonini beruvchi qulay ish rejimini tuzib oling. Hozir qimmatli kuch va vaqtingizni bekorchi narsalarga sarf qilish payti emas. O‘z hissiyotlaringizni nazorat ostida ushlashga harakat qiling. Dam olish kunlari shahar tashqarisida dam oling.

Qisqichbaqa (22.06—22.07)
Diplomatik sifatlaringizni jiddiy tekshirib ko‘rish vaqti kelganga o‘xshaydi. Bu hafta hammasi raqiblaringizni o‘z tarafdorlaringizga aylantirishga qanchalik tez erishishingizga bog‘liq bo‘ladi. Dushanba kuni muloyim qat’iylik yoki qat’iy muloyimlik muvaffaqiyatingiz kaliti bo‘ladi. Seshanba va chorshanba kunlari ish bo‘yicha sheriklaringiz bilan qizg‘in muzokaralar olib borasiz. Biroq iboralaringizni ehtiyotkorlik bilan tanlang, sizni tom ma’noda tushunishlari mumkin.

Arslon (23.07—23.08)
Bu haftada sizda narsalarning mohiyatini anglashga bo‘lgan kuchli ishtiyoq paydo bo‘ladi. Ko‘p narsalarni yangi nuqtai nazardan ko‘rasiz. Biroq tahlil qilishga haddan ortiq berilib ketmang, u faoliyatingizni susaytirib qo‘yadi. Chorshanba kuni kechikmaslikka harakat qiling, ish bo‘yicha sheriklaringiz sizning puxtaligingiz va mas’uliyatingizni sinchkovlik bilan tekshiradilar. Yoningizdagilardan biri o‘z muvozanatini yo‘qotishi mumkin, siz bunga yo‘l qo‘ymang. Dam olish kunlari o‘zgarishlarga bo‘lgan kuchli ishtiyoq sizni qat‘iy harakatlarga undaydi.

Parizod (24.08—23.09)
Bu hafta o‘ylamasdan qilinadigan ishlarga umuman yo‘l qo‘ymang. Hattoki, o‘z odatingiz bo‘yicha qiladigan ikir-chikirlarda ham. Eng yaqinlaringizning tajriba va ko‘magiga suyanishingiz mumkin. Paydo bo‘lgan qiyinchiliklarni muammo tugunlarini kesib tashlash orqali hal qilish mavridi emas. Eng yaqin kelajakda ular hal yechilishi mumkin. Payshanba va juma kunlari tushadigan ma’lumotlarni e’tibor bilan saralash kerak.

Tarozi (24.09—23.10)
Bu hafta Tarozi burji ostida tug‘ilganlarga ishga ko‘milib ketish tavsiya etilmaydi. Ish hajmini biroz qisqartirishga harakat qiling. O‘z so‘zlaringiz va harakatlaringizni oldindan yaxshilab o‘ylab olganingiz ma’qul. Ishingiz tez rivojlanmasligi mumkin, shuning uchun sabr qilishni maslahat beramiz. Hafta o‘rtasida kutilmagan, biroq yoqimli xabar eshitishingiz mumkin. Hafta oxirida rahbariyatning e’tiboriga tushishga muvaffaq bo‘lasiz.

Chayon (24.10—22.11)
Butun hafta mir maromda ishlab, kasbiy sohada mir maromda olg‘a siljishga va o‘z o‘rningizni mustahkamlashga imkon beradi. Bu haftaga yangi loyihalarni rejalashtirmang. Hozircha borlarini oxiriga yetkazing. Haftaning birinchi yarmini ishlarni oxirigacha tugatish va xulosalar chiqarishga sarflaganingiz ma’qul. Qarzlar bilan shug‘ullanish, sheriklar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, moliyaviy ishlarni tartibga solishning ayni vaqti.

O‘qotar (23.11—21.12)
Ilmiy tadqiqotlar va kashfiyotlar uchun ma’qul hafta. Faqat o‘z g‘oya va rejalaringizni oshkor qilmang. Agar siz o‘zingizni aldamayotgan bo‘lsangiz, qarshingizda yangi imkoniyatlar eshigi ochiladi va har bir ishda omad yor bo‘ladi. O‘z niyatlaringizni amalga oshirishda tashabbus ko‘rsatishingiz zarur. Chorshanba – yangi tashabbuslar uchun hamda maishiy buyumlar xaridi uchun ma’qul kun.

Tog‘ echkisi (22.12—20.01)
Kelayotgan hafta Tog‘ echkilarini voqealar oqimini kerakli yo‘nalishga burishga yordam beruvchi imkoniyatlar bilan xursand qilishi mumkin. Hafta boshida sizni xizmat vaqtidan tashqari ham ishlashga majbur qilishlari mumkin. Biroq buning adolatli badali moliyaviy ahvolingizning yaxshilanishida o‘z isbotini topadi. Seshanba kuni ishda tashabbus ko‘rsatishga shoshilmang: sizning g‘oyalaringizni ishonchsiz va hattoki, qaltis deb hisoblashlari mumkin.

Qovg‘a (21.01—18.02)
Bu hafta sizning bandligingiz va his-tuyg‘ularingiz tajangligi hammaga seziladi. Ortiqcha yugur-yugurlardan uzoqroq bo‘lishga harakat qiling. Rejalar ishlab chiqish va kelajakdagi farovonlik poydevorini qurish uchun yaxshi hafta. Ikir-chikirlarga ko‘milib qolmasdan, diqqatingizni muhim ishlar va jiddiy muammolarga qaratishga harakat qiling. Bu hafta eng qiyin va murakkab loyihalarni tugatishga qurbingiz yetadi.

Baliq (19.02—20.03)
Hafta, umuman olganda, Baliqlar uchun ijobiy bo‘lishi kutilmoqda. Faqatgina juma kuni nizoli holatga duch kelishingiz mumkin. Sizga diqqat-e’tibor, vazminlik kabi sifatlar kerak bo‘ladi. Haddan tashqari his-tuyg‘uga berilish ish yuzasidan bo‘lgan aloqalarga halaqit berishi mumkin. Mehnatlaringiz natijasi sarflangan kuch va iqtidorga bog‘liq. Behudaga rahbariyat nazariga tushmaslikka harakat qiling va nizolardan uzoqroq yuring.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 1340 | | Теги: Munajjimlar bashorati (10-iyundan 1 | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz